Hamma: mo’tabar va aziz opajonlarimizga har qancha ta’zim qilsak ham oz!
Ikkala Bola: Nima uchun bugun biz, quvnoq bayram qilamiz.
Chunki tez kun ichida , biz maktabga boramiz.
Bola: Bultur edim oltida , yoshim yetmay qoldi-da,
O’qishga olishmadi, maktabga yozishmadi.
Yillar yurmas ketiga , bu yil to’ldim yettiga.
Endi katta bolaman, men maktabga boraman.
Men o’qishga tappa-taxt, besh olishga qildim axd.
Har kun sanayman bir-bir, qachon kelar sentyabr
Bolalar “ Tishim ham tushib ketdi “ qo’shig’ini aytib beradilar .
So’ng “ Xorazmcha“ raqsiga tushib beradilar .
Boshlovchi : Ustoz kuch berdi , ruhga iymonga,
Ustoz odobi oroyish jonga.
Ustoz bor ekan, avlod suyukdir,
Ilm – fan insonga mangu sherikdir .
Bog’cha so’qmog’idan xijjalab o’tib
Yo’lingiz katta yo’lga tutashdi borib .
Endi-chi siz , bugun o’quvchi .
Katta-katta ishlar qiluvchi .
1 Bola: Mehr nuri yog’ar doim, yuzingizdan ustozlar.
Yursam deyman bu tabbaruk, izingizdan ustozlar.
2 Bola: Biri gul, biri bulbul, o’g’il qizlar shod bugun.
Qalbidan gul tutadi, mehribon ustoz uchun.
Bolalar “ Ustozlar “ qo’shig’ini aytib beradilar.
So’ng “ Shux qizlar“ raqsiga tushib beradilar.
Boshlovchi: Shunaqa vaqt tez o’tibdiki! Yaqinda sizlar kichkinagina bola edinglar, endichi qaranglar katta bola bo’lib maktab ostonasiga yo’l olmoqdasizlar. Bog’chada sizlar sanashni, o’qishni, kuylashni, she’rlar aytishni, ertaklar so’zlab berishni, asosiysi xarflarni o’rgandilaring. Maktabda bo’lsa yanayam ko’p narsalarni o’rganasizlar. Lekin maktabga ketishdan oldin men sizlarni bugun sinayman. Qani maktabga qanday tayyorgarlik ko’rdilaring ekan..... Sizlar bilan maktab- maktab o’yinini o’ynaymiz Qani, bog’chada olgan bilimlaringizni bir sinab ko’raylikchi!
Boshlovchi: To’planibsiz bu zalga
Maktabga borish uchun
Maktab ostonasidan
Sinfga kirish uchun.
Sho’x jaranglar qo’ng’iroq
Bu birinchi qo’ng’iroq
Doim haqni so’zlangiz
Yurt ravnaqin ko’zlangiz.
Bugun boshlanar darslar
O’qishga zo’r havaslar.
Jarang-juring qo’ng’iroq
Darsga kiring siz tezroq.
Endi bolajonlar maktab-maktab o’yinini o’ynaymiz. Lekin ,,birinchi meni topishmog’imni topinglar.
1.Kim sumka va kitob bilan
Ertalab maktabga shoshar.
Do'stlaringiz bilan baham: |