2 Bola: To’g’ri_______________________, bugungi kun hyech kimning yodidan chiqmaydi,
chunki go’daklik chog’imizdan tarbiyalab, ta’lim olishga o’rgatgan
Hamma: mo’tabar va aziz opajonlarimizga har qancha ta’zim qilsak ham oz!
1 Bola: Mehr nuri yog’ar doim, yuzingizdan ustozlar.
Yursam deyman bu tabbaruk, izingizdan ustozlar.
--- 2 ---
2 Bola: Biri gul, biri bulbul, o’g’il qizlar shod bugun.
Qalbidan gul tutadi, mehribon ustoz uchun.
Bolalar “ Ustozlar “ qo’shig’ini aytib, ustozlari bilan klip qilib beradilar. Qo’shiq so’ngida ustozlariga gullar taqdim etadilar.
Boshlovchi: Qimmatli bolajonlar! Bugun sizni tabriklagani ota-onalaringiz, mehmon-
lar va kichkintoy ukalaringiz tashrif buyurishgan . Ular hammasi sizlarni
mustaqqil O’zbekistonimizni yetuk farzandlari bo’lib yetishishingizda omad
va muvaffaqiyatlar tilamoqchilar.
Bog’chani iqtidorli bolalari tabrik uchun musiqa ostida kirib keladilar.
O’g’il bola va Opajonlar, akajonlar yetti yoshga to’libsiz,
Qiz bola : Tabriklaymiz biz sizni siz o’quvchi bo’libsiz.
So’ng raqsga tushib beradilar .
So’z tabrik uchun ota-onalarga beriladi.
Bola: Mustaqqillik ishboshi, ilm uning yo’ldoshi.
Sentyabr kulib kelar, qo’ng’iroq urib kelar .
Bola: Endi boshlanar darslar, o’qishga zo’r havaslar.
Men sevaman kitobni, o’rganaman hisobni .
Bola: Men-chi, rasm chizaman , husnihat ham yozaman.
A’lo o’qish niyatim , kosmosga uchar otim.
Birgalikda : Biz maktabga boramiz, o’qib bilim olamiz.
Bolalar “ “ raqsiga tushib beradilar.
Bola: Bultur edim oltida , yoshim yetmay qoldi-da,
O’qishga olishmadi, maktabga yozishmadi.
Yillar yurmas ketiga , bu yil to’ldim yettiga.
Endi katta bolaman, men maktabga boraman.
Men o’qishga tappa-taxt, besh olishga qildim axd.
Har kun sanayman bir-bir, qachon kelar sentyabr .
Do'stlaringiz bilan baham: |