Maktabgacha ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurslar uchun yada savollari javobi fan: Bolalarni tabiyat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi fanidan savollar
Fan:Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi fanidan YAkuniy davlat atestatsiyasidan savollar
Download 65.79 Kb.
|
JAVOBLAR (2)
Fan:Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi fanidan YAkuniy davlat atestatsiyasidan savollar.
Matematik tasavvularni shakllantirishda qanday metodlardan foydalaniladi? Keys-stadi, davra suhbati, FSMU, Zig zag, Blits-o’yin, Savol javob, Bumurang, Aqliy hujym, Baliq skleti, Baxs-muzokara, O’ylang texnikasi, Skarabey .”Keys-stadi” metodi haqida gapirib bering. Bu metodning nomi inglizcha “case-study” so’zlaridan olingan. Bunda “case” – yashik, quti, gilof, jild, “study” – o’rganish, tadqiq qilish, ilm bilan shug’ullanish, o’quv fani, saboq olish, o’qish ma’nolarini bildiradi. Bu metod haqida inglizcha aytiladigan “case – true life”, ya’ni “keys – haqiqiy hayot” iborasiga ko’ra keys – real hayotning «bir parchasidir». Shunga ko’ra bu metodni “amaliy holatlarni o’qitish metodi” deb ham ataladi.Keys-stadi metodi bo’yicha o’rganilayotgan har bir muammo yoki mavzu yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi, ularni bajarish tafsiloti, natijalar va xulosalar yig’indisi alohida keysni tashkil qiladi. F.N.BLIXYER ning matematik tasavvur faniga qo’shgan hissasi. F.N.Blixer ko`p yillar bolalarda matematik tasavvurlarini o`stirish masalalari ustida ishladi. U quyidagi kitoblarni yozdi:"Bolalar bog`chasi va nulevoy gruppada matematika", "Didaktik o`yinlar", "Birinchi sinfda qiziqarli o`yinlar va mashqlar", 1932, 1934, 1938, 1945, 1958 yillardagi tarbiya dasturlarining matematikaga o`rgatish bo`limini ishlab chiqdi. F.N.Blixer bolalarni sanashga o`rgatish kerak emas, sharoit yaratish kerak deydi. U maxsus mashg`ulotlarni inkor etadi. Faqat tayyorlov gruppalardagina mashg`ulot o`tkazish kerak, deydi. U ko`proq yakama-yakka yo`l-yo`lakay o`rgatishni ma`qullaydi Bolalarga elementar matematik tasavvurlarni shakklantirishda qanday usullar qo`llaniladi? Maktabgacha ta’limda bolalariga matematikadan samarali ta'lim berish bo`lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o`qish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim. 2. Bolalar bogchasida matematik ta'lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan iborat: 1. Matematika o`qitishda ko`zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi?). 2. Maktabgacha ta’limda matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo`ladi. 3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak?), ya'ni bolalar hozirgi kunda zarur bo`lgan bilimlarni, malakalarni, ko`nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo`lishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o`qitish kerak? 4. Matematik bilim berish vositalarini — darsliklar, didaktik materiallar, ko`rsatma qo`llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o`qitish). 5. Ta'limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning mashg`ulotdan tashqari formalarini qanday o`tkazish kerak? Kattalikning xossalari haqida ma`lumot bering. Download 65.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling