Bola: - Bir marta ham to’polon qilmadim.
****************************************************************************
Ona: -Bolam, doirada yana bir soat chalsang senga muzqaymoq olib beraman.
Bola: - Agar chalmasam ikkita muzqaymoq olib berishadi.
Ona: - Kim olib beradi?
Bola: - Qo’shnimiz.
*****************************************************************************
Ona: -Bolam, guruhlaringdagi Vali bilan do’stlashmagin deb necha marta
aytdim. Ota-onalar majlisida hamma uni eng to’polonchi va bezori
bola dedi.
Bola: -Ana ko’rdingizmi, oyijon. Agar Vali bo’lmaganida hamma meni
shunaqa deb o’ylardi.
*****************************************************************************
Bola: -Oyijon men chiniqishim kerak.
Ona: - Juda soz. Qanday qilib chinimoqchisan?
Bola: - Siz menga har kuni muzqaymoqqa pul berasiz. Shunday qilib men
chiniqib sovuqqa chidamli bo’lib qolaman.
Raqs ” Do’ppi“ Botir Qodirov.
Boshlovchi: Bolalarimiz hozir sizga maktab nima ekanligini aytib berishadi.
(3-ta bola chiqadi)
1-bola: Yuzimiz yal-yal yonib, odimlaymiz mardona
Qo’limizda sumka bor, biridachi guldasta.
Maktab tomon chopqillab, yuguramiz shoshamiz
Shinam sinflar ichra biz bilimlar olamiz
2-bola: Partada o’tirishni, ruchka to’g’ri ushlashni
Rasmlarni solishni, harflarni yozishni
O’rgatar bizga maktab, bilim va berar odob.
3-bola: Qo’shishni ayirishni, ko’paytirish , bo’lishni
Kitoblarni sevishni, tabiatni asrashni
O’rgatar bizga maktab, bilim va berar odob.
Bolalar “Maktab nimani o’rgatadi” qo’shig’ini aytib beradilar.
Boshlovchi: Endi davramizning kulminasion yani cho’qqisiga keldik. Qani bolajonlar yarim doira bo’lib turib olamiz. Tarbiyachi opalar esa o’rtada. Ota-onalaring sizlarni maktabga ketish oldidagi siymolaringni eslab bir tomosha qilib olishsin. (musiqa ostida)
(Bolalar yarim doira shaklida turishadi o’rtada tarbiyachilari bilan. So’ng bolalar she’r aytadilar)
Do'stlaringiz bilan baham: |