Protsessor yoki CPU
Processor
kompyuterning markaziy hisoblash qurilmasi.
Psevdo kod
Pseudo-code
tizim dizaynini foydalanuvchining o‘z tilida tasvirlash
usuli, dasturlash kodiga o‘xshaydi, lekin ishga tushirib
yoki kompilyatsiya qilib bo‘lmaydi.
Pyezorezistor
dast.
Piezoresistance
muayyan darajadagi qarshilik yoki bosimga bog‘langan
elektr zaryadining darajasi.
Qalin shrift
diz.
Bold
matn shriftini qalin ko‘rinishga keltirish — matnni
ajratib ko‘rsatish uchun foydalaniladi.
Qaror qabul qilish
dast.
Decision
fikrlash so‘ngida muayyan xulosaga kelish;
“ha” yoki “yo‘q” deb javob berilishi talab qilinadigan
savol.
Qatlam
diz.
Layer
mustaqil tahrirlash uchun vaqt shkalasi belgilab
berilgan obyekt yoki tasvir.
Qator
e-jad.
Row
elektron jadvaldagi kataklarning gorizontal holati, ular
raqamlar bilan ifodalanadi.
Qattiq disk
Hard disk
magnitli saqlash qurilmasi.
Qattiq holatdagi maʼlumot tashuvchi
Solid-state media
harakatlanadigan mexanik qismlardan xoli, elektron
sxemalarga asoslanadigan va flesh xotiradan
foydalanadigan xotira qurilmasi.
Qayta ishlash
Refine
takomillashtirish yoki o‘zgartirish;
biror mahsulotning sifatini oshirish maqsadida qayta
ishlab chiqish.
Qayta tayyorlash
mad.
Reskilling
boshqa mehnat faoliyatida talab etiladigan yangi bilim
va ko‘nikmalarni egallash.
Qidirish natijalari
int.
Search results
qidirish tizimi tomonidan topilgan sahifalarga linklar
ro‘yxati.
Qidirish tizimi
int.
Search engine
internetdagi veb saytlarni o‘z ichiga oluvchi yirik
maʼlumot bazalarini qidirishda foydalaniladigan dastur.
Do'stlaringiz bilan baham: |