163
Glossariy
Periferiya qurilmasi
Peripheral
kompyuterning asosiy komponentlari qatoriga
kirmaydigan qurilmalar. Masalan, a) maʼlumot kirituvchi
qurilmalar — klaviatura, sichqoncha, geympad, trekpad,
sensor; b) maʼlumot/natija chiqaruvchi qurilmalar —
monitor, printer, karnay, garnitura; c) maʼlumot kirituvchi
va natija chiqaruvchi qurilmalar — tashqi xotira, fleshka
va h.k.
Pharming
jrg. xavf.
Pharming
foydalanuvchini soxta veb saytga yo‘naltirib, uning
shaxsiy maʼlumotlarini qo‘lga kiritish maqsadida
amalga oshiriladigan firibgarlik turi.
Phishing
jrg. xavf.
Phishing
elektron pochta orqali shaxsiy maʼlumotlarni qo‘lga
kiritish maqsadida amalga oshiriladigan firibgarlik turi.
Piksel
jrg. diz.
Pixel
kompyuter ekranida yorug‘lik beruvchi eng kichik
maydon yoki nuqta. Ushbu nuqtalar yig‘indisi turli rang
tuslarini olib, ekranda tasvir hosil qiladi;
tasvirni tashkil etuvchi kichik nuqta(lar);
rastrli tasvirdagi bitta rangli nuqta (ekranda yoritilgan
bitta rangning juda kichik kvadrat maydon(lar)i bitmap
tasvirini yaratish uchun birlashtiriladi).
Pikselizatsiya
jrg. diz.
Pixelating
rastrli tasvir kattalashtirilganda har bir piksel
kattalashib, tasvir xiralashishi jarayoni.
Piktogramma
diz.
Pictogram
muayyan obyektni belgilash uchun qo‘llangan tasvir.
Plagiat
xlq. mad.
Plagiarism
boshqalarning intellektual mulkini ruxsatsiz o‘zlashtirib
olish.
Planshet
Tablet
sensorli interfeysga ega kichik, simsiz, portativ shaxsiy
kompyuter.
Plotter
Plotter
chizmachilik ishlarini chop etish uchun
foydalaniladigan qurilma.
Pochta qutisi
int.
Mailbox
elektron pochta bilan ishlash dasturi yoki elektron
pochta veb xizmati oynasining chap tarafida (papkalar,
yorliqlar, teglar) joylashgan qism; elektron xatlar
saqlanadigan joy.
Port
xlq.
Port
kompyuterning old yoki orqa qismida joylashgan va
tashqi qurilmalarga ulanish uchun yordam beradigan
qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |