Kerakli jihozlar: Qorbobo vahayvonlarning maskalari, hayvonlar
oziqlanadigan mahsulotlar, meva va sabzavotlarning mulyajlari, matodan
tikilgan qop.
O’yinning borishi:
Tarbiyachi dastlab tarbiyalanuvchilargni o’yin qoidasi bilan tanishtiradi.Bolalar
o’zlari yoqtirgan hayvonlarni maskalarini kiyib olib, yarim oy shaklida o’tiradilar va
o’sha hayvonning rolini bajaradi. Bir nafar bola qorboboning maskasini kiyib
qorbobo rolini bajaradi. So’ngra qorbobo qopga har xil meva va sabzavotlarning
mulyajlarini solib davraga kirib keladi. Qorbobo bolalarga teskari bo’lib turadi
.Yarim oy shaklida o’tirgan hayvon maskalarini kiygan bolalar qorbobodan sovg’a
olish o’sha hayvonning ovozini o’xshatib berishadi, qorbobo ovozidan qaysi hayvon
ekanligini topib qopdan o’sha hayvon qaysi meva yoki sabzavotni iste’mol qilsa
o’sha meva yoki sabzavot mulyajini sovg’a qiladi. (Masalan: quyon maskasini
kiygan bola quyonni ovozini o’xshatib beradi. Qorbobo quyon nima bilan
oziqlanishini tezlikda anglab, unga sabzi sovg’a qiladi)O’yin shu tariqa davom
etadi.
Nutq va til markazi
Mavzu: “Qish” – “Winter” she’rini yod olish
Winter, winter, everywhere
Shows its fase, its eyes, its hair
Winter, winter, freezing cold.
Enjoyed by many, young and old.
San’at markazi
Mavzu: “Qor parchasi” – “” rasmini chizish va yasash (Bolalar ixtiyoriga ko’ra).
Maqsad:Bolalarni qor parchasirasmini chizishga, yasashga, yelim orqali
yopishtirishga o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Plastilin, loy, taxtacha, pichoqcha (plasmassa), rangli bo’yoqlar,
suvli idish, rangli qalamlar, rangli qog’oz, yelim, salfetka.
Mashg’ulot davomida faol ishtirok etgan tarbiyalanuvchilar rag’batlantiriladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Topshiriq: Predmetlar orasidan archa o’yinchoqlarini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |