-- 1 –
O’g’il bola va Opajonlar, akajonlar yetti yoshga to’libsiz,
Qiz bola : Tabriklaymiz biz sizni siz o’quvchi bo’libsiz.
“ “ raqsiga o’yinga tushib beradilar .
Shundan so’ng Nasriddin Afandi musiqa ostida davraga kirib keladi.
Boshlovchi: Bolajonlar ! Davramizga Nasriddin Afandi kirib kelyaptilar-ku! Assalomu alaykum Nasriddin Afandim xush kelibsiz !
Nasriddin : Vaalaykum assalom ! Ona qizim ! Bu yerda katta tanatana bo’layotganini ko’rib shu yerga qarab kelaverdim! Mudira opajonlaringni tan joni sog’ bo’lsin bog’chalaringni taniyolmadim, juda ham chiroyli qilib yuboribsizlarku.
Boshlovchi : Raxmat Nasriddin Afandim !
Nasriddin : Azizlar ! Men mana shu ajoyib hursandchilikning aziz mehmoni bo’lib , ota-onalar kabi to’rida savlat to’kib o’tirishdan avval, men bolalarning maktab hayotiga tayyormi-yo’qmi ekanliklarini bilish uchun ham kelgan edim. Bog’cha opasi, keling,bularni bo’lmasa bir sinab ko’ramiz.
Bola: Mustaqqillik ishboshi, ilm uning yo’ldoshi.
Sentyabr kulib kelar, qo’ng’iroq urib kelar .
Bola: Endi boshlanar darslar, o’qishga zo’r havaslar.
Men sevaman kitobni, o’rganaman hisobni .
Bola: Men-chi, rasm chizaman , husnihat ham yozaman.
A’lo o’qish niyatim , kosmosga uchar otim.
Birgalikda : Biz maktabga boramiz, o’qib bilim olamiz.
Bolalar “ “ raqsiga tushib beradilar.
Nasriddin : Ex, odamlarga latifalarimni aytib yurgan zamonlarim o’tib ketgan ekan.
Eshagim ikkalamiz yo’lda ketayotsak, 2ta odam men “ Biznesman”, “Tovar”, “Bank”, “ Valyuta”,”Reklama”- deb gapirib turishgan ekan. Ularning gaplariga hyech tushunmadim.
Boshlovchi : Ey, Xo’ja Nasriddin, bizning bolalarimiz iqtisoddan chuqur bilimga egalar.
Xozir ular, sizga yordam berishadi. Bolajonlar “Biznesmen”-deb kimlarni aytamiz!
Bola: Ishbilarmonlarni.
Do'stlaringiz bilan baham: |