Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


-06. Yillik ish reja va uning bajarilishiga oid hujjatlar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/79
Sana08.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1674210
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

 
01-06. Yillik ish reja va uning bajarilishiga oid hujjatlar 
 
MTTning barcha yoʻnalishlar boʻyicha asosiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish 
yuzasidan yangi oʻquv yili uchun yillik ish rejasi (keyingi oʻrinlarda “Yillik ish 
reja” deb yuritiladi) tuziladi. 
Yillik ish reja MTT pedagogik kengashi qaroriga asosan pedagogik kengash 
raisi tomonidan tasdiqlanadi va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi 
boʻlim boshligʻi tomonidan kelishiladi. 
Yillik ish rejada bajariladigan ish mazmuni, davriyligi, masʼul va ijrochilari, 
tashkiliy va amalga oshirish shakllari aniq koʻrsatiladi. 
Yillik ish reja asosiy oʻquv yili (2-sentyabr-31-may) hamda sogʻlomlashtirish 
davriga (1-iyun-31-avgust) moʻljallab tuziladi hamda MTTning muhim hujjati 
hisoblanadi. 
Yillik ish reja “Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi 
bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari”, takomillashtirilgan “Ilk qadam” 
davlat oʻquv dasturiga va yuqori tashkilotlardan kelgan yillik asosiy vazifalarga 
muvofiqlashtirilgan holda shakllantiriladi hamda bolalarni maktab taʼlimiga sifatli 
tayyorlashga qaratiladi. 
“KELISHILDI” 
Tuman (shahar) MMTB 
boshligʻi 
__________________________ 
(imzo) (ismi va sharifi)
 
“TASDIQLAYMAN” 
20____yil “____” avgustdagi
1-sonli pedagogik kengash yigʻilishida 
tasdiqlandi. 
Kengash raisi: ______________ 
(imzo)( F.I.Sh)
 
____________viloyat _________tuman (shahar)i 
__ - sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining 
20___- 20____ oʻquv yili uchun 
YILLIK ISH REJASI 
 
Maktabgacha taʼlim tashkiloti yillik ish rejasi tuzilmasi 
Maktabgacha taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlari (tashkilot 
qurilgan va tashkil topgan yil (asos), yer maydoni, quvvati, loyiha quvvati boʻyicha 
rejalashtiriilgan guruhlar va ularning toʻldirilishi, ish tartibi, yuridik manzili va 
telefoni, tashkilot haqida asosiy texnik maʼlumotlar, moddiy-texnik bazasi tavsifi, 
pedagogxodimlar toʻgrisidagi maʼlumotlar va MTTning yutuqlari boʻyicha qisqa 
maʼlumot). 




Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling