Maktabgacha ta’limda o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish”


Download 238.5 Kb.
bet1/11
Sana27.01.2023
Hajmi238.5 Kb.
#1134613
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishiii 777777

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI “MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI


Maktabgacha ta’limda o'qitish
texnologiyalari va loyihalashtirish”
fanidan

Himoyaga tavsiya etaman


Fakultet dekani
Ikromov.N.M.
”
KURS ISHI

MAVZU: ” Maktabgacha ta'limda Tadbirkorlik o'yinlarini tashkil etish va o'tkazishda tarbiyachining mahorati“


Talaba: 4-kurs “401” guruh talabasi


Boysariyeva Zebiniso


Ilmiy rahbar:

Himoyaga tavsiya etildi


“Maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi mudiri Norbosheva.M.O.
”

ТЕRMIZ-2021


MUNDARIJA
I.Kirish
II.Asosiy qism

  1. O’yinning kelib chiqishida inson o’zligining nomoyon bo’lishi va takomillashuv usuli.

  2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tadbirkorlik o’yinlarini tashkil qilishning ahamiyati.

  3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’yinlarni o’tkazishda tarbiyachining mahorati va unga rahbarlik qilishi.

  4. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladigan tadbirkorlik o’yin faoliyatlari.

III.Xulosa va tavsiyalar
IV.Adabiyotlar ro’yxati
Kirish


Mavzuning dolzarbligi. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi.

Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.


O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etilgan uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanadigan, uning o‘qishga intilishini va bilim olishga bo’lgan dastlabki qiziqishini uyg‘otadigan muhim bosqichga aylantirildi.
Aytish kerakki, sobiq tuzum paytida maktabgacha ta’lim muassasasi ota-ona ishda bo’lgan paytlarida ularning bolalari asosan bexavotir saqlab turiladigan joy sifatida amal qilib kelgan. Bugun esa maktabgacha ta’lim bolani intellektual, jismoniy va ma’naviy rivojlantirishga, uni shaxs sifatida tarbiyalashning dastlabki va muhim bo’giniga aylandi. Yurtimizda maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya muassasalarida amalga oshiriladi.


Download 238.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling