Mashgulotni Faollik markazlarida tashkillashtirish.
Qurish-yasash va matematika markazi:
Mavzu: “1 dan 10 gacha bo’lgan raqamlarnishakllarni katta va kichikligiga
moslab joylashtiramiz”
Maqsad: Turli kattalikdagi geometrk shakllarni katta kichikligiga ko’ra 1 dan
10 gacha bo’lgan raqamlar bilan raqamlashga va shakllarni bir-biridan
farqlashga o’rgatish.Ular nomini ingliz tilida talaffuz qilishga o’rgatish.
Uchburchak (Triangle), Kvadrat ( Square), To’rtburchak (Rectanglr), Doira
(Circle), Romb (Rhomb).
Kerakli jihozlar: Turli ko’rinishdagi geometrik shakllar, 1 dan 10 gacha
bo’lgan raqamlar.
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish markazi
Mavzu: “” o’yiniMaqsad: Bolalarni o’yin orqali hayvonlarning nimalar
bilan oziqlanishini, ularning harakatlarini, ovozini anglashga, chaqqonligini
oshirishga, do’stona munosabatda bo’lishga o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Qorbobo vahayvonlarning maskalari, hayvonlar
oziqlanadigan mahsulotlar, meva va sabzavotlarning mulyajlari, matodan
tikilgan qop.
O’yinning borishi:
Tarbiyachi dastlab tarbiyalanuvchilargni o’yin qoidasi bilan tanishtiradi.Bolalar
o’zlari yoqtirgan hayvonlarni maskalarini kiyib olib, yarim oy shaklida o’tiradilar va
o’sha hayvonning rolini bajaradi. Bir nafar bola qorboboning maskasini kiyib
qorbobo rolini bajaradi. So’ngra qorbobo qopga har xil meva va sabzavotlarning
mulyajlarini solib davraga kirib keladi. Qorbobo bolalarga teskari bo’lib turadi
.Yarim oy shaklida o’tirgan hayvon maskalarini kiygan bolalar qorbobodan sovg’a
olish o’sha hayvonning ovozini o’xshatib berishadi, qorbobo ovozidan qaysi hayvon
ekanligini topib qopdan o’sha hayvon qaysi meva yoki sabzavotni iste’mol qilsa
o’sha meva yoki sabzavot mulyajini sovg’a qiladi. (Masalan: quyon maskasini
kiygan bola quyonni ovozini o’xshatib beradi. Qorbobo quyon nima bilan
oziqlanishini tezlikda anglab, unga sabzi sovg’a qiladi) O’yin shu tariqa davom
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |