Funksional tugmalar
Function keys
klaviaturaning yuqori qismida joylashgan va F1 dan
F12 gacha bo‘lgan tugmalar qatori. Ular orqali fayllarni
saqlash, maʼlumotlarni chop etish yoki sahifani yangilash
kabi baʼzi funksiyalarni bajarish mumkin.
Funksiya
Function
elektron jadvalda formulalar yaratishni osonlashtirish
uchun foydalaniladigan kalit so‘zlar; katak,
diapazon, ustun yoki qatorlar guruhlarida amalga
oshiriladigan, AVERAGE yoki SUM kabi maxsus
arifmetik yoki matematik amallar; murakkab hisobni
ifodalovchi tayyor formula; vazifani bajaruvchi hamda
identifikatorga ega bo‘lgan kod qismi, uni kodning
boshqa qismidan chaqirish va qiymatini ko‘rish
mumkin.
Futaj
xlq.
Footage
yozuv (record) tugmasi bosilgandan stop tugmasi
bosilgungacha yozib olingan video bo‘lagi; videolavha,
videoklip.
Gantt chizmasi
Gantt chart
loyihani rejalashtirishda foydalaniladigan chizma.
GIS
qsq.
GIS
Geo Information System
yer yuzasiga oid maʼlumotlarni to‘plash, saqlash,
tekshirish va xarita sifatida ko‘rsatish uchun geografik
axborot tizimlari.
Gorizontal akslantirish
diz.
Horizontal flip
tasvirni gorizontal yo‘nalishda aks ettirish.
Gorizontal o‘q
e-jad.
Horizontal axis
ustunli diagrammaning eni bo‘ylab joylashgan o‘qi (x
o‘q).
GPS
qsq.
GPS
Global Positioning System
joriy joylashuvni aniqlash uchun sunʼiy yo‘ldoshlardan
foydalanuvchi global pozitsiyalash tizimi.
Grafik planshet
diz.
Graphics tablet
dizaynni qo‘lda chizish va maʼlumot kiritish moslamasi.
Grafika
diz.
Graphics
kompyuterlar yordamida yaratilgan tasvirlarning
umumiy nomi;
maʼlumotlarni grafik tasvirlash va boshqarish.
GUI
qsq.
GUI
Graphic User Interface
sichqoncha yoki trekpad yordamida rangli ekrandagi
ikonkalarni bosish orqali kompyuter bilan muloqot
qilishning oson usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |