Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti
Download 124.82 Kb.
|
Нуриддин БМИ тайёр
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taktika Tavsiya qilinadi Ijobiy tomoni Salbiy
O‘zgarishlarga ko‘rsatilayotgan qarshiliklarga munosabat taktikasi
uslublari, ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda boshqa o‘qituvchi- larga namuna ko‘rsatishi; izlanuvchan, yangilikka intiluvchi, ilg‘or o‘qituvchilar tajriba- larini o‘rganib, pedagogik jamoa a’zolariga ham o‘rgata olishi; dunyoqarashi keng bo‘lishi, o‘zining siyosiy-mafkuraviy, il- miy-metodik va rahbarlik malakasini muntazam oshirib borishi; maktab jamoasi, ota-onalar, mahalla va jamoatchilik o‘rta- sida yetarlicha obro‘ga ega bo‘lishi; sezgir, kishilarga e’tibor bilan yaxshi muomala va munosa- batda bo‘ladigan, ularning mehnatini to‘g‘ri qadrlay oladigan adolatli va qat’iyatli bo‘lishi; maktab doirasida barcha sohalardagi ishlarni chuqur o‘rganishi, tanqidiy tahlil etib, uni yaxshilash uchun aniq chora-tadbirlar bel- gilay olishi va amalga oshirishni ta’minlashi; fidoyilik, mas’uliyatlilik, poklik, qat’iylik, jur’at- lilik, jamoasi manfaati yo‘lida jonkuyarlik, mehnatsevarlik, adolatli, o‘ziga va o‘zgalarga talabchanlik ko‘rsatib, barchaga na- muna bo‘lishi; shaxsiy ma’lumoti va uslubiy bilim doirasini doimiy ra- vishda boyitib borishi, vaqti-vaqti bilan bu haqida o‘ziga hiso- bot berishi, ya’ni o‘z-o‘zini nazorat qila olishi; individual xususiyatlariga ko‘ra shaxsiy rivojlanish tizi- mini yuzaga keltirish: kasbiy qobiliyat va mahoratini takomil- lashtirishi, o‘z malakasini muntazam oshirib borishni shaxsiy reja asosida tashkil etishi; zamonaviy rusumdagi kompyuter vositalari bilan muomala qila olishi, ya’ni unda ishlay olish malakasini egallagan bo‘lishi, internet tizimi orqali axborotlarni olish va maktab jamoasi ora- sida ommalashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi; xodimlarning yoshi, jinsi, milliy va individual-psixolo- gik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ular bilan ishchan mu- loqot o‘rnata olishi; maktab jamoasi sha’ni, obro‘sini o‘ylashi, joylardagi xalq ta’limini boshqaruvchi organlar vakillari oldida uning obro‘yi va sha’niga putur yetkazishga yo‘l qo‘ymasligi, maktab jamoasi- ni himoya qilishi, biroq zarur hollarda intizomsiz xodimlarga nisbatan ayrim intizomiy choralarni qo‘llay olishi; o‘z faoliyatida kamchilikka yo‘l qo‘ygan pedagoglar bilan imkon qadar yakkama-yakka suhbat o‘tkazishi, tanqid qilinganda ham xodim- ning shaxsiga emas, balki uning noto‘g‘ri faoliyatiga nisbatan muno- sabat bildirishi, shu bilan birga o‘zi tanqid qilayotgan xodimining ijobiy salohiyat imkoniyatlarini ham eslatib o‘tishi; pedagoglarga ko‘proq erkinlik va mustaqillik berishi, ular- ning har bir qadamini nazorat qilishdan saqlanishi, yangili- klarni joriy qilayotganda yo‘l qo‘ygan xatolarini kechirishi, ularni o‘zlari to‘g‘rilashi uchun vaqt va imkoniyat berishi; pedagog xodimlarga sust, shijoatsiz, mujmal topshiriqlar bermasligi; nutqida nuqsoni bo‘lgan, muomala madaniyatidan bexabar, mijg‘ov, orastalikni yoqtirmaydigan va o‘zi ham didsiz, tartibsiz kiyinib yuradigan shaxslarni maktab rahbari lavozimiga tayinla- maslik; dunyoda hech narsa abadiy bo‘lmagani kabi rahbarlik ham aba- diy bo‘lmasligi, uni faqatgina o‘z farovonligini ta’minlash manbai deb tushunmasligi, bunday kayfiyatga qarshi unda ma’mu- riy-ijtimoiy, axloqiy, huquqiy immunitet bo‘lishi; so‘zi bilan faoliyati orasida mutanosiblik bo‘lishi, doimo axloqiy, huquqiy, ijtimoiy adolat me’yorlariga rioya qilishi, o‘z vijdoni oldida mas’uliyatni his qilishi zarur. Camarali rahbarlikka xos xislatlar qatoriga: Strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi; Ishchilarni, mehnat resurslarini taqsimlash bo‘yicha maqbul va o‘z vaqtida qaror qabul qilish; faoliyat doirasini kengaytirish yoki yuksak tartibda mehnat qilish evaziga o‘z mas’uliyatini oshirishga intilish; favqulodda sharoitda ijodiy va ratsional qaror qabul qila olish; o‘z kuchiga ishonch; o‘z huquqlarini anglash va mas’uliyatni his qilish; kezi kelganda qurbon berishga ham tayyor turish; muloqot malakalarini mukammallashtirishga intilish; murakkab va inqirozli vaziyatdagi jarayonlarni tahlil etish va muammolarning yechimlarini topa olish mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarash va unga butun kuch-g‘ayratni safarbar etish; aybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilish, tavakkaldan qo‘rqmaydigan va mustaqil fikrdagi xodimlar bi- lan ishlash xohishi; amalga oshirilayotgan g‘oya va natijalarni ishlab chiqarishga, joriy etishga xuddi shaxsiy mulkdek qarashlarni kiritish mumkin. Maktabda ta’lim-tarbiya jarayonining metodik ta’minotini belgilovchi uzluksiz metodik xizmat – fan o‘qituvchilari va barcha pedagog xodimlarning bilim, ko‘nikma, malaka, kasbiy mahorat- lari zamon talablari darajasida bo‘lishi, pedagogika fanining eng so‘nggi yutuqlaridan o‘z faoliyatlarida foydalana olishlari, metodik yordamni uyushtirish va uni amalga oshirishi zarur. Uzluksiz metodik xizmat – o‘zaro bog‘langan va maqsad – mohi- yati jihatidan o‘qituvchilarning DTSda belgilab berilgan ta- lablar darajasida faoliyat ko‘rsatishlarini metodik asosda to‘- liq ta’minlashdan iborat bo‘lgan yaxlit tizimdir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari hozirga kelib o‘z faoliyatla- rini mustaqil boshqarish tizimiga o‘tmoqda. Ma’lumki, O‘zbekistonda davlat va uni boshqarish ishlari av- loddan-avlodga o‘tib sayqallanib, takomillashib kelgan. Buyuk allomalar, davlat rahbarlarining boshqaruv haqidagi o‘gitlari hozirgi mustaqillik davrida ham barcha rahbarlarga boshqaruv ishlarida dasturilamal bo‘lib kelmoqda. Download 124.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling