Мактабгача тарбия ёшидаги болалар нутқининг ривожланиш хусусиятлари


Download 124 Kb.
bet4/8
Sana23.01.2023
Hajmi124 Kb.
#1113007
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BOLANING RIVOJLANISH SOHALARI KOMPETENSIYALARINI LOYIHALASHTIRISH

Tayanch so‘zlar: ( nutq. bo‘g‘in. talaffuzuz. Tafakkur. Sharoit.)
Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. nutqning to‘g‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muxiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki xayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan bir qatorda shakllanib boradi. nutq buzilishlarini o‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo‘lini, bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffakiyatli shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilishi lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish jarayonidagi rivojlanish davrini anik bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanish jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o‘z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo‘ladi. Masalan, 1 yoshu 4 oylik bola gapirmayapti.
Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi so‘zlar qachon paydo bo‘lishina bilsa, u xolda bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini xal qila oladi. Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga to‘g‘ri diagnoz qo‘yishi uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxassislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, albatta. Chunki, nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni noto‘g‘ri talaffuzuz etish xos bo‘ladi. Bu ko‘rinish fiziologik dislaliya deb atalib, bu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya apparatining hali yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. nutq kamchiliklarini bartaraf etishda to‘g‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasinin tuzish uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarinin yana bir karra bilish zarur xisoblanadi.
Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko‘rsatadilar, ularni har-xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha ifodalaydilar. G. L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishni 2 davrga ajratadi: 1. Tayyorlov davri. ( 2 yoshgacha bo‘lgan davr) 2. nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo‘lib ko‘rsatadi:

Tayyorgarlik davri- 1 yoshgacha.


Bog‘chagacha bo‘lgan davr- 3yoshgacha.
Maktabgacha bo‘lgan davr- 7 yoshgacha.
Maktab davri.
Bu davrlarning to‘liq tavsifi ustida to‘xtalib o‘tamiz. Shunday qilib,
Birinchi davr-tayyorgarlik davri.
Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin, ana shu qichqiriq va yig‘i nutq apparatining 3 bo‘limini (nafas olish, ovoz xosil bo‘lish, artikulyatsion) rivojlanishda katta rol o‘ynaydi. Ikki xafta o‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan to‘xtaydi.
Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo‘shiq (ALLA) ostida tinchlantirish mumkin bo‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni ko‘zlari bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga yiglaydi. Ikki oylik atrofida gu-gulash, uch oylikning boshida bug‘inlarning talaffuzuzi paydo bo‘ladi.(aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqadar)
Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. Bola besh oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion harakatini ko‘rib, unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashi harakat ko‘nikmasining mustaxkamlanishiga olib keladi. Olti oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bug‘inlarni talaffuzuz eta boshlaydi: na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar. Keyinchalik bola taqlid qilish orqali nutqning xilma-xil elementlarini asta-sekin o‘zlashtira boshlaydi. Bunda bola nafaqat fonemalarni, balki nutqning sur’at, ritm, ton, musiqaviyligi, ifodaliligini o‘zlashtiradi.
Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog‘laydi. (bu, ma, bey).Bola yetti - to‘qqiz oyligida kattalar ketidan turli xil bo‘g‘inlarni qaytara boshlaydi. O‘n – o‘n bir oyligida so‘zlarning o‘ziga reaksiya paydo bo‘la boshlaydi. (vaziyat va gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’iy nazar) Bu vaqtda bola nutqi shakllanayotgan shart-sharoitlar muxim ahamiyat kasb eta boshlaydi.(kattalarning to‘g‘ri nutqi va kattalarga taqlid qilish va xakozolar).Bola xayotining birinchi yilining oxiriga kelib unda nutqiy aloqada bo‘lish extiyoji o‘sib boradi. U bir nimani olishni, so‘rashni aytishni xoxlaydi. Bu extiyoj bolaning butun faoliyatida ishtirok etadi va unda aktiv nutqning paydo bo‘lishini belgilab beradi. Bir yoshning oxiridan boshlab bolada aktiv nutq rivojlana boshlaydi. Birinchi so‘zlar paydo bo‘ladi.
Ikkinchi davr-bog‘chagacha bo‘lgan davr.(1yoshdan 3 yoshgacha) Bolada birinchi so‘zlar paydo bo‘lgandan so‘ng tayorlov davri tugab aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulliyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so‘zlarni ko‘p marotaba takrorlaydi va o‘zi ham so‘zlarni talaffuzuz qiladi. Talaffuzuz vaqtida bola ba’zi tovushlarni noto‘g‘ri talqin etadi, o‘rnini almashtiradi yoki o‘z nutqida qo‘llamaydi. Bu vaqtda bola bir so‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, xis-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin. Bola xayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pgina xilma-xil tadqiqotchilar bola so‘z boyligining o‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni ko‘rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bo‘lgan davrda o‘sishi quyidagi raqamlarni ko‘rsatadi:
1 yoshu 6 oyda 10-15 ta, 2 yoshning og‘iriga kelib 300 ta, 3 yoshda 1000 ta so‘z. Bola xayotining uchinchi yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o‘z xoxishi va iltimoslarini har bir so‘z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so‘zdan iborat sodda jumlalar paydo bo‘la boshlaydi.
Uchinchi davr- maktabgacha bo‘lgan davr. (3 yoshdan 6 yoshgacha).
Maktabgacha bo‘lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jixatidan oson talaffuz etiladigan: lab-til undoshlari (p, b, m, f, v ) va boshqalarni o‘rgana boshlaydilar. Artikulyatsion jixatidan talaffuzuz etish qiyin bo‘lgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch ) va sonor (r, l)til orqa (k, g) tovushlarni talaffuzini egallashga qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto‘g‘ri qo‘llaydilar yoki talaffuzuz etmaydilar. 3-7 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa bolaning o‘zi talaffuzini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Ba’zi xollarda bolalar o‘z kamchiligini to‘g‘rilaydilar. Ularda fonematik idrok shakllanib boradi.
Bu davrda lug‘at boyligining o‘sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug‘ati 3000-4000 ta so‘zgacha yetadi. Lug‘at boyligi o‘sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola xayotining 4-yiliga kelib, ular o‘z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo‘llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa qo‘shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo‘shimcha savollarsiz xikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi.
Bola avval unli va undoshlarni, so‘ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo‘lishi lozim. Bu vaktga kelib, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz o‘zining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to‘g‘ri aniq gapira oladi.
Turtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o‘ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlarga nisbatan ongli ravishda ro‘y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol o‘ynaydi. Grammatik qonstruksiyalar ham murakkablashib boradi, chunki, agar, kachonki kabi bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda o‘z ifodasinin topayotganligini ko‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun: bola ruxiy va jismoniy jixatidan sog‘ bo‘lishi, normal aqliy qobiliyatga ega bo‘lishi normal eshitish va ko‘rishi, yetarli darajada ruxiy aktivlikka ega bo‘lishi, gaplashish extiyojiga ega bo‘lishi, to‘g‘ri nutq muxitiga ega bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi.


Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamningo‘rni belgilab olindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.

Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling