Maktabgacha ta'ltim muasasasida davlat talablari asosida bolalarni maktabga tayyorlash
-7 Yoshli bolalrning bilishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalari
Download 92 Kb.
|
MAXMUDOVA MOXIPORA
6-7 Yoshli bolalrning bilishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalari
1. Mustaqil tarzda jismoniy mashqlar bajara olish. 2. Buyruqqa (start) asoslanib yugurish. 3. xoda ustida oldinga siljish. 4. Narvon yordamida tepaga chiqish va pastga tushish. 5. 5 sekund davomida arqonda osilib turish. 6. Arg`imchoq uchish. 7. Cheklangan sath va chiziq bo`ylab yurish. 8. Qiya qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tish. 9. Bir oyoqda qaldirg`och bo`lib turish. 10. Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib ko`tarish, pastga tushurish va bir joydan boshqa joyga ko`chirish. 11. Joyida turib 15-20 marta sakrash. 12. 70 sm uzunlikka sakrash. 13. 30 sm balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tish. 14. To`xtamasdan 2-3 minut davomida yugurish. 15. 100 m masofani to`xtamasdanyugurib o`tish. 16. 10 m masofani emaklab o`tish. 17. Safda to`g`ri turish va safni buzmasdan yurish. 18. Saflanish va qayta saflana olish. 19. Musiqa ohangiga mos holda harakat qilish. 20. Koptokni irg`itish va ilib olish. 21. Ilon izi shaklida yurish. 22. To`p-to`p bo`lib, aylana bo`ylab yurish. 23. Chiniqtirish mashqlarini bajarish. 24. Bosma harflarni o`zaro farqlay olish, nutq tovushi bilan harfni bir-biridan farqlay olish. 25. Tovush, so`zlarni aniq va to`g`ri talaffuz etish. 26. 3000 tadan ortiq so`zni tushinishi va bilishi. 27. Rasmga qarab gap tuzish. 28. Ertak va hikoyani tinglash, mazmuni tushunish. 29. Eshitgan kichik ertak va hikoyani qayta aytib berishi. 30. Ifodali nutqqa ega bo`lishi. 31. Tevarak-atrof, tabiat manzarasi haqida qisqacha so`zlab berishi. 32. Turli mavzudagi, kichik hajmdagi 6ta she`rni yoddan aytish. 33. Ota-ona, tarbiyachi tavsiyasi bilan hayotiy mavzular bo`yicha qisqacha hikoya tuzish. 34. Kattalar va o`rtoqlari bilan suhbatta faol ishtirok etishi. 35. Kattalar va o`rtoqlari bilan gaplashish madaniyatiga ega bo`lish. 36. O`z fikrini mustaqil, erkin bayon etish va xulosa chiqara olish. 37. Mantiqiy tafakkur qilish malakalarigaega bo`lishi. 38. Tafakkur operatsiyalari (analiz, sintez, umumlashtirish, aniqlashtirish, taqqoslash, anologiya va boshqalarni yoshiga mos rivojlantirish. 39. Fikriy mushohada yuritish. 40. Tevarak atrofni to`g`ri idrok etish. 41. Ta`limiy o`yinlar vositasida tafakkurni peshlashi. 42. Gul, daraxt turlarini rangiga, bargiga, mevasiga qarab farqlay olishi. 43. O`z fikrini, talab-extiyojlarini so`z bilan ifodalay olishi. 44. Qirqib, bo`laklarga ajratilgan voqeaband rasmlarni terish, yaxlitlash. 45. Turli tasvirlardan yaxlit obraz yarata olishi. 46. Geometrik shakllardan ma`lum mazmunga ega bo`lgan tasvirlar tuzishi. 47. So`zlardan gap tuza olish. 48. O`z fikrini bayon etganda taqqoslash, umumlashtirish, taxlil qila olishi. 49. Birinchi o`nlikning son tarkibi (alohida birliklardan) va 2,3,4,5,6,7,9,10 sonlarning o`zidan kichik ikki kichik sondan tarkib topganligini bilish. 50. Birinchi o`nlikdagi har bir sonning qanday hosil bo`lishini bilish, buning uchun son qatoridagi avvalgi songa 1 ni qo`shish va keyingi sondan 1 ni olish. 51. 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlarini hamda “+”, “-“, ”=” ishoralarni bilish 52. 1,3,5,10 so`milk pullarni bilishi. 53. O`tayotgan hafta kunlarining ketma-ketligi, kun qismlarini bilishi. 54. 10 tagacha bo`lgan buyumlarni sanash, sanab ajrata olishi. 55. Narsalar sonini raqam bilan muvofiqlashtira olishi. 56. 10 ichida yonma-yon sonlarni taqqoslay olish, qaysi son boshqasidan katta (kichik)ligini aniqlay olish. 57. Narsalarni kattaligi, uzunligi, kengligi, balandligi, yo`g`onligiga qarab taqqoslay olish. 58. To`g`ri va egri chiziqlarni, uchburchaklar, to`rtburchaklarni bir-biridan farqlash hamda tasvirlash. 59. Hozirgi zamon texnikasi, kompyuter haqida ilk tasavvurga ega bo`lish. 60. Shaxsni o`rab turgan barcha narsalar tabiat ekanligini bilish. 61. Mevali daraxtlar- olma, uzum, shaftoli, nok, olcha, gilos, o`rik, olxo`ri nomlarini bilish va ular haqida tasavvurga ega bo`lish. 62. Manzarali daraxtlar- tok, terak, archa, chinor haqida tasavvurga ega bo`lish. 63. Daraxt shoxlarini sindirish tabiatga zarar yetkazish ekanligini anglash. 64. Gullar- atirgul, boychechak, qoqigul, chinnigul, lola, lolaqizg`aldoq haqida tasavvurga ega bo`lish. 65. Sabzavot va poliz ekinlari-pomidor, bodring, kartoshka, piyoz, sabzi, karam, qovun, tarvuz, qovoqni va ularning nomlarini bilish. 66. Xona o`simliklarini boshqa o`simliklardan farqlash. 67. Uy hayvonlari-qo`y, sigir, ot, it, mushuk, echki; yovvoyi hayvonlar-bo`ri, tulki, ayiq; parrandalar-tovuq, xo`roz, o`rdak, g`oz; hashoratlar-chumoli, ninachi, ari, qo`ng`iz, kapalak nomlarini bilish va ular haqida tasavvurga ega bo`lish. 68. Qushlar- qaldirg`och, chumchuq, musicha, kabutar, bulbul, qarg`a, to`ti nomlarini bilish va ular haqida tasavvurga ega bo`lish. 69. Uy ro`zg`or buyumlari- stol, stul, xontaxta, javon, divan, karovat, ko`rpa-to`shak, sandiq haqida tasavvurga ega bo`lish. 70. Uyda qo`llaniladigan elektr jihozlari- elektr chiroq(lampochka), televizor, radio, magnitofon, dazmol haqida tasavvurga ega bo`lish. 71. Elektr jihozlaridan ehtiyotsizlik bilan foydalanish havfli ekanligini anglash. 72. Transport vositalari- velosiped, avtomobil, avtobus, trolleybus, tramvay, metro, poyezd, samolyot haqida tasavvurga ega bo`lish. 73. Tog`, daryo, ko`l, bog`, gulzor, paxtazor, ekin maydonlari, yaylov haqida tasavvurga ega bo`lish. 74. Havo, suv, quyosh, shamol, bulut, yomg`ir, qor haqida mos ravishda tasavvurga ega bo`lish. 75. Yil fasllari nomini, ketma-ketligini va ulardagi tabiat o`zgarishlari haqida ilk tasavvurga ega bo`lish. 76. Paxtadan ip, gazlama, kiyim-kechaklar tayyorlanishini bilish. 77. Kun va tunning farqini anglash. 78. Kun qismlari- ertalab, peshin va kechqurun. 79. Ona vatan-O`zbekiston haqida qisqacha so`zlab berish. 80. 8-dekabr-O`zbekiston konstitutsiyasi kunini umumhalq bayrami sifatida nishonlanishini bilish. 81. O`zbekiston bayrog`i, gerbi haqida fikr bildira olish. 82. O`zbekiston madhiyasini yoddan ayta olish. 83. Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik hislari va milliy g`ururni yoshiga mos ravishda shakllanganligi. 84. Xalqiga, vataniga mehr va sadoqat hislarini shakllanganligi. 85. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug`bek, Zaxriddin Bobur kabi buyuk siymolar haqida ilk tasavvurga ega bo`lish. 86. Milliy bayramlar haqida qisqacha so`zlab berish. 87. To`g`ri salomlashish va hayrlashishni bilish. 88. O`zidan kattalarga sizlab murojaat qilish. 89. “Labbay”, “xo`p bo`ladi”, “xush kelibsiz”, “rahmat”, “salomat bo`ling”, “mumkinmi”, “kechirasiz”, “shirin tushlar ko`ring”, “osh bo`lsin”, “yaxshi borib keling”, “marhamat” kabi so`z va iboralarni o`z o`rnida qo`llay olishi. 90. Qo`lini ko`ksiga qo`yib iltifot ko`rsatishi. 91. Uyda, ko`chada, mehmonga borishda kiyinadigan kiyimlarini farqlash va ularni o`z o`rnida kiyishi. 92. Shirin so`zli bo`lishi va mehribonlik qila bilishi. 93. O`tirish va yurish qoidalarini bilish, unga rioya qilishi. 94. Uyda, bog`chada, mehmonda, ko`chada o`zini qanday tutish kerakligini bilishi va unga rioya qilishi. 95. Yaxshilik va yomonlikni farqlashi. 96. Kattalarni hurmat-kichiklarni izzat qilishi kerakligini anglashi va unga rioya qilishi. 97. O`rtoqlari bilan hamjihatlikda o`ynay olishi. 98. Hol-ahvol so`rashni bilishi. 99. Kattalar mehnatini qadrlash lozimligini bilishi. 100. Ojiz va kuchsizlarni himoya qilish zarurligini anglashi. 101. O`z-o`ziga xizmat qila olish. 102. Uyda yoki bog`cha hovlisida yengil mehnatlarni bajara olishi. 103. Oshxona anjomlari-choynak, piyola, qoshiq, likopcha, pichoq kabilarning vazifalarini bilishi, yig`ishtirishda joy-joyiga qo`yishi. 104. Mehnatsevar bo`lish yaxshi odat ekanligini anglash. 105. Mehnat qurollari-tesha, bolg`a, qaychi, ombir, tok qaychi, ketmon, belkurak, o`roq kabilarning vazifasini bilishi. 106. Tejamkorlik zarurligini bilishi. 107. O`zini ozoda tutishi, sochiq, dastro`mol, sovun, tish pastasi va cho`tkasidan to`g`ri foydalana olishi. 108. Mustaqil tartibli kiyinishi va yechina olishi. 109. Ovqatlanish qoidalariga rioya qilishi. 110. Tasviriy san`at asarlaridan zavqlana olishi. 111. Ranglardan-oq, qora, qizil, sariq, yashil, havorang, binafsharang, jigarranglarning nomini bilishi va ularni bir-biridan farqlay olishi. 112. Qalam, bo`yoq, flamasterdan to`g`ri foydalana olish. 113. Qog`oz va karton bilan ishlay olishi. 114. Asliga qarab va tasavvur bo`yicha meva, sabzavot va turli o`yinchoqlarni yasay olishi. 115. Flastilin va loydan meva, sabzavot va turli o`yinchoqlarni yasay olishi. 116. Milliy cholg`u asboblari-rubob, dutor, doira, sunray, karnay, nog`oraning nomlarini bilishi va ularning ovozini bir-biridan farqlay olishi. 117. Turli ohangdagi kuy va musiqani farqlashi. 118. Raqsga tushganda harakatlarni musiqaga moslashtira olishi. 119. Musiqa ostida qo`shiq ayta olishi. 120. Tabiiy, kuyga mos, yengil ovozda kuylashi. Download 92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling