Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti
III BOB. BOSHQARUVNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI
Download 124.82 Kb.
|
Нуриддин БМИ тайёр
III BOB. BOSHQARUVNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI
3.1 Maktabda samarali rahbarlik qilish malakalarni rivojlantirish Umuman olganda, ta’lim boshkaruvi hamma ta’lim tizimidagi muassasalarni o‘z ichiga kamrab oladi, Ta’lim vazirligidan bashlab ta’lim sohasiga oid har bitta lavozimigacha. Shu borada eng muhim ta’lim boshqaruvining bosqichlari quyidagilar hisoblanadi Ta’lim vazirligi; Ta’lim vazirligiga qarashli boshqarmalar, bo‘limlar va ixtisoslashtirilgan muassasalari; Hududiy (tuman, shahar, viloyat) ta’limi organlari, shu jumladan, maktab faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ (metodik ta’minlash, tashkil etish); Maktab direktori; Maktab direktori o‘rinboslari; Ota-onalar ko‘mitasi; O‘qituvchilar uyushmalari (metodik birlashma); O‘qituvchilar. Ta’lim tizimiga tegishli muhokama va qarorlar ta’lim tizimining xar bitta bosqichda muhokama qilinib qo‘llanilishi shart. Lekin har bitta qarorning bajarilishi maktab rahbariyatiga direktoriga bog‘lik. Bu mavzuning asosiy maqsadi ta’lim menejment va maktab boshqaruvining asosiy omillarni ko‘rib chiqish va ta’lim boshkaruviga oid muammolarni ko‘rib chiqish. Boshqaruv jarayonida har birimiz u yoki bu darajada ko‘p martalab ishtirok etamiz. G‘arbda, so‘nggi paytlarda esa, bizda ham korxona, firma, muassasa boshqaruvchilarini tez-tez «menejer» so‘zi bilan, ular faoliyatini esa menejment (fransuzcha «menajement» — xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish) so‘zi bilan atamokdalar. «Menejer» so‘zi aslida nimani anglatadi? «Menejer» va «menejment» so‘zlari hozirgi talqinda korxona egalari o‘z mulklarini va odamlarni o‘zlari boshqarganlaridan ko‘ra, shunday ish uchun maxsus tanlab olingan va o‘qitilgan professionallarni jalb qilish juda afzal ekanini tushunib yetganlaridagina paydo bo‘ldi. Menejer rivojlangan mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi. «Menejer» va «menejment» tushunchalaridan ko‘ra, ta’lim tizimida «boshqaruv» tushunchasi keng qo‘llanilayotganligini inobatga olib, biz boshqarish haqida so‘z yuritamiz. Menejment jarayoni strategik va taktik rejalar, ularni amalga oshirish boskichlari, vosita va usullari bilan xarakterlanadi. Boshqaruv davrining izchil o‘zgarib turuvchi bosqichlariga muvofiq holda strategik va taktik rejalar, rahbarning xatti-xarakati boshqarish funksiyasini o‘zida namoyon etadi. Bu funksiyalar kuyidagilar: - rejalashtirish; - tashkil etish; - motivlashtirish; - nazorat. 2. Maktab rahbariyati. Yevropa ta’lim muhitida ta’lim tizimiga rahbarlikning axamiyati tobora o‘sib boraѐtganini kuzatish mumkin. 2009 yilda Yevropa Kengashi quyidagi murojaatni qabul qildi: “Maktabga samarali rahbarlik qilish – ta’lim berishning barcha jabhalarini va o‘qish muhitini shakllantirishda, o‘quvchilar, ota-onalar, o‘qituvchi hamda boshqa hodimlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda, shu bilan birga, yuqori natijalarga erishishda asosiy omildir. Shuning uchun, bugungi talablar maktab rahbarlaridan, ular duch keladigan muammolarni anglab yetish va ularni yechish uchun muayyan qobiliyat va sifatlarga ega bo‘lishlarini yoki o‘zlarida shularni rivojlantira olishlarini taqozo etadi. Maktab rahbarlari ma’muriy topshiriqlar bilan ortiqcha yuklanmasdan, ta’lim sifati, o‘quv dasturi, pedagogik masalalar va kadrlarning sifati va salohiyati, rag‘batlantirish va rivojlantirish kabi muhim ishlarga ko‘proq ahamiyat qaratishlari xam o‘ta jiddiy ahamiyatga egadir. (Yevropa Kengashi 2009, 8 bet). 2010 yil oktyabrida Yevropa Kommissiyasining Kiprda bergan hisobotida ta’lim ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari tahlil qilinib, quyidagi fikrlar bildirilgan: “Maktabga rahbarlikning yagona usuli yo‘qdir, lekin rahbarlik maqomidagi insonlardan talab qilinadigan asosiy bilim va malakalarni belgilab chiqish mumkin. Ularning ba’zilari mazmun bilan, ba’zilari esa madaniy jihatlarga tegishlidir, biroq umumiy holda, asosiy rahbarlik malakalari ma’lum bir tartibga solinmagan bo‘lsa ham, ta’lim siѐsati asosiy e’tiborni maktabni samarali boshqaruviga qaratishi va ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashi kerak”. (Yevropa Kommissiyasining hisoboti, 2010 y., 5 bet). Aniqlangan asosiy rahbarlik sifatlari quyidagilardir (Yevropa Kommissiyasining 2010 yil hisobotidan olingan). Ularning barchasi teng ravishda muhimdir. Uzoqni ko‘ra olish, xodimlar va o‘quvchilarni ruhlantirish qobiliyati Strategik fikr yuritish, to‘laqonli tasavvur hosil qila olish qobiliyati Ta’lim berishni va o‘qish natijalarini yaxshilay olish qobiliyati O‘qish muhiti va o‘qish madaniyatini takomillashtira olish qobiliyati Zaxiralardan samarali foydalana olish qobiliyati Ta’lim tizimini puxta bilish Kuchli kommunikativ ko‘nikmalar, ochiqlilik Muammolarni yecha olish qobiliyati Yuqoridagi sifatlar ta’lim rahbarlarining quyidagi shaxsiy sifatlarini ko‘zda tutadi (Yevropa Kommissiyasining 2010 yil hisobotidan olingan): Jasorat Optimizm va moslashuvchanlik Tolerantlilik (toqatli bo‘lish) Emotsional madaniyat, o‘z-o‘zini idrok etish Harakatchanlik Intiluvchanlik (ambitsiya) va burchga sadoqat Bilimga tashnalik Yuqorida ko‘rganimizdek, maktab rahbarlik lavozimlaridagi xodimlar keng talablar doirasiga javob berishlari kerak. Maktab boshqaruvi o‘ziga hosligi bilan ajralib turadi hamda vaziyatning murakkabligi ko‘pgina xolatlarda biznesda yoki boshqa tashkilotlarda rahbarlik lavozimida bo‘lishdan anchagina yuqoridir. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining (o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar va ta’lim tizimining ma’muriy tuzilmalari) talablari ko‘pgina hollarda bir-biriga mos kelmasligi va faqatgina yuqori darajadagi muloqot qilish, muzokaralar olib borish va muomala ko‘nikmalari, muqimlik, egiluvchanlik xamda boshqa shaxslar guruxida norozilikka olib kelishi mumkin bo‘ladigan qarorlarni qat’iy qabul qila olish qobiliyatini xam talab qiladi. Boshqa sohalardagi rahbarlardan farqli o‘laroq, maktab rahbarlari o‘zlarining faoliyatida mablag‘, infratuzilma, tegishli kadrlar va boshqa resurslar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan holda strategik yechimlarni qabul qilishga va shunday sharoitda kutilayotgan natijalarga erishishni talab qiluvchi holatga tushadilar. Natijada, boshqaruvda improvizatsiya (nostandart harakat qilish) maktab rahbarining muammolarni yechish xamda resurlarni izlash kabi ko‘plab vazifa va javobgarliklarining uzviy qismiga aylanmoqda. Maktab rahbarini insonlar tomonidan qabul qilinishi va ular tomonidan tan olinishi, maktabning muhiti va muvaffaqiyati uchun o‘ta muhimdir. Maktab rahbarining yuqori malakasi maktabda yuksak darajadagi ta’lim muhitini shakllantirishda xamda salmoqli yutuqlarga erishishda ahamiyati o‘ta muhimdir. 2006 yildan 2008 yilgacha Iqtisodiy Xamkorlik va Rivojlantirish Tashkiloti (OECD) tomonidan o‘tkazilgan dunyo bo‘ylab maktab rahbarlik siyosatlari va amallarining tadqiqot natijasida shunday hulosaga kelindiki, ko‘pgina mamlakatlarda maktab rahbarlari ortiqcha vazifalar bilan yuklangandirlar, yetarli darajadagi yaxshi malakaga yoki tayyorgarlikka ega emaslar yoki nafaqa oldi yoshidadirlar. Tadqiqot shuni xam ko‘rsatdiki, kam sonli mutaxassislar maktab rahbarligini egallashga qaror qiladi (Pont va boshqalar. 2008, 2208a).2 Bu muammolarni yechish uchun OECD maktabda rahbarlik amaliyotini yaxshilash uchun to‘rtta strategik qatlamni belgiladi (Pont va boshqalar 2008 dan olingan): Maktabga rahbarlikni qayta (boshqatdan) belgilash; Maktabga rahbarlikni targ‘ibot qilish; Maktabga samarali rahbarlik uchun talablar (standartlar) ishlab chiqish; Maktabga rahbarlikni jozibador kasbga aylantirish. Ushbu strategik qatlamlarining xar biri uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirish kerak: Maktabga rahbarlikni qayta (boshqatdan) belgilash. Mustaqillikning (avtonomiyaning) yuqori darajasini shunga mos ravishda qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlash; Maktab rahbarining mas’uliyatlarini qayta ko‘rib chiqish: O‘qituvchi faoliyatining sifatli bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, baxolash va rivojlantirish; Maqsadlarni belgilash, baholash va mas’uliyat; Strategik moliyaviy boshqaruv va xodimlarni boshqarish; Boshqa maktablar bilan xamkorlik qilish; Maktabga rahbarlik tizimini rivojlantirish. Maktabga rahbarlik vakolatlarini boshqalar bilan ulashish Rahbarlik vakolatlarini boshqalar bilan ulashishni rag‘batlantirish; Maktabda tashkil etilgan turli jamoatchilik uyushma va birlashmalarni ularning muammolarini hal etishda qo‘llab-quvvatlash Maktabda samarali rahbarlik qilish malakalarni rivojlantirish Rahbarlikka uzluksiz jarayon sifatida qarash: rahbarlikka boshlang‘ich o‘quvlarini rag‘batlantirish; rahbarlik lavozimiga kirishish rejasini tuzish; extiyojlarni qamrab oluvchi va mavjud vaziyatdan kelib chiqib mehnat faoliyatidan ajralmagan holda o‘quvlarni tashkil etish; ushbu o‘quvlarni turli muassasalar tomonidan taqdim etilishini kafolatlash; Samarali o‘qish uchun turli xil shakl va mazmunni ta’minlash. Maktabga rahbarlikni jozibador karera tanloviga aylantirish Xodimlarni yollash; Maktab rahbarlari maoshlarining nisbatan yuqori bo‘lishligiga e’tiborni qaratish; Maktab rahbarlari kasbiy uyushmalarining ahamiyatini tan olish; Kasbiy rivojlanish uchun imkoniyatlarni taqdim etish. Maktabga rahbarlikni takomillashtirish uning barcha jihatlarini hisobga olib, har tomonlama strategik yondashishni talab qiladi. Maktab rahbarlari samarali bo‘lishlari uchun, ular o‘zlarining faoliyati davomida rahbarlik malakalarini yanada yaxshilash imkoniyatini o‘z ichiga olgan, siyosiy darajadagi uzluksiz qo‘llab-quvvatlashga tayana olishlari kerak. 1-amaliy topshiriq Direktor-menejer modelini yaratib bering. Model yaratish uchun yunalishlar 1. Shaxsiy sifatlari 2. Raxbarlik qobiliyatlar. 3. Tarbiyalash qobiliyatlari 4. Sharoitni ob’ektiv baholash va nazorat qilish qobiliyatlari. 2-amaliy topshiriq 1 qadam: Samarali faoliyatingizni tashkil etish uchun sizning afzaliklaringizning va kamchiliklaringizning ruyhatini tuzing
Download 124.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling