Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Download 124.82 Kb.
bet6/11
Sana19.04.2023
Hajmi124.82 Kb.
#1366192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Нуриддин БМИ тайёр

.
2.1. Ta’lim muassasasi rahbari faoliyatini samarali tashkil etishga qo‘yiladigan talablar


Ishda to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish - vaziyatni pedagogik tah- lil qila bilish, vaziyatdan to‘g‘ri chiqa bilish, har bir ishga ijo- diy yondashish, o‘zining shaxsiy ibrati, ishga bo‘lgan munosabati bilan pedagogik jamoani ergashtira olish.
Pedagogik mahorat va boshqara olish mahorati - fan yutuqlarini o‘zlashtirish, yangi g‘oyalar, ichki imkoniyatlarni qi- dirib topib, uni amaliyotga tatbiq etish.
Umummadaniyatlilik, ziyolilik, milliy qadriyatlar- ni qadrlash - jahon madaniyati durdonalaridan xabardorlik, dunyoqarashning kengligi, mehribonlik, insonparvarlik, o‘qituv- chi va o‘quvchi shaxsini hurmat qilish.
Pedagogik madaniyat – hozirgi zamon pedagogika, psixo- logiya sohasiga oid yangiliklardan xabardor bo‘lish, innovatsion texnologiya, didaktik bilimlardan boxabarlik. Kuchli pedagogik qobiliyatga egalik.
Tashkilotchilik – har bir pedagog xodimga uning harakteri, imkoniyatlari va ehtiyojidan kelib chiqib vazifa berish, muomala qi- lish. Jamoa ishonchiga kirish, aytilgan fikr, taklif, qabul qilingan qarorning o‘z vaqtida bajarilishiga erishish. Pedagogik jamoa, mak- tab oldida turgan vazifalar, maqsadlar, istiqbolni aniq belgilash.
Kommunikativlik – odamlar bilan o‘zaro samimiy muno- sabat o‘rnatish, muloqotga kirishish, jamoani ishontira bilish, yordam berish, xodimlar kayfiyatini ko‘tarish, ixtiyoriy-majbu- riy o‘z orqasidan ergashtirish.
Aqlan yetuklik – jamoaning har bir a’zosini, o‘quvchini, ota-onani e’tibor bilan eshita bilish, har bir ishning muqobil variantlarini e’tiborga olish va amalga oshirish.
Nutq madaniyatiga egalikmantiqli, qisqa, lo‘nda, ob- razli fikrlay bilish, fikrni qiyomiga yetkazish, so‘zamolligi bilan suhbatdoshi (yoki jamoa) qalbiga kirish kabilar ijodkor rahbarda mujassam bo‘lmog‘i kerak.

Download 124.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling