Maktabgacha ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurslar uchun yada savollari javobi fan: Bolalarni tabiyat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi fanidan savollar


Download 65.79 Kb.
bet7/15
Sana12.03.2023
Hajmi65.79 Kb.
#1264684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
JAVOBLAR (2)

Katta guruhda bolalarga har bir son o’z ichiga ma’lum sondagi birliklarni olishi haqida bilim berish zarur. 5 ichidagi sonlarning birliklardan iborat tarkibi haqidagi tasavvurlar ham konkret misollarda shakllantiriladi.Bolalar buyumlar guruhlarini, ularning belgilari, sifati bo’yicha tahlil qilishga, so’ngra sonning birliklarini aytishga o’rgatiladi. Masalan, tarbiyachi stol ustiga har xil rangdagi 4 ta kubchani qo’yib, kublar nechta? Qanday rangdagisi nechta?, deb so’raydi. Oxirgi savol buyumlar miqdorini ularning ranglari bo’iycha tahlil qilishga yo’naltiradi: “Qandaylari qancha?” – 1 ta qizil, 1 ta ko’k, 1 ta sariq, 1 ta yashil” – “Hammasi – chi?” – “Hammasi 4 ta kub” – “Demak, 4 – bu 1,1,1 va 1. shundan keyin yana bolalardan sonning birliklarini, so’ngra sonning o’zini aytish so’raladi (1,1,1 va 1 – bu 4) Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’qitishda buyumlar haqidagi har xil bilimlaridan, ularni differensiallash yoki guruhlarga birlashtirish, alohida alomatlari bo’yicha umumlashtirish malakalaridan foydalanish kerak. Masalan, hammasi bo’lib 5 ta o’yinchoq bor. “Qandaylari qancha? – “1 ta quyon, 1 ta matryoshka 1 ta ayiq, 1 ta qo’g’irchoq, 1 ta tulki”. – “Demak, 5- bu 1, 1, 1, 1 va 1”. Bolada butun miqdorni ko’rish va uni aytish, sonning birliklarini (sonni tuzuvchi har qaysi birlikni) aytish, ularni birlashtirib, bir son bilan aytish malakasi shunday shakllantiriladi.Sonning birliklardan iborat tarkibini o’rganishda bolalarning geometrik figuralar haqiagi bilimlaridan, buyumlarning kattaliklari bo’yicha munosabatlarini ayta olishlaridan foydalanish kerak.

17. A.M.Leushinaning pedagogik ishlari haqida ma’lumot bering?


Leushinaning pedagogik ishlari: Bolalarni bog`chada sanashga o`rgatishga tayyorlash temasi 1959-1961 yillardan boshlab bosilib chiqdi. «Bolalar bog`chasida sanoq mashg`uloti» 1963 yilda bosilib chiqdi. Juda ko`p maqolalari «Doshkolnaya vospitaniya» jurnalida bosilib chiqardi. Pedagogika institutlari uchun «Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning Maktabgacha ta’limda ELEMENTAR MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH» kitobi bosilib chiqdi. Leushina tomonidan 1962-63 yillardagi dasturda ham ishlab chiqarilgan. Leushina bolalarning elementar matematik tasavvurlarini o`stirish bo`limining avtori hisoblanadi. Leushina o`zining keyingi 20-30 yillik faoliyatida bolalarni sanoqqa o`rgatish masalalari bo`yicha ish olib bordi. U bolalarning matematik tasavvurlarni o`stirish bo`yicha ish olib borayotgan pedagoglar va shu kafedra olimlariga rahbarlik qildi

18. Didaktik o`yinlar haqida tushuncha bering?


Didaktik o`yinlarning asosiy turlari intellektual ( aqliy ) va harakatli hamda aralash o`yinlardan iborat. Bu o`yinlar ishtirokchilarda aqliy – jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim tarbiya jarayonida asosan o`quvchlarda ta’lim olish motivlarini ularning turli yo`nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan didaktik o`yinlardan foydalaniladi. Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, ro’lli, ishchanlik va boshqa yo`nalishlar bo`yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o`yinlardan foydalaniladi va alohida o`ringa ega bo`lib bormoqda. Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashda ularni funksional mavzuli konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o`yinlarga ishlatiladi. Bularning orasida didaktik o`yinlar ta’lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini borishi bilan alohida o`ringa ega. O`yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakllari hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o`yinlarning ta’lim – tarbiyaviy ahamiyatini o`rganish va yanada oshirish bo`yicha tadqiqot olib borishiga asos bo`ldi. Natijada oldingi asrning 60-yillari boshida AQSH so`ngra boshqa G`arb mamlakatlarida ishchanlik o`yinlari qo`llanila boshlandi. Ishchanlik o`yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb takidlaganlar. Didaktik o`yinlarning yana bir turi aqliy hujum usulini birinchi marta 1939- yilda A.F. Osborn qo`llagan. Bu usulni g`oyalar banki deb ham nomlagan.

19. Buyumlarni taqqoslashda mezonlariga ko`ra qanday kattaliklarga bo`linadi


Buyumlarni taqqoslashning mezonlariga ko’ra ularning kattaliklari, tengligi yoki tengsizlik munosabati aniqlanadi. Ammo har doim ham buyumlar beosita taqqoslanavermaydi. Biz ko’pincha buyumlarning kattaliklarini o’zimizda hosil bo’lgan umumiy tasavvurlar (fikr)da taqqoslaymiz. Bu o’rinda idrok qilinayotgan buyumning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan taqqoslanadi, bu obrazda buyumlarni amalda farqlash tajribasi tugallangandek bo’ladi. Kattalik, shuningdek, o’zgaruvchanlik bilan ham harakterlanadi. V.V.Davidov bunday deydi: “o’lchamlar – obektning shunday holatiki, u ma’lum chegaralargacha o’zgara borib, aqqalli berilgan alohida obektni o’zgartirsa, ham, ammo uning tur, boshlang’ich sifatini o’zgartirmaydi”.

20. O`lchamlar va kattaliklar haqida olimlarning fikrlari.


Rus matematik metodisti D.Galanin “kattalik” tushunchasining ma’nosini bunday ifodalaydi: “kattalik deb, buyum va harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki, bu xususiyat bo’yicha buyumlarni bir –biri bilan taqqoslay olamiz, bu xususiyat har xil buyumlarda har xil miqdorda bo’lishi mumkin”. Buyumlarni taqqoslashning mezonlariga ko’ra ularning kattaliklari, tengligi yoki tengsizlik munosabati aniqlanadi. Biz ko’pincha buyumlarning kattaliklarini o’zimizda hosil bo’lgan umumiy tasavvurlar (fikr)da taqqoslaymiz. Bu o’rinda idrok qilinayotgan buyumning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan taqqoslanadi, bu obrazda buyumlarni amalda farqlash tajribasi tugallangandek bo’ladi. Kattalik, shuningdek, o’zgaruvchanlik bilan ham harakterlanadi. V.V.Davidov bunday deydi: “o’lchamlar – obektning shunday holatiki, u ma’lum chegaralargacha o’zgara borib, aqqalli berilgan alohida obektni o’zgartirsa, ham, ammo uning tur, boshlang’ich sifatini o’zgartirmaydi”. Stol uzunligining o’zgarishi uning kattalliginigina o’zgartiradi, ammo uning mazmuni va sifatini o’zgartirmaydi, stol stolligicha qolaveradi.Kattalikning uchinchi hossasi nisbiyligidir. Haqiqatan ham, birp buyumning o’zi kattaligi bo’yicha qanday buyum bilan taqqoslanayotganiga qarab, katta yoki kichik deb aniqlanishi mumkin. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, kattalik buyumning shunday xossasiki, uni buyumdan ajratib, alohida tasavvur qilib bo’lmaydi. Kattalikni buyumdan aratib bo’lmaydi
21 Didaktik o`yinlar haqida ma’lumot bering va ularga misollar keltiring?
Didaktik o`yinlarning asosiy turlari intellektual ( aqliy ) va harakatli hamda aralash o`yinlardan iborat. Bu o`yinlar ishtirokchilarda aqliy – jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim tarbiya jarayonida asosan o`quvchlarda ta’lim olish motivlarini ularning turli yo`nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan didaktik o`yinlardan foydalaniladi. Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, ro’lli, ishchanlik va boshqa yo`nalishlar bo`yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o`yinlardan foydalaniladi va alohida o`ringa ega bo`lib bormoqda. Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashda ularni funksional mavzuli konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o`yinlarga ishlatiladi. Bularning orasida didaktik o`yinlar ta’lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini borishi bilan alohida o`ringa ega. O`yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakllari hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o`yinlarning ta’lim – tarbiyaviy ahamiyatini o`rganish va yanada oshirish bo`yicha tadqiqot olib borishiga asos bo`ldi.

22. Fazoviy figuralarga misollar yozing?


Prizma, silindir, kub, paralelopiped

23. O’rta guruhdagi bolalarda qanday mashg`ulotlar olib boriladi?


Mashg’ulotlarda asosiy e’tibor bolalarda buyumlarning uzunliklarini ajratish va ko’rsatish, buyumlarning uzunlik bo’yicha tengligi yoki tengmasligini aniqlash, shu asosda ular kattaliklarining aniq ta’rifini bera olish malakalarining shakllanishiga qaratiladi. Masalan, tarbiyachi to’rtta bolani chaqiradi va ularga ikkitadan bo’lib sakragichni olishni va uni uzunligi bo’yicha tuzib turishni taklif qiladi. Bolalarga murojaat qilib, tarbiyachi so’raydi: “Bu sakrag’ichlarning uzunliklari haqida nima deyish mumkin? “Savolning bunday qo’yilishi bolalarga har xil javob berish imkonini berdi, boshqacha aytganda, ular har qaysi sakrag’ichning nisbiy kattaligini aytishlari mumkin, yoki sakrag’ichlar kattaliklari bo’yicha har xil deyishlari ham mumkin edi. Bolalar javobning birinchi variatini afzal ko’rishdi. “Bolalar, to’g’ri aytdingiz, sakrag’ichlar uzun va kalta”, - deydi tarbiyachi

24. Bolalarni maktangacha ta’limda matematik tasavvurlarni shakllantirishda Didaktik prinsiplar haqida yozing


Bolalarni maktabgacha ta’lmda matematik tasavvurlarni shakllantirishda. Didaktik prinsiplar1. Ilmiylik prinsipi bog`chada o`rganiladigan faktlarni ular fanda qanday yoritiladigan bo`lsa, shunga moslab yoritishni talab qiladi, ya'ni biz ilmiylik to`g`risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda berilayotgan bilim mazmuni ilm asosida tuzilgan bo`lishi kerak.

25. Bolalar bog’chasida sensor tarbiya berish deganda nimani tushunasiz?


Sensor tarbiya jarayonida bolalar bog’chasining katta guruhida vazn xissini rivojlantirishga qaratilgan ish olib boriladi. Bolalar predmetlar vaznini qo’lda chamalab, sodda tarozida tortib ko’rib qiyoslashga o’rganadilar, “yengil” va “og’ir” tushunchalarini farqlaydilar, sensor tarbiya deganda sezgi a’zolari bilan sezish xis qilish tushuniladi

26. Mashg’ulotning turlari va tuzilishi haqida ma’lumot bering?



Download 65.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling