Maktabgacha ta’lim


Download 190.5 Kb.
bet2/7
Sana09.04.2023
Hajmi190.5 Kb.
#1346101
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAKTABGACHA TA\'LIM

Kurs ishining maqsadi. Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bu jarayonda “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining mazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu kurs ishi. Kurs ishi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining vazifalari. Ushbu kurs ishida tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy hamda metodik asoslari bilan tanishtirishdan iborat. Mazkur kurs ishida ana shu ilmiy-nazariy asoslar, bu jarayonda qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, didaktik o‘yinlar, usul va vositalar masalasi yoritilgan.


1 bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlantirish

1.1 Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning o`ziga xos xususiyatlari.


Ilk yoshdayoq bolalar bir xil turdagi predmetlar haqidagi tasavvurlari kengayib boradi: "Ko`p qo`g`irchoqlar", "uchta kubik", "qo`lda beshta barmoq" kabilar. Bu birinchi tasavvurlar bolaning passiv nutqida namoyon bo`ladi. Tajribaning ko`rsatishicha 1 yoshu 3 oylik bola berilgan topshiriqlarni ya`ni "kichik uy", yoki "katta uylar" qurishi, "vagon" "vagonchalarni olib kelishi", "gul" yoki "gullarni" ekishi mumkin ( Kalinina, V.V. Danilova va boshqalar).
1 yoshu 6 oylik go`dak, aktiv nutqni egallaydi, otning bir ko`plik formalaridan foydalangan holda, alohida predmetlarni oladi: "By kubik, bu kubiklar", "Uy - uylar", "qo`g`irchoq-qo`g`irchoqlar". Bu yoshdagi bolalarni ko`proq bir xil turdagi predmetlar qiziqtiradi, (map, tugmacha, xalta). Ular bu narsalarni sochadilar, yana yig`ib oladilar, stol ustiga gorizontal bo`yicha teradilar. Bolalarda birdaniga predmetlarni qo`llariga olib, barmoqlari bilan qisib uning sochilishini kuzatishni yaxshi ko`radilar (М: tugmachalar). Predmetlar ko`pligining turli xilligini bola turli xil analizatorlari yordamida qabo`l qiladi: eshitish, ko`rish va boshqalar. U o`zi bir xil turdagi harakatlarni bajargan: maketdan 1 ta o`yinchoqni bir necha marta tashlagan, qoshiq bilan stolini taqillatgan. Ko`plik haqidagi birinchi tasavvurlar va ularnnng alohidaligi birlik va ko`plikni ajrata olishga yordam beradi.
Matematikada ko`plik tushunchasiga quydagicha ta`rif beriladi. "Ko`plik- u bir butun qilib quriladigan ob`ektlarning yig`indisidir". Ko`plikni tugallangan va tugallanmagan holda quriladi. Kichik yoshdagi bolalar tugallangan ko`plik bilan ish ko`radilar.
Go`dak bolada ko`plik haqidagi eng birinchi tasavvurlarning rivojlanishi diffuzion: ya`ni u hali aniq chegaraga ega bo`lmaydi va element ketidan element qabo`l qilinadi. Bunday qabo`l qilish noaniq ko`plikni xarakterlaydi.
Bolalardagi matematik bilim xayotdan ajralmagan xolda dunyoni chuqurroq, o’rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo’lgan g’oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin g’oya paydo bo’ladi, keyin shu yangilik ham kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o’zining mohiyati bo’yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo’ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Har bir mustaqil yechilgan masala, to’zilgan masala va masalani yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil yengishida matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi.Ruxshunoslarning fikriga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi murakkab va serqirralidir. O’zining mohiyati bo’yicha har bir fikr ijodiy, past yoki yuqori darajaning maxsulidir. Har bir fikr - izlanish va yangilikni yaratish hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakatdan iborat. Adabiyotlar taxlillari shuni ko’rsatadiki, matematik tushunchalarni rivojlantirish maxsulining yuqori darajadagi yangiligi, unga erishish jarayonining o’ziga xosligi va aqliy rivojlanishga sezilarli ta’sir ko’rsatish bilan ifodalanadi. Ayrim mualliflar bolaning turli fikrlashlari ularning oldida to’rgan yangi muammolarni mustaqil yechishga, chuqur bilimlarni tez egallashga, qulay imkoniyatga yengil o’tishga undaydi, deb xisoblaydilar. S.L.Rubinshteynning birinchilardan bo’lib umumiy aqliy rivojlanish borasida qilgan izlanishlari maqsadga muvofiqdir.

Download 190.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling