Bolalar “ Xayr bog’cha” ko’shiqni aytishadi.
So’ng” Xorazmcha“ raqsiga tushib beradilar .
Boshlovchi : Ustoz kuch berdi , ruhga iymonga,
Ustoz odobi oroyish jonga.
Ustoz bor ekan, avlod suyukdir,
Ilm – fan insonga mangu sherikdir .
Bog’cha so’qmog’idan xijjalab o’tib
Yo’lingiz katta yo’lga tutashdi borib .
Endi-chi siz , bugun o’quvchi .
Katta-katta ishlar qiluvchi .
1 Bola:Mehr nuri yog’ar doim, yuzingizdan ustozlar.
Yursam deyman bu tabbaruk, izingizdan ustozlar.
2 Bola: Biri gul, biri bulbul, o’g’il qizlar shod bugun.
Qalbidan gul tutadi, mehribon ustoz uchun.
Bolalar “ Bizning tarbiyachi opa “ qo’shig’ini aytib beradilar.
So’ng “Qizaloqlar“ raqsiga tushib beradilar.
Boshlovchi: Shunaqa vaqt tez o’tibdiki! Yaqinda sizlar kichkinagina bola edinglar, endichi qaranglar katta bola bo’lib maktab ostonasiga yo’l olmoqdasizlar. Bog’chada sizlar sanashni, o’qishni, kuylashni, she’rlar aytishni, ertaklar so’zlab berishni, asosiysi xarflarni o’rgandilaring. Maktabda bo’lsa yanayam ko’p narsalarni o’rganasizlar. Lekin maktabga ketishdan oldin men sizlarni bugun sinayman. Qani maktabga qanday tayyorgarlik ko’rdilaring ekan..... Sizlar bilan maktab- maktab o’yinini o’ynaymiz Qani, bog’chada olgan bilimlaringizni bir sinab ko’raylikchi!
Boshlovchi: To’planib siz bu zalga
Maktabga borish uchun
Maktab ostonasidan
Sinfga kirish uchun.
Sho’x jaranglar qo’ng’iroq
Bu birinchi qo’ng’iroq
Doim haqni so’zlangiz
Yurt ravnaqin ko’zlangiz.
Bugun boshlanar darslar
O’qishga zo’r havaslar.
Jarang-juring qo’ng’iroq
Darsga kiring siz tezroq.
Boshlovchi: Endi bolajonlar maktab-maktab o’yinini o’ynaymiz. Lekin birinchi meni topishmog’imni topinglar.
1.Kim sumka va kitob bilan
Ertalab maktabga shoshar.
Do'stlaringiz bilan baham: |