Maktabgacha va
Download 6.45 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Informatika AT fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mashgʻulot Maqsadni qidirishdan foydalanib ishtirok narxi 200 000 so‘m bo‘lganida 20 000 000 so‘m foyda olish uchun nechta ishtirokchi kerakligini aniqlang. 6-mashgʻulot
- Yakuniy loyiha. Ta’tilda!
1.
Data menyusidagi What-If Analysis bo‘limi bosiladi. 2. “Maqsadni qidirish” (‘Goal Seek’) tugmasi belgilanadi. 3. O‘ng tomondagi “Set cell” tugmasi bosiladi. 4. Qiymat o‘rnatiladigan katak bosiladi. Daromad 20 000 000 so‘m bo‘lishi uchun B15 katak, so‘ngra yana “Set cell” tugmasi bosiladi. 5. “To value” yoniga kerakli qiymat kiritiladi. @edurtm_uz 94 Ishtirok narxi 200 000 so‘m qiymatida kiritiladi. Maslahat 4-mashgʻulot Ultimate League nomli elektron jadvalda 20 000 000 so‘m foyda ko‘rish uchun ishtirok narxi qancha belgilanishi kerakligini aniqlashda maqsadni qidirishdan foydalaning. 5-mashgʻulot Maqsadni qidirishdan foydalanib ishtirok narxi 200 000 so‘m bo‘lganida 20 000 000 so‘m foyda olish uchun nechta ishtirokchi kerakligini aniqlang. 6-mashgʻulot Maqsadni qidirishdan foydalanib bir kishiga ishtirok narxi 100 000 so‘m bo‘lganida 0 so‘m foyda ko‘rish uchun nechta ishtirokchi kerakligini aniqlang. 6. “By changing cell” tanlovining o‘ng tarafidagi tugma bosiladi. 7. Qiymati o‘zgartiriladigan katak bosiladi. Qancha xarajat kerakligini bilish uchun B10 katagi, keyin “By changing cell” tugmasi bosiladi. 8. Natijani ko‘rish uchun OK buyrug‘i bosiladi. @edurtm_uz 95 Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish Yakuniy loyiha. Ta’tilda! Ta’til davomida oromgohga bormoqchisiz. Mablag‘ingiz qayerda va qancha vaqt dam olib qaytishga yetishini hisoblashingiz kerak. Guruhingizda ikki nafar katta yoshli kishi va to‘rt nafar bola ham oromgohga bormoqchi. Siz 7, 10 yoki 14 kun davom etadigan hamda xarajatlar kunlik ovqatlanishni ham qamrab oladigan oromgohni xohlaysiz. Oromgohda dam olish uchun ko‘pi bilan 10 000 000 so‘m sarflay olasiz. Shunga muvofiq, sizda ta’til tanlovi mavjud. 1-tanlov: “Shafaq” dam olish maskani Kattalar: 7 kecha uchun 430 000 so‘m Bolalar: 7 kecha uchun 350 000 so‘m Barcha taomlar kiritilgan 3-tanlov: “Musaffo dengiz” dam olish uyi Kattalar: 1 kecha uchun 180 000 so‘m Bolalar: 1 kecha uchun 140 000 so‘m Kattalar uchun ovqatlanish: 1 kunga 50 000 so‘m Bolalar uchun ovqatlanish: 1 kunga 30 000 so‘m 2-tanlov: “Sohil bo‘yi” oromgohi Kattalar: 1 kecha uchun 80 000 so‘m Bolalar: 1 kecha uchun 70 000 so‘m Kattalar uchun ovqatlanish: 1 kunga 30 000 so‘m Bolalar uchun ovqatlanish: 1 kunga 25 000 so‘m @edurtm_uz 96 Elektron jadval dam olishga ketadigan kunlar soni (7, 10 yoki 14), kattalar va bolalarga sarflanadigan xarajatlar qiymati, shuningdek, ovqatlanish narxlarini kiritish imkonini berishi kerak. Bundan tashqari, elektron jadval dam olishning umumiy qiymatini hisoblab, sarflash uchun ajratilgan mablag‘ni maksimal miqdor bilan taqqoslashi kerak bo‘ladi. Qiymatlarni o‘zgartirish yordamida qaysi dam olish oromgohi to‘g‘ri kelishi aniqlanadi. Download 6.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling