Maktabgacha ta’limda o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish”
Maktabgacha talim tashkilotlarida oyinlarni otkazishda tarbiyachining mahorati va unga rahbarlik qilishi
Download 238.5 Kb.
|
kurs ishiii 777777
Maktabgacha talim tashkilotlarida oyinlarni otkazishda tarbiyachining mahorati va unga rahbarlik qilishi.
Bolalar oyiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. Oyin bolalarning qiziqarli ermagigina bolib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo oyin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi. Pedagog bolalar oyiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga etibor berishi zarur: oyin mazmunini talim-tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bolishi, aks ettirliayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar togri va tola bolishi, oyin harakatlariga faol, malum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bolishi kerak. Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini etiborga olgan holda oyinga rahbarlik qilish, oyinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning oyinda xayrixoh va xursand bolishlarini taminlash lozim. Pedagog bolalar oyiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma tomonlariga: ongiga, his tuygulariga, irodasiga, hulqiga ta`sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim. Oyin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. Oyinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola ozining butun diqqatini oyinga qaratishi lozim. Bola oynayotganda qishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari togrisidagi tasavvuri etarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Tarbiyachi oyin orqali bolalarda ona-vatanga, oz xalqiga boshqa millat qishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. Oyin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, togrilik, ozini tuta bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi.Oyin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bolgan munosabatini shakllantiruvchi oziga xos maktabdir. Oyinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi.Tarbiyachi bolalar oyiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. Oyin jarayonida bolalar oz xoxishlarini jamoa xoxishi bilan kelishib olishga, oyinda ornatilgan qoidalarga rioya qilishga organdilar. Ammo oyinga togri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda oyindan keng foydalaniladi. Juda kopchilik oyinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa oz navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasini togri osishini, harakatlari chiroyli bolishini ham taminlaydi. Oyin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi. Oyin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qollaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqealikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar. Oyinda boolalarning avval olgan tassurotlari orqali obraz yaratishlari xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda kop oyinlarda avval organgan ashula, sher, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi. Oyin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashgulot ortasida bolalar oyiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar kopincha avval boshlagan oyinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning oynashlari uchun 1 soat 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar oyinga vaqt beriladi. Bunda bolalar koproq syujetli-rolli oyinlarni, qurilish materiallari, qogirchoqlar bilan, stol usti oyinchoqlari oynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak oyinlardan ham foydalaniladi. Ammo oyin bilan talim ortasidagi bogliqlik bola ulgaygan sari ozgarib boradi. Kichik guruhda oyin talim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashgulotlarda ta`limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning ozlarida maktabdagi oqishga ishtiyoq uygonib qoladi. Ammo bolalar uchun oyinning qadri yoqolmaydi, balki mazmuni ozgaradi. Endi bolalarni koproq fikriy faollikni talab etuvchi oyinlar, sport tarzidagi oyinlar qiziqtira boshlaydi.Shunday qilib, pedagogika fani oyinga bola shaxsini har tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashqil etish shakli, bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi. Oyinda rollarni taqsimlash.Tarbiyachi pedagogik vazifalarga amal qilib (yangi kelgan bolani ragbatlantirish yoki aksincha, faol bola misolida botir bolish qanchalik muhim ekanligini isbotlash yoki oziga ishongan bola iltimosini rad etib, bu rolni qorqib turgan tortinchoq bolaga topshirish) boshlovchi tayin etishi yoki bolalarni hursand qilgan holda oyinga ozi kirishib oz zimmasiga boshlovchi yoki oddiy ishtirokchi rolini oladi. Shuningdek boshlovchi saylashni bolalarni oziga xavola etishi va ulardan bu rolni mazkur bolaga nima uchun topshirganlarini tushuntirib berishlarini sorashi mumkin. Kichik guruhda boshlovchi rolini tarbiyachini ozi bajaradi. Oyin jarayonida tarbiyachi bolalar harakati va ozaro munosabatlar, qoidalarini bajarilishini kuzatib boradi, qisqacha korsatmalar beradi, bolalarning hissiy holatlarini boshqarib boradi. Qoidaning ayrim bolalar tomonidan buzilishi haqida oyinni qayta otkazishdan oldin gapiradi. Oyinni yakunlash. Harakatli oyin jismoniy yuklamani kamaytiradigan xolga keltiradigan umumiy yurish bilan tugallanadi. Yurishni ahamiyatiga k ora bir xil bolgan kam harakatli oyin bilan almashtirish ham mumkin. Oyin tugagan zahoti uni yakunini chiqarish kerak emas, bolaning tez harakatdan dam olishga asta-sekin otmasligi yurak faoliyatini va butun organizmiga noxush tasir etadi. Tarbiyachi oyinni baholashida uning ijobiiy tomonlarini takidlaydi, oz rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik, chidamlilik, ozaro ortoqlik yordami korsatgan bolalar nomini aytadi va qoidalarning buzilishi hamda bolalarning shu bilan bogliq harakatini kuyinib korsatib otadi. Katta guruhlarda tarbiyachi bolalarni harakatli oyinlarni mustaqil tashkil etishga tayyorlaydi, bunda oyinlarning borishini va ayniqsa, qoidalarni bajarilishini hamda bolalar ortasidagi munosabatlarni kuzatib boradi. U bolalarga harakatli oyin variantlarini uning mazmuni, qoidasini, oyin harakatlarini ozgartirgan holda oylab topish, keyinchalik yangi ozi oylab oyin topish kabi topshiriqlar beradi. Katta guruh bolalarida mustaqillik, tashkilotchilik malakasini tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga kichik gruh bolalari bilan oyin tashkil etishini taklif etadi. Oyin kichik guruh tarbiyachisi kuzatuvi ostida otkaziladi. Tadbirkorlik oyinlar bolalarni har tomonlama tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Oyin faoliyati qaysi shaklda ifodalanmasin bolani quvontiradi, ularda ijobiy hislarni uygotadi. Tadbirkorlik oyinlar bola dunyoqarashini kengaytiradi, atrof-muhitni bilishida oziga xos vosita hisoblanadi. Tadbirkorlik oyinlardagi qoidalar oyinning borishini belgilaydi, bolalar harakat faoliyatini, ozaro munosabatlarini yolga soladi, axloqiy irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Har bir bolaning oyin qoidasini anglashi va unga rioya qilishda kattalarning rahbarligi katta ahamiyatga egadir. Oyinlar orqali bolalarda halollik, adolatlilik, dostlik, botirlik, ozini tuta bilish, qatiyatlik kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Oyin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, tafakkur, tushuncha va moljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi, oyinlar ijodiy hayol, xotira, topqirlik, fikr yuritish faolligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli oyinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Emotsional kotarinkilik bolalarda barcha uchun umumiy bolgan maqsadga erishishga intilish uygotada va u vazifalarni aniq tushunishda, harakatlarning ozaro mosligida, fazoda va oyin sharoitlarida aniq moljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan suratda bajarilishida ifodalanadi. Bolalarning maqsadga erishishga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida turli tosiqlarni yengib otishga yordam beruvchi irodaning roli oshadi. Harakatli oyinlar bolalar tomonidan avval egallangan harakat konikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodi bolib xizmat qiladi. Oyin jarayonida bola oz etiborini harakatni bajarish usuliga emas, balki maqsadga erishishga qaratadi. U oyin shartlariga muvofiq harakat qiladi, bunda chaqqonlik korsatadi va shu asnoda harakatlarni takomillashtiradi. Shuning uchun, masalan, «Bori jarlikda» oyini bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrashni bilib olganlaridan keyin beriladi. Harakat faoliyati sifatida harakatli oyin muayyan maxsus xususiyatlarga ega: u boladan signal va oyinda tosatdan boladigan ozgarishlarga tezda javob berishni talab qiladi. Oyinda yuz beradigan turli vaziyatlar, harakatlar muskul tarangligi darajasining ozgarishi zaruratini keltirib chiqaradi. Masalan «Tuzoq» oyinida har bir bola boshlovchi harakatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim: boshlovchi unga yaqinlashganda qarama-qarshi tomonga shitob bilan qochib otadi; ozini xavfsiz sezgach, sekin harakat qilib, toxtab turadi; boshlovchi yaqinlashganda yana harakatini tezlashtiradi. Deyarli har bir harakatli oyinda harakatlar va bolalar harakatiga oid signallar mavjud. Bunday aktiv harakat faoliyati bola qozgolish va tormozlanish jarayonlarini takomillashtirgan va muvozanatlashtirgan holda nerv tizimni mashq qildiradi, shuningdek kuzatuvchanlik, topqirlik, ozgaruvchan atrof-muhitda moljal olish qobiliyati, yuz bergan mushkul holatdan qutilish yolini topish, tezda qaror qabul qilish va uni amalga oshirish, botirlik, chaqqonlik tashabbus korsatish, maqsadga erishishning mustaqil usulini tanlashni tarbiyalaydi. Harakatli oyinlarning kelib chiqishi qadim xalq pedagogikasiga borib taqaladi. Ilk yoshli bolalar oilalarda bolaning dastlabki harakati bilan bogliq ovunmachoqlar, ermak oyinlar yordamida tarbiyalanganlar. Undan kattaroq yoshdagi bolalar hayotida rang-barang harakat mazmuniga ega bolgan (oz ichiga bolalarni rom qiluvchi oyin boshlanmalari, xirgoyilari, sanashmachoqlarni oluvchi) xalq oyinlari katta orin olgan. Bularning hammasi hozirga qadar badiiy jozibadorligini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda va qimmatli oyin folklorini tashkil etadi. Download 238.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling