Maktabgacha ta’lim


Bolalarda miqdor haqidagi tasavvurlarini shakllantirish vazifalari "ko`p" va "kam" o`rtasidagi o`zaro munosabat bilan tanishtirish


Download 190.5 Kb.
bet3/7
Sana09.04.2023
Hajmi190.5 Kb.
#1346101
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAKTABGACHA TA\'LIM

1.2 Bolalarda miqdor haqidagi tasavvurlarini shakllantirish vazifalari "ko`p" va "kam" o`rtasidagi o`zaro munosabat bilan tanishtirish.


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o`qitish o`ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshida echilishi kerak bo`lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o`qitish muvaffaqiyatli bo`lmaydi. Bu vazifalardan biri konkret bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o`tishdan iborat. Bu xil o`tish saviyasi, ayniqsa, matematika o`qitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bo`lmasligi yoki etarli bo`lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko`pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bo`larni bartaraf qilish juda qiyin bo`ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstakt bilimlarni egallar ekanlar, ko`pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib etmagan holda o`zlashtiradilar. SHuning uchun ham konkret shart- sharoitlarda matematik bilimlarni qo`llanish imkoniyati juda cheklangan bo`ladi. SHu sababli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o`qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan konkret borliq orasidagi bog`lanishni ta`minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo`lishi kerak.
Tekshirishlar shuni ko`rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o`qitishda o`tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat:
Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni o`zlashtirish kerakkki, ularda matematik operatsiyalarni qo`llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko`rinib turadi. Bu, bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog`liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qo`yilgan ikki to`plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo`lmaydi.
Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu munosabatlarni qo`llanishi bolaga konkret buyumlarni matematik ob`ektlarga o`tish (masalan, buyumlarni ma`lum belgilari bo`yicha guruhga kiritish va shu asosda to`plam munosabatlarini, qism- butun munosabatlarni hosil qilish) imkonini beradi.
Tekshirish natijalari shuni ko`rsatadiki, matematik operatsiyalar maktabgacha yoshda o`zlashtirilган shunday masalalar va munosabatlar asosida kiritilsa va qayta ishlansa, matematikani egallash samarali bo`ladi.
Matematik tushunchalarni rivojlantirishda bo’lgan barcha izlanishlar ikki asosiy yo’nalishda olib borilmoqda. Birinchi yunalishda matematik tushunchalarning o’ziga xos xususiyatlari ta’riflanadi. Shu nuqtai nazardan muammolarni o’rganishga ko’p olimlarning ishlari bag’ishlangan. Ularda bir necha g’oyalar aniq aks ettirilgan:
a) g’oyalardan biri - bolalarning amaliy faoliyati bajarilishidagi ayrim belgilar ularning har xil birikmalarini ajratib ko’rsatmoqda, ya’ni amaliy masalalarni mustaqil ravishda tuzmoq, bajarish, ijodiy harakterdagi masalalarni yechish, aniq va yashirin jarayonlarning funktsional bog’lanishini tushungan holda bajarish va hokazo;
b) izlanishlarning ikkinchi guruhi matematik tushunchalarni shakllantirishning xususiyatlarini bilim boyligi va uni uzlashtirish darajasi orqali izoqlashni o’z ichiga oladi;
d) uchinchisi - matematik tushunchalarni shakllantirishning asosini tarbiyachilarning turli xil (masalan, tushunchalar yigindisini: qo’shmoq, mulohaza qilmoq, mantiqiy bog’lanishni aniqlamoq, bilmoq) masalalarni yechishda namoyon bo’lgan umumiy qobiliyatlari bilan bog’laydi.
Ikkinchi yo’nalishdagi izlanishlar matematik tushunchalarni shakllantirishning mehanizmi, o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish va tushuntirishga bag’ishlangan. Bunda matematik tushunchalarni shakllantirishni shaxs xususiyatlari (kasbga bo’lgan qizikish, shaxs uchun ijodiy fikrlashning ahamiyati, shaxsning yoshiga xos bo’lgan xususiyatlar) bilan bog’lashga harakat qilingan. Bolada matematik tushunchalar shakllangan hisoblanadi. Agar masalani yechishdagi yangilikni, masalani qiziqarli yechish uslubini, doim qo’llab kelgan standart uslublaridan voz kechib, masalaning yangi yechimlarini, muammoning asosiy bog’lanish mohiyatini anglash va uni yechish uchun turli usullarni topish, amaliy masalalarni yechish muammolaridan chiqish, oldindan aytib berish qobiliyatlariga ega bo’lsa, matematik tushunchalar rivojlangan hisoblanadi.

Download 190.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling