Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/79
Sana08.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1674210
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

Harakatli oʻyin – jismoniy tarbiya yoʻriqchisi tomonidan oʻrgatilgan yangi
harakatlarni mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, asosan 1 ta harakatli oʻyin 
rejalashtiriladi va qayd etiladi. 
Asosiy harakat turlarini mustahkamlash – ushbu qism barcha bolalar 
uchun emas balki, ayrim sakrash, yugurish, tirmashib chiqish, uloqtirish, irgʻitish, 
turli usullarda yurishda kamchiliklar boʻlgan bolalar bilan olib boriladi va qaysi
harakat mustahkamlanishi kerak bo’lsa o’sha harakat qayd etiladi va 
mustahkamlanadi. 
Ixtiyoriy oʻyinlar – bolalarning hoxish-istaklariga koʻra deb qayd etiladi.
Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish
 
(taxminan 13:00 dan 15:00gacha, takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat 
oʻquv dasturi asosida katta va tayyorlov guruhlarda bolalarning uyqusiz vaqtida).
 
Toʻgarak ishlari – (MTTning Kuzatuv kengashi qaroriga koʻra turli 
toʻgaraklar kunning ikkinchi yarmida tashkil etiladi.
Badiiy adabiyot – hafta mavzusiga koʻra tanlanadi. 
Pedagoglarning bolalar bilan yakka ishlashlari
 
 – pedagoglar (psixolog, 
musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi) hamkorligi asosida rivojlanish 
xaritasining indikatorlari boʻyicha yakka tartibda ishlash tashkil etilib
tarbiyalanuvchi oʻzlashtirmagan rivojlantiruvchi sohalar indikatorlari boʻyicha 
ishlar rejalashtirilib, tarbiyalanuvchining familiyasi va ismi qayd etiladi.
Kechki davra suhbati oʻtilganmavzu taxlili (refleksiya)– ushbu suhbat 
jarayonida bolalarning kun davomida olgan bilim, koʻnikma va malakalari (bola 
kompetensiyasi) tahlil qilinadi va umumlashtiriladi hamda bolalarni qiziqishlarini 
inobatga olgan holda, ertangi kunda faoliyat yuritadigan markazlar haqida maʼlumot 
beradi (refleksiya).
 
Kechki soat 
(taxminiy vaqti 16:30 dan 18:00 gacha. 10,5 soatli MTT uchun)

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling