motlar bazasi: faqat
bitta jadvaldan iborat
ma’lumotlar bazasi.
Tarqoq maʼlumotlar
bazasi: ma’lumotlar
bir nechta
kompyuterlarga
boʻlingan holda
saqlanuvchi
ma’lumotlar bazasi.
Maʼlumotlarni
saralab olish:
ma’lumotlarni topib,
kerakli mezonlarga
mos qiymatlarni
chiqarib berish soʻrovi.
Axborot
qimmatlidir.
Maʼlumotlarni
birovga berishda
ehtiyot bo‘lish
kerak. Chunki
ular boshqa
odamlar uchun
ochiq bo‘lgan
maʼlumotlar
bazasida saqlanishi
mumkin.
Ma’lumotlarni himoya
qilish toʻgʻrisidagi
qonunchilik nima
ekani va u insonlar
hamda ularning
shaxsiy ma’lumotlarini
qanday himoya
qilishini bilib olish
kerak.
Ehtiyot bo‘ling!
Ma’lumotlar bazasi uchun maqsadni aniqlash
Ma’lumotlar bazalaridan koʻplab odamlar va tashkilotlar foydalanadi. Bu oʻzining DVD
toʻplamlarini saqlovchi odam, bir nechta ishchilarga ega kichik tashkilot yoki minglab
xodimli yirik korporatsiya boʻlishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasi insonlarga kerak ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Ushbu
ma’lumot quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
• tasvirlar;
• videolar;
• kitoblar;
• maqolalar;
• ovozli fayllar.
Spotify kabi onlayn striming xizmati tinglash mumkin boʻlgan barcha musiqalarning
ma’lumotlar bazasiga ega boʻladi. Agar biror xonandaga tegishli qoʻshiqlarni tinglashni
istasangiz, ushbu qoʻshiqchi ismi kiritiladi va ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarni saralab
beradi. Musiqa tinglash uchun profilga kirganda foydalanuvchi ismi, paroli va boshqa
ma’lumotlar qayerda saqlanadi degan savol paydo boʻlganmi? Javob oddiy! Albatta,
ma’lumotlar bazasida!
Do'stlaringiz bilan baham: |