Ijtimoiy nuqtayi nazar
mad.
Societal perspective
biror faoliyat, loyiha, dastur yoki siyosatga individual
shaxs sifatida emas, balki jamiyat sifatida fikr bildirish.
Ijtimoiy taʼsir
mad.
Social Impact
biror faoliyat yoki harakatsizlik, loyiha, dastur yoki
siyosatning insonlar yoki jamiyatga ko‘rsatgan taʼsiri.
Ijtimoiy tarmoqlar
mad.
Social networking sites
boshqalar bilan ijtimoiy muloqotni yo‘lga qo‘yishga
yordam beruvchi elektron xizmat turi.
Ikki marta bosish
Double-click
sichqoncha tugmasini ikki marta ketma-ket bosish.
Ikkilamchi abzas
diz.
Hanging paragraph
odatiy abzasning chetidan bir nechta probel masofada
boshlanadigan, chapdan yoki o‘ngdan tekislanuvchi
abzas.
Ikkilamchi xotira qurilmasi
xavf.
Secondary storage device
elektr energiyasiga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlovchi
tashqi xotira (kompyuter o‘chirilganda saqlangan
maʼlumotlar o‘chib ketmaydi), masalan, flesh xotira
qurilmasi.
Ikkilik sanoq tizimi
dast.
Binary number system
faqat 0 va 1 dan foydalangan holda raqamli qiymatlarni
aks ettiruvchi sanoq tizimi.
Ikonka
Icon
tasvir, so‘z yoki tasvir va so‘zdan iborat belgi; muayyan
vazifaga mo‘ljallangan tugma yoki belgi.
Ilova qilingan fayl
int.
Attachment
elektron xabarga ilova qilingan hujjat (yoki fayl).
Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun
mad.
Accessibility
kompyuter yoki kompyuter qurilmalaridan jismoniy
yoki aqliy imkoniyati cheklangan shaxslarning to‘liq
foydalanishini taʼminlash.
Import
xlq. mb.
Import
bir dasturda yaratilgan hujjatdan boshqa dasturda
foydalanish;
maʼlumotlarni foydalanilayotgan dasturga ko‘chirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |