maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)


Download 437.91 Kb.
bet7/10
Sana08.05.2023
Hajmi437.91 Kb.
#1443022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NIZOMOVA B 2

Davlat Madhiyasi


Oʻzbekiston Davlat Madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan va Oliy kengashning 768-On ikkinchi sonli qonuniga muofiq tasdiqlangan hisoblanadi. Madhiya Xalq shoiri Abdulla Oripov sheri va Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan. Madhiya oʻn olti qator va ikki naqorotdan iborat hisoblanadi
“O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida”gi qonun 1991 yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Madhiya – grekcha “gamn” so`zidan olingan bo`lib, u dasturiy harakterdagi she’rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma’nosida qo`llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi. Davlat madhiyalari hozirga zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u davlat bayroq va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo`lib hisoblanadi. O`zbekistonning o`z davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilib, sa’nat arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalandi va 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari bekamu ko`st o`z ifodasini topgan. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi O`zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog’ining rangi ham moviy rangda edi. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg’uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsoli. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq. Ayni paytda u qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog’imizdagi 12 yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish.

“O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. Gerb termini «erbo» so`zidan olingan bo`lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so’l tomonida bug’doy boshoqlari, o’ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat. Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug’ ramzidir. Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo’lgan afsonaviy Xumo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo’lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog’ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga “O’zbekiston” deb yozib qo’yilgan.



O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo`lib, ularni har qanday yo`l bilan taxqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi. Davlat ramzlari xaqida gapirar ekanmiz, avvalo ularning mohiyati, nima uchun zarurligi va tarixiy kelib chiqishi haqida ham bilib olish kerak. Shundagina ularning davlat hayetida tutgan o`rni va ahamiyati tushunarli bo`ladi. O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat o`zbek davlatigagina taalluqli bo`lib, mohiyati chuqur ma’noga ega shartli belgilar badiiy ifoda sifatida ma’lum bir ko`rinishlarda aks etadiki, bunday ko`rinish ohanglar, so`zlar, tabiat tasviri, ranglar, astrologik jismlar va boshqa turli shakllarda bo`lib, xalqimizning o`tmishi, istiqboli, g`ururi va faxrini o`zida mujassamlashtiradi. Shundan biz sanab o`tgan milliy davlat ramzlari olamshumul voqea, ular mustaqil O`zbekiston davlatining yorqin timsollari bo`lib, bu timsollar bugun, erta va buyuk kelajagimiz uchun munosib xizmat qilajak. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “shu ramzlarni e’zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”.
Har bir xalq, har bir elat o`zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo`lgan munosabat ana shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko`p yoki oz sonli ekanligiga bog`liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkori bo`lgan xalqning, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Til millatning ajralmas belgisi va davlat mustaqilligi ramzlaridan biridir.
Umumta’lim maktablarida joriy yilning 15 noyabridan – 15 dekabr kuniga qadar “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” shiori ostida huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oyligi o’tkazilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi Axborot xizmati xabar bermoqda. Ayni kunda, 193 nafar hududiy xalq ta’limi boshqaruv organlari xodimlari, XTXQTMO institutlari professor-o’qituvchilari va malakali mutaxassislardan tarkib topgan doimiy faoliyat yurituvchi hududiy targ’ibot guruhi a’zolari ta’lim muassasalarida va aholi o’rtasida “Inson, uning qadr-qimmati, haq-huquqi oliy qadriyat” mavzusida targ’ibot ishlarini reja asosida olib bormoqda.
Shu bilan birga, ta’lim muassasalarida o’quvchilarning huquqiy ongini yuksaltirish va olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida tegishli darslarda, “Ertalabki saflanish” va “Tarbiyaviy soat”larda hamda pedagog xodimlar uchun “Ma’naviyat soati” tadbirlarida “Konstitutsiyani o’rganamiz”, “Konstitutsiya - mening taqdirimda” mavzularida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Qolaversa, barcha ta’lim musassasalarida o’quvchilar o’rtasida “O’zbekiston kelajagi barkamol avlod qo’lida”, “Inson huquqlari – eng oliy qadriyat”, “Konstitutsiya – taraqqiyotimiz poydevori”, “Konstitutsiya – mening huquq va burchlarim“, “Konstitutsiya va huquqiy madaniyat”, “Konstitutsiya – ravnaqimiz qomusidir” mavzularida insholar tanlovlari o’tkazilmoqda. G’oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanmoqda. Shuningdek bolalar va o’smirlar sport maktablari mas’ulligida Konstitutsiya kuniga bag’ishlab o’quvchilar va o’qituvchilar o’rtasida sportning 14 turi bo’yicha turnirlar o’tkazilmoqda. Shuningdek, Respublika ta’lim markazi tomonidan joylarda o’quvchilar o’rtasida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” respublika ko’rik-tanlovining quyi bosqichlari o’tkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar aniq maqsadga ega, qat’iyatli farzandlarimiz safini kengaytirish, ertangi kunga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Uzluksiz ta’limning boshlang’ich bo’g’inidanoq bolalarimizning huquqiy savodxonligi shakllanib borayotgani, yoshlarimizning o’z konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, oila, jamiyat hamda davlat oldidagi burch va majburiyatlarini bilishi uchun har tomonlama ko’maklashilayotgani ayni muddaodir.
Davlatimiz Prezidenti Islom Karimov O’zbekistonning rivojlanish istiqbollari haqida so’z yuritar ekan, har kim o’z huquqlarini bilishi, ulardan foydalana olishi, o’z huquq va erkinliklarini bilishi uchun aholi ning huquqiy madaniyatini oshirish nechog’liq muhim ekanligini har doim eslatib o’tadilar. Jumladan, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini ang lashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimiz ning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rin egallashi uchun fi doyilik bilan kurasha olishi mumkinligini ta’kidlagan. Sharqning buyuk donishmandi Abu Ali ibn Sino: “Nega dunyoda yovuz lik bu qadar ko’p?” – degan savolga: “Sababchisi siz-u biz. Bilmaslik yoki uquvsiz lik sababli yovuzlik bilan ku ra shishdan voz kechishimiz asnosida o’zimiz ham yovuzlikning keng tarqalishiga imkon yaratib beramiz”, – deb javob bergan ekan.

Konstitutsiyaviy huquq asoslarini o’rganishning muhimligi shundaki, bunda o`quvchilar o’z huquq va manfaatlaringizni himoya qilish yo’llari va vositalarini yaxshiroq bilib olasiz. Qonunchilik tushunchalaridan tashqari, inson xulqining axloqiy mе’yorlari, vijdon, sha’n, qadr-qimmat kabi tushunchalar ham mavjud. Insoniyat tomonidan e’tirof etilgan axloq me’yorlariga rioya qilib, qonun asosida ish ko’rilsa, haqiqat qaror topishi mumkinligini anglaysiz. O`quvchilar qonunchilik yordamida har bir inson hayotida yuzaga kеlishi mumkin bo’lgan ko’pgina muammolarni hal etish mumkinligini bilib olasiz. Huquqiy ta’lim – bu huquqiy madaniyatning, ya’ni insonga huquq beradigan barcha ijobiy va qimmatli tomonlarni o’zlashtirishning qo’shimcha tarkibiy qismi, хolos. Axloqiy fazilatlar va huquqiy bilimlar yig’indisi yuqori darajadagi huquqiy madaniyat asosini tashkil etadi. Lеkin sustkashlik bilan qonunga munosabatda bo’lish jamiyatning rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Har bir kishi o’zining va boshqalarning qonuniy haq-huquqlarini talab qila olishi, qonun buzilishiga yo’l qo’ymasligi kеrak. Aks holda qonunchilikka va huquqiy davlat qurish imkoniyatiga bo’lgan ishonch susayadi. Huquqshunoslik fanlari bo’yicha olgan bilimlaringiz nafaqat kеlajakdagi, shuningdеk, bugungi kundagi muammolarni hal etishga ham yordam bеradi, deb umid qilamiz.


Download 437.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling