Gulsanam va Otabek Mamazoitovlarning”O’zbekistonim” qo’shig’i fonnagrammasiga bolalar va bog’chaning barcha xodimlari klipli ko’rinish xosil qiladilar.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalarini bog’cha ma’muryati maqtov yorliqlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlaydi .
Bayram dasturi “ Ommaviy raqs “ bilan yakuniga yetadi . --- 5 ---
Bog’cha sahnasi bayramona bezatilgan. O’rtada “ Xayr bog’cha – Salom maktab” , xayvoncha va xarflarning rasm , yozuvlari aks ettirilgan. Atroflariga gullar qo’yilgan. Bolalar sahnaga qo’llarida gul va bayroqchalar bilan tashrif buyuradilar.
Bolalar “ O’zbekiston “ musiqa fonogrammasiga kirib kelib musiqiy xarakatlar
bajaradilaor.
So’ng “ O’zbekiston Davlat Madhiyasi” yangraydi.
Boshlovchi: Qimmatli bolalar, hurmatli mexmonlar! Bugun bizning bog’chamizda katta
tantana. Biz bog’chamizning navbatdagi qaldirg’ochlarini maktab bo’sag’asiga
kuzatyapmiz!
Yuzlaring yal-yal yonib, odimlaysan mardona
Bir qo’lingda sumka bor, biridachi guldasta.
Oylar o’tar yil o’tar, ulg’ayasan bir kun sen.
Seni kutar koinot , kutadi qahramon el.
Endi bayramimizni ochib berish uchun so’zni bog’chamiz mudirasiga beramiz.
Shundan keyin bolalar karnay, surnay, nog’ora sadolari ostida klip qilib berishadi.
So’ng 2ta bola musiqa ostida kirib keladilar.
1 Bola: Hurmatli ota - onalar va mehmonlar, bog’cha xodimlariyu, jajji ukajonlar,
qalbi qaynoq murabbiyalar! Mana, bugun biz, maktabga ketish oldidan xayr-
lashish kechasiga yigilganmiz. Bugungi bayram bizning yodimizdan chiqmaydi.
2 Bola: To’g’ri_______________________, bugungi kun hyech kimning yodidan chiqmaydi,
chunki go’daklik chog’imizdan tarbiyalab, ta’lim olishga o’rgatgan
Hamma: mo’tabar va aziz opajonlarimizga har qancha ta’zim qilsak ham oz!
1 Bola: Mehr nuri yog’ar doim, yuzingizdan ustozlar.
Yursam deyman bu tabbaruk, izingizdan ustozlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |