maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)


II BOB. DAVLAT RAMZLARIGA MEHR UYG’OTISHGA DOIR TADBIRLARNI TASHKIL ETISH BO`ICHA ISHLANMA-LOYIHASI


Download 437.91 Kb.
bet8/10
Sana08.05.2023
Hajmi437.91 Kb.
#1443022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NIZOMOVA B 2

II BOB. DAVLAT RAMZLARIGA MEHR UYG’OTISHGA DOIR TADBIRLARNI TASHKIL ETISH BO`ICHA ISHLANMA-LOYIHASI.
2.1.§. Davlat ramzlariga mehr uyg’otishga doir tadbirlarni tashkil qilishning amaliy ahamiyati.

Har bir o`quvchi o`z konstitutsiyasini, davlat ramzlarini bilishi lozim. Maktablarda aynan davlat ramzlarini o`quchilarga o`rgatishda chuqur e`tiborli bo`lish kerak. O`z davlat ramzlari ya`ni , o`z gerbi, bayrog`i, madhiyasini, konstitutsiyasini bilmagan o`quvchi haqiqiy o`quvchi hisoblanmmaydi. Davlat ramzlarini bilish orqali har bir shaxsda vatanga bo`lgan muhabbat uyg`onadi. Ular haqida ma`lumotga ega bo`lgan o`quvchi o`z vatani bilan faxrlanishni boshlaydi, yurtiga muhabbat qo`yishni boshlaydi. Kelajakda vatan uchun sodiq inson bo`ladi. Yurtboshimiz ham bekorga ta`limga katta e`tibor qaratmayabdilar. Har bir narsa bog`chadan, kichik maktab yosh davrdan boshlanadi. Ularga qanday tarbiya- ta`lim beraolishimiz bizga ularning kelajagini ko`rsatib beradi.


O’z navbatida, ramzlar haqida ham to’xtalib o’tsak. Qadimda va hozirgi davrda ham ko’plab mamlakatlar va xalqlar o’z ramzlari orqali keng tanilmoqda. Jumladan, Fransiyada Eyfel minorasi, Misrda piramidalar, Amerika Qo’shma Shtatlarida Ozodlik haykali bo’lib, ramzlar ham siyosiy, ham tarixiy, ham ma’naviy boylikni ifoda etadi. Masalan, serenada Ispaniya bilan bog’liqdir. Xalqaro amaliyotda qabul qilingan davlat ramzlari esa alohida o’rin egallaydi. Jumladan, gerb, bayroq va davlat madhiyasi. Shuning uchun davlat ramzlariga ham tarixiy kelib chiqishidan tortib, to huquqiy asoslarigacha qiziqish tobora ortmoqda. O’zbek davlatchiligi o’z tarixi va hokimiyatni ifodalovchi ramzlarga ega bo’lib, ular ajdodlar tamg’asi, xonning muhrlarida o’z ifodasini topgan. Hammaga tarixdan ayonki, sak qabilalari eng qadimgi qabilalardan bo’lib, qabila o’z totemiga ega bo’lgan.
Shuningdek, qadimgi turkiy tamg’alar turli darajada namoyon bo’ladi: po’stin turkiy xoqon, yabg’u, tegin, ulug’ rahnamolarning oliy hukmdorlarining qo’lyozmalari, urug’-qabila birlashmalari gerbi, shaxslar tamg’alari va patriarxal oilalar (shaxsiy tamg’alar, hatto nomdor, zotdor otlari uchun belgilar). Ular orasida qadimgi turkiy “xoqon” tamg’a tog silueti shaklida keng tarqalgan. Jumladan, tarixiy manbalarda voxtamg’ali – Termiz, Sherobod, Jarqo’rg’on tumanlaridagi qishloqdir. Voxtamg’ali aslida uvoq yoki uvuq (uch qismi egik, o’roqqa o’xshash) shaklida bo’lgan. Tamg’asiga ko’ra, urug’, urug’iga nisbatan aholi markazi nom olgan. O’zbeklarning uvoq, uvoqtamg’ali, degan urug’i ham bor. Demak, o’zbek davlatchiligi tarixida gerb o’zining tarixiy rivojiga ega.
Yuqorida ta’kidlanganidek, “O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida”gi qonun qabul qilinganiga ham 29 yil to’lmoqda. Albatta, bu O’zbekiston davlatchiligi uchun eng muhim voqea sanaladi. Qomusimizning 5-moddasida “O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega”, deya ramzlarimizning huquqiy asoslari mustahkamlab qo’yilgani barchamizga ayon. Mustahkam huquqiy asosga ega bo’lgan bayroq, gerb va madhiyamiz davlat va xalq birligini namoyon etadi. Bu o’z erkiga ega bo’lgan xalqning ko’nglini tog’dek ko’tarib, milliy g’urur bag’ishlaydi. Shu ma’noda, gerbimiz qabul qilingan qutlug’ sana munosabati bilan uning ta’rifiyu huquqiy asosini yana bir karra eslash joiz, deb o’ylaymiz. Gerbimizdagi tasvirlar O’zbekiston sarhadida qadimdan davlat va xalqlar mavjud bo’lgani, tarixiy rivojlanishidagi bog’liqlik hamda yurtimiz hududida yashovchi millatlar va elatlarning an’analarini o’zida mujassamlashtirgan. Zero, tamg’adagi har bir chiziq, har bir rang, har bir belgida xalq va yurtning tarixiy-ma’naviy jihati aks etgan. Jumladan, O’zbekiston jannatmonand o’lka ekanining haqiqiy manzarasi tamg’ada o’z ifodasini topgan. Asrlar davomida “oq oltin”, deb ulug’langan g’o’za chanoqlari ochilgan tasvir o’ng tomondan boshlanib, chap tomonda rizq-ro’zimiz bo’lmish bug’doy boshoqlari, tog’u daryolari bor gullagan vodiy uzra nur sochgan quyosh tasviri tushirilgan tamg’a izoh talab etmasligi ayni haqiqatdir. Bir e’tibor bering-a, yuqori qismidagi sakkizburchak ichida yarimoy va yulduz azaliy xalqning istiqbolini aks ettirgan bo’lsa, buning mantiqiy davomi sifatida gerbning markazida qanotlarini yozgan qadimiy Humo qushi baxt va erksevarlikni namoyon etgan. Bayrog’imizni ifoda etuvchi chambar lenta gerbning pastki qismida “O’zbekiston” degan yozuvga hamohang yana milliy g’ururimizni orttiradi. “O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida”gi qonunda gerbning qanday ko’rinishga egaligi, hatto ranglarigacha yaqqol ifodalab berilgan. Unga muvofiq, mamlakatimiz fuqarolari, O’zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxslar davlatimiz gerbini hurmat qilishi shart. Davlat gerbi tasviri mamlakatimizdagi barcha davlat tashkilotlari binolari peshtoqiga o’rnatilgan. Gerb tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, qog’oz va tanga pullarda, qimmatli qog’ozlar va fuqarolik pasportida, qonunda belgilangan boshqa hujjatlardan joy olgan. Bu esa gerbning Vatanimiz sha’ni, xalqimiz g’ururini yorqin aks ettirishining huquqiy kafolati, xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida mujassam etgan tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug’ kelajagimizga bo’lgan ishonchimiz ifodasidir.
Zero, inson manfaatlari har narsadan ustun bo’lgan yurt fuqarolarida ham huquqiy madaniyat, ham yuksak ma’naviy qadriyat bo’lishi shartdir. Ana shu ikki jihat aholi, ayniqsa, yoshlarimizning vatanparvarligini hamda qonunlarga itoatgo’yligini ta’minlaydi. Davlat ramzlari hamisha muqaddas sanalgan. Shu bois ularni mard va jasur kishilarga ishonishgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, gerbimiz xalqimizning o’tmishi, buguni va kelajagini o’zida mujassam etgan Vatanning muqaddas timsolidir.



Download 437.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling