91
Elektron jadvaldan
maqsadli foydalanish
3-mashgʻulot
Quyidagi amallar uchun formula qo‘shing:
• bitta keks xarajatini hisoblash;
• bitta keksdan olinadigan sof foydani hisoblash;
• ma’lum miqdorda keks sotsangiz, qancha pul topishingizni hisoblash.
4-mashgʻulot
Elektron jadvalingizni formatlang.
Mos sarlavha qo‘shing. Kataklarga chegaralar va fon qo‘shing. Shriftni ham mos
ravishda formatlang.
5-mashgʻulot
Elektron jadvalingizni tekshiring.
Formulalaringiz joriy ma’lumotlar bilan ishlashini ta’minlovchi sinov jadvalini
yarating.
Elektron jadvalingizni sinab ko‘rish orqali jadvalni to‘ldiring.
6-mashgʻulot
Kiritilgan ma’lumotlar qiymatini o‘zgartirish orqali ham elektron jadvalingiz
ishlashini tekshirib ko‘ring.
Formulalaringiz ishlashini tekshirish uchun sinov jadvalini tuzing.
Elektron jadvalingizni sinab ko‘rish orqali jadvalni to‘ldiring.
7-mashgʻulot
Elektron jadval yordamida 1 000 000 so‘m foyda olish uchun qancha keks
sotishingiz kerakligini aniqlang.
8-mashgʻulot
Sotilgan kekslar soni foydaga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatuvchi jadval va grafik
yarating.
9-mashgʻulot
Elektron jadvalingizni barcha maqsadlarga javob berishini isbotlash orqali
baholang.
Elektron jadvalingizni 1-mashg‘ulotdagi har bitta maqsad bilan taqqoslang.
10-mashgʻulot
Elektron jadvalni yaratish jarayonida unga qanday o‘zgarishlar kiritganingizni
yozing.
Elektron jadvalingiz qaysi amalni yaxshi bajarishini yozing.
Elektron jadvalingizni qanday yaxshilashingiz mumkinligini yozing.
@edurtm_uz