Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


 Kadastr hujjati. Moddiy-texnik bazasi aks ettirilgan tashkilot


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/79
Sana08.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1674210
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

2. Kadastr hujjati. Moddiy-texnik bazasi aks ettirilgan tashkilot 
pasporti: 
MTTning qonuniy asosda joylashuvi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda 
tasdiqlangan kadastr hujjati, moddiy-texnik bazasining holatini aks ettiruvchi 
tashkilot pasporti saqlanadi. Mazkur pasport maktabgacha taʼlim sohasiga tegishli 
boʻlgan vakolatli tashkilotlar tomonidan sanasi va muhri aniq koʻrsatilgan holda 
tasdiqlanadi. MTTning pasportida tashkilot haqida umumiy maʼlumot, yer maydoni, 
bino va inshootlari, asbob-uskunalar, qattiq va yumshoq jihozlar, oʻyin-
oʻyinchoqlar, sport inventarlari va musiqa asbob-uskunalari hamda ularning 
foydalanishga yaroqlilik holatlari kabi maʼlumotlar kiritiladi. 
3. Attestatsiya-akkreditatsiya 
natijalariga 
doir 
hujjatlar 
(maʼlumotnoma, dalolatnomalar, sertifikatlari).
Attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi natijalari boʻyicha maʼlumotnoma va 
dalolatnomalar, sertifikatlar saqlanadi. 
01-05. Moliyaviy hujjatlari 
 
1. Yillik sarf-xarajatlar smetasiga berilgan takliflar hamda tasdiqlangan 
smeta nusxasi (yillik, chorak) 
Ushbu indeksda MTTning yillik sarf-xarajatlar smetasiga berilgan takliflari 
hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Iqtisodiyot va 
moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimi bilan kelishilgan holdagi oʻrnatilgan 
tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasining yillik, chorak nusxalari saqlanadi. 
2. Shtatlar jadvali, xodimlarning tarifikatsiyasi va ularning ish vaqti 
hisobini yuritish tabeli; 
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Iqtisodiyot va 
moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimi bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan 
tartibda tasdiqlangan MTTning shtatlar jadvali va tarifikatsiya roʻyxatlari hamda 
unga kiritilgan toʻldirish va oʻzgartirishlar saqlanadi.
MTT xodimlarining ish vaqti hisobini yuritish tabeli tashkilot direktori 
tomonidan har oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Oyning oxirida tabel boʻyicha 
ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar 
aniqlanadi. Toʻldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan tabel va boshqa 



hujjatlar belgilangan muddatda ish haqini hisoblash uchun markazlashgan 
buxgalteriyaga topshiriladi. Ushbu ish vaqtini hisobga olish elektron tarzda amalga 
oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling