Paket
tar.
Packet
uzatiladigan maʼlumotlarni aks ettiruvchi bitlar
to‘plami.
Paketlarni kommutatsiyalash
tar.
Packet switching
turli yo‘nalishlar bo‘yicha yuboriladigan va qabul
qiluvchi tomonidan qayta o‘rnatiladigan, paketlarga
bo‘linadigan maʼlumotlar.
Paketli qayta ishlash
mb.
Batch processing
qayta ishlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlar paketlarda
yig‘iladi va keyinchalik qulayroq vaqtda ishga
tushiriladi (maʼlumotlar vaqtga nisbatan o‘zgaruvchan
bo‘lmasligi kerak).
PAN
qsq.
PAN
Personal Area Network muayyan bir maqsad uchun
yaratilgan kichik shaxsiy tarmoq.
Papka
Folder
xabarlar turiga qarab saqlanadigan joy;
qattiq diskdagi tegishli fayllar to‘plamini o‘z ichiga
olgan maydon.
Parametr
Parameter
mezon doirasida so‘rov uchun foydalaniladigan
maʼlumotlar.
Parol
xavf.
Password
begonalarning kompyuter va dasturga kirishidan
himoya uchun foydalaniladigan so‘z, ibora yoki
belgilardan iborat maxfiy kod qatori; tizimga kirish
ruxsatini beruvchi maxfiy belgilar majmuasi.
Paste
Paste
vaqtincha xotiraga nusxalangan matnni sahifaga qayta
joylash;
nusxalangan tasvirni kanvasga joylash.
Patch uskunasi
diz.
Patch tool
tasvirlar bilan ishlash dasturida tasvirning muayyan
joylarini uning boshqa joyidagi material yordamida
tiklash.
Peer kompyuter
tar.
Peer
tarmoqda serverga ulanmagan va boshqa
kompyuterlarni nazorat qilmaydigan kompyuter.
Pencil uskunasi
diz.
Pencil tool
chiziqlarni qalam kabi chizuvchi uskuna.
@edurtm_uz
Do'stlaringiz bilan baham: |