Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Download 90.45 Kb.
bet1/11
Sana08.05.2023
Hajmi90.45 Kb.
#1441735
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Шоира БМИ тайёр


MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI



“Himoyaga ruxsat etilsin”
Fakultet dekani

t.f.d., dots. L.M.Babaxodjayeva

__________________

«___»__________2023 yil

5611700-Maktab menejmenti ta’lim yo’nalishi
IV-kurs talabasi


SHAROFIDDINOVA SHOIRA ZAFAR QIZI
TA'LIM NATIJALARIGA MÒLJALLANGAN O'QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHNING XALQARO TAJRIBALARI
mavzusidagi


BITIRUV MALAKAVIY ISHI














Ilmiy rahbar: “Ta’lim menejmenti” kafedrasi dotsenti., PhD M.Innazarov






Taqrizchilar:
__________________
__________________

“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Ta’lim menejmenti” kafedrasi mudiri, i.f.d., (DSc) N.I.Saidaxmedova_______________
“___”____________2023 yil_______





TOSHKENT-2023


M U N D A R I J A

Kirish




1-BOB. RIVOJLANGAN DAVLATLARNING TA’LIM TIZIMI




    1. Rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimini o’rganish va taxlil etish




    1. Rivojlangan davlatlar davlat muassasalarida ta’lim natijalarini taxlil qilish va uni yurtimizda qo’llash





II-BOB. TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM NATIJALARIGA MO'LJALLANGAN TEXNALOGIK MODEL TIZIMI






    1. Ta'lim muassasalarida ta'lim natijalariga mo'ljallangan texnalogik model tizimini yaratish.




2.2. O‘quv materiallarini o‘zlashtirish modeli






Xulosa va takliflar




Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




Ilovalar






KIRISH
Ulug‘ donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu Prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g’oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi.
Mavzuning dolzarbligi: Ma'lumki, ta'limda ilg’or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan g’oydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni izchin davomi sifatida, yoshlar tarbiyasida xalq pedagogikasining asosiy manbalaridan biri hisoblangan kitob va kitobxonlikdan keng g’oydalanishni bugungi kun, bugungi zamon kechiktirib bo’lmaydigan masala sifatida oldimizga qo’ymoqda. Mazkur masala bo’yicha Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning 2019 – yil 19 – martdagi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus”i yuqoridagi masalaning dasturil amali bo’lib hisoblanadi.
Mazkur tashabbusning to’rtinchisi – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan.
Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan g’oydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan g’oydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tag’ovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.

Download 90.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling