Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Download 124.82 Kb.
bet2/11
Sana19.04.2023
Hajmi124.82 Kb.
#1366192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Нуриддин БМИ тайёр

XULOSA.....................................................................................................................




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..............................................




ILOVALAR................................................................................................................





KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. So‘nggi o‘n yillikda maktabni isloh qilish va ta’lim xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish jarayonida ta’limni boshqarish tizimida menejmentni rivojlantirish va menejer kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, bu esa ularning kasbiy mahorat darajasini oshirish imkonini bermoqda. menejerning. Uning ishini ta’lim tizimidagi jamoat tuzilmalari faoliyati bilan oqilona uyg‘unlashtirish ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonini uzluksiz takomillashtirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ularning moddiy-texnik bazasi, moliyalashtirish va boshqarish masalalarini yanada samarali hal etishga yordam beradi. yosh avlodni hayotga tayyorlash. Maktab boshqaruvining joriy etilishi ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, mamlakatimizning yosh fuqarolariga ta’lim, tarbiya va voyaga yetkazish sifatini oshirish imkonini bermoqda. Ta’lim muassasalariga bozor sharoitiga moslashish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Mamlakatimizda barkamol avlodni yetishtirish, yoshlarni har tomonlama puxta ta’lim olishini ta’minlash, ularni milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol toptirish, jamiyatimizning mustaqil fikrlay oladigan faol fuqarosi sifatida tarbiyalash masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda qaror topgan uzlyuksiz ta’lim tizimining umumiy o‘rta ta’lim bosqichiga, ayniqsa maktab ta’limini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim -tarbiya va ilm -fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son Qarorida xalq ta’limi tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Mazkur hujjatlar bilan O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm -fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm -fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta’lim tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirishdan iborat.
Yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning barchasi inson omilini yuqori saviyaga ko‘tarishga, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot va rivojlanish bilan uzviy bog‘lashga xizmat qiladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Natijada, bugun ta’limda yangi yo‘nalishlar, yangicha yondashuvlar paydo bo‘lmoqda. Bu masalalarning dolzarb xarakter kasb etishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi»dagi bandlarda ham o‘z aksini topgan.
Hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasiga oid belgilangan vazifalar ijrosini talab darajasida bajarish maktab direktori oldiga o‘quv jarayonini samarali boshqarish ma’suliyatini yuklaydi. Bu esa direktor shaxsidan zamonaviy boshqaruv mahoratini talab etadi.
Darhaqiqat, direktor shaxsi va uning manaviy sifatlarining qandayligi jamoa azolarining hamkorlikdagi innovatsion faoliyati hamda sog‘lom ijodiy muhitga bevosita tasir ko‘rsatishiga tajribada ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Shu o‘rinda qiziq bir fakt: yuqorida sanab o‘tilgan umumiy jihatlarni hisobga olgan holda talim muassasasi direktorlarining soha mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlari ham borligi kuzatiladi. Jumladan, ularni muloqotga oson kirishuvchanligi, ochiqligi, o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishda faolligi, intellektual rivojlanganligi, hissiyotga beriluvchanligi, qo‘pollikni yoqtirmasligi, ko‘ngilchangligini misol qilib keltirish mumkin.
Darhaqiqat maktab direktori ham talim muassasasi boshqaruvini zamonaviy usullarda tashkil etishi zarur. Bu esa undan ilg‘or tajribalarni va fan- texnika yutuqlarini muntazam o‘rganib o‘z faoliyatiga tadbiq etib, kasbiy faoliyatiga ijodiy va ijobiy yondashuvni talab qiladi. Agar maktab direktori o‘z ish faoliyatida zarur bilim tajriba, pedagogik maxorat ko‘nikma va malakalarini yetarli darajada bilmasa talim jarayonini boshqarishda yuzaga keladigan xar qanday muammolar oldida o‘zining ojizligini yaqqol sezdirib qo‘yadi.
Globallashuv sharoitida direktordan talab qilinayotgan yana bir xislat uning o‘z atrofida sog‘lom fikrlovchi, izlanuvchan, tadbirkor va ishbilarmon pedagok xodimlarni jalb etishi va zamon bilan hamnafas faoliyat olib borishida ko‘rinadi. Bunday direktor yangilikka intiluvchi, kuchli yetakchidir. Tashabbuskorona ish qaynab turgan joyda esa muhit ham sog‘lom, odamlarning kayfiyati ham yaxshi bo‘ladi.
Bugungi kunda maktabni boshqarish ishlari samaradorligida raxbarning shaxsiy fazilatlari muhim o‘ringa ega. Darhaqiqat, direktor shaxsi va uning manaviy sifatlarining qandayligi jamoa azolarining hamkorlikdagi innovatsion faoliyati hamda sog‘lom ijodiy muhitga bevosita tasir ko‘rsatishiga tajribada ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Shu o‘rinda qiziq bir fakt: yuqorida sanab o‘tilgan umumiy jixatlarni hisobga olgan holda talim muassasasi direktorlarining soha mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlari ham borligi kuzatiladi. Jumladan, ularni muloqotga oson kirishuvchanligi, ochiqligi, o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishda faolligi, intellektual rivojlanganligi, hissiyotga beriluvchanligi, qo‘pollikni yoqtirmasligi, ko‘ngilchangligini misol qilib keltirish mumkin.
Ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirishda, o‘qituvchi va o‘quvchilarning yuqori natijalarni qo‘lga kiritishlarida, maktab reytingini oshishida direktorning pedagogik mahorati va boshqaruv jarayonida zamonaviy ta’lim yondashuvlariga asoslanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab direktori o‘zining kasbiy, mafkuraviy va boshqaruvchanlik kompetensiyalaridan kelib chiqib, o‘z jamoasini zamonaviy yondashuvlarga asoslangan holda boshqarsa, jamoada o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida sog‘lom muhit mustahkamlanadi. O‘zaro hamkorlik rivojlanib, do‘stona munosabat va sog‘lom raqobatga erishiladi.
ta’lim muassasasida pedagogning innovatsion faoliyatini tashkil etishi;
«Innovatsion muhit»ni shakllantirishi;
pedagogik jamoda, umuman, ta’lim muassasida ijodiy, samimiy do‘stona sharoitni yaratishi;
o‘qituvchining o‘zini erkin his qila olishi va jamoda ichki intilish moddiy- ma’naviy qiziqish yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashi;
o‘qituvchini ijodiy fikr yuritishga, intilishga yo‘naltirishi shart.
Bunda maktab direktoridan har bir pedagog xodim bilan muloqot qilganda boshqaruvchilik san’ati va mahoratiga ega bo‘lish talab etiladi.
Ya’ni direktor har bir o‘qituvchining qobiliyatidan kelib chiqib, vazifalarni to‘g‘ri taqsimlashi o‘quv – tarbiya jarayonida yuqori natijaga erishishni kafolatlaydi.
, shakllari.

Download 124.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling