Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


-02. MTT va ota-onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, bolalalarga


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/79
Sana08.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1674210
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

 
02-02. MTT va ota-onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, bolalalarga 
DXM (Davlat xizmatlari markazi)dan berilgan yoʻllanmalar yoki KTIDMTT 
va QTDMTTga berilgan Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosalari 
yigʻma jildi va qayd etish kitobi yuritiladi. 
Ota-onalar bilan tuzilgan shartnomalar — bolani MTTga qabul qilingan 
va shartnoma imzolangan kundan boshlab, oʻz kuchiga ega hisoblanadi. 
Tarbiyalanuvchi MTTdan chiqarilgandan soʻng, ushbu shartnoma bekor qilinib, oʻz 
kuchini yoʻqotgan hisoblanadi. 


15 
Shartnoma tarbiyalanuvchi MTTdan ketgunga qadar tuziladi va MTT 
direktorining imzosi, muhri hamda ota-ona (yoki ularningoʻrnini bosuvchi 
shaxs)ning imzosi bilan tasdiqlanadi. MTTga yilning sentyabr oyidan qabul qilingan 
bolalar roʻyxati 1 raqamidan boshlanadi. Shartnomaga oʻzgartirishlar qoʻshimcha 
kelishuv shaklida kiritiladi va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi. 
DXM tomonidan berilgan yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar hamda ota-
onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni qayd etish kitobi yuritiladi. 
MTTga bolalar tuman DXM tomonidan berilgan yoʻllanma yoki TPPK xulosa 
asosida oʻrnatilgan tartibda (15 kun muddat ichida) MTT kelgan kundan boshlab 
qabul qilinadi hamda ularning ota-onalari oʻrtasida ikki tomonlama shartnoma 
tuzilib, shartnomalarni roʻyxatga olish kitobiga rasmiylashtiriladi. 
Yoʻllanma yoki TPPK xulosalar va shartnomalarni qayd etish kitobi tikilgan, 
sahifalangan, MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim. 
31-avgustda MTTdagi mavjud yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar va qabul 
boʻyicha tahliliy hisobot yoziladi. Unda MTTda oʻquv yili yakuniga kelib, mavjud 
yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar soni (MTTdagi roʻyxat boʻyicha jami bolalar 
soniga teng boʻlishi lozim), oʻtgan yili 2-sentyabrdan joriy yilning 31-avgustiga 
qadar qancha yoʻllanma yoki TPPK xulosalar qabul qilingan, necha nafar bola 
MTTdan ketgan, ulardan necha nafari maktab taʼlimiga yuborilganligi, KTIDMTT 
va QTMTTlar uchun qoʻshimcha necha nafari sogʻlomlashtirilganligi tahlil qilinadi. 
Ushbu tahlil MTT direktorining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.


16 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling