maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)


Download 437.91 Kb.
bet3/10
Sana08.05.2023
Hajmi437.91 Kb.
#1443022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NIZOMOVA B 2

Mavzuning dolzarbligi. Har qanday mustaqil davlatning belgilari jumlasiga uning timsoliy ramzlari ham kiradi. Ramzlar- shartli belgilar bo`lib, ular qadim zamonlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini ifodalagan. Ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an’analari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bog`liqdir. Davlat ramzlari – bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o`zida mujassamlantiradi. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi.  O`zbekiston Respublikasining bayrog`i, gerbi va madhiyasi. Har bir mustaqil davlat o`z bayrog`i, gerbi va madhiyasiga ega bo`ladi. Konstitutsiyamizning 5-moddasida davlatimiz bayrog`i, gerbi va madhiyasining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Yo`lboshchimiz ta’kidlaganidek, “Davlatimiz ramzlari - bayroq, gerb va madhiya O`zbekiston xalqlarining shon sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi” va ular haqida maxsus qonunlar qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun 1991 yil 18 noyabrda, Davlat gerbi to`g`risida qonun 1992 yil 2 iyulda, Davlat madhiyasi to`g`risidagi qonun 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.
Darhaqiqat, istiqlol tufayli o’zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O’zbekistonning bor bo’y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g’ayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz - erkin va farovon kelajagimizni o’z qo’limiz bilan bunyod etmoqdamiz.“Mustaqillik” va “islohot” tushunchalariga mushtarak so’zlar sifatida qarashimiz tabiiy, albatta. Chunki faqat mustaqil davlat va mustaqil jamiyatdagina islohotlarni amalga oshirish mumkin. Mustaqillik ham, islohotlar ham insonning yaxshi yashashi, munosib turmush darajasiga erishishi uchun zarur sharoit yaratdi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko’lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.

Download 437.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling