99
Ma’lumotlar bazasidan
maqsadli foydalanish
Darsni boshlashdan avval
Quyidagilarni bilishingiz kerak:
• ma’lumotlar bazasi nima ekani va nima uchun undan ma’lumotlarni saqlashda
foydalanish;
• ma’lumotlar bazasini boshqarish;
• ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarni kiritish;
• soʻrov yaratish uchun qidirish mezonlarini tanlash va kiritish.
Kirish
Ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarni tizimli, tushunarli holda saqlash uchun ishlatiladi.
Barcha ma’lumotlarni bir joyda saqlash kerakli ma’lumotni tez va oson topish uchun
soʻrov tuzish imkoniyatini yaratadi.
Ma’lumotlar bazasi bir va bir necha
jadvallardan
tashkil topgan boʻladi. Oddiy
ma’lumotlar bazasi odatda bitta jadvaldan iborat boʻlib,
oddiy matnli ma’lumotlar
bazasi (flat file database) deb ham yuritiladi. Uning tarkibi oddiy, lekin yaratish va
oʻrnatish oson.
Kundalik hayotingizda koʻp qoʻllaydigan ba’zi ma’lumotlar bazasi
tarqoq ma’lumotlar
bazasi (distributed databases) deyiladi. Ma’lumotlar har doim ham bir joyda
saqlanmaydi. Ular turli kompyuterlarda joylashishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, siz
biror narsani qidirayotganda, uni ehtimoliy saqlanadigan barcha joylardan izlashingiz
kerak.
Kalit so‘zlar
So‘rov: ma’lum bir
maqsad uchun ma’lu-
motlarni ajratib olish.
Jadval:
ma’lumotlarni tartibli
ravishda saqlashga
moʻljallangan ustun
va qatorlar tizimi.
Oddiy matnli maʼlu-
Do'stlaringiz bilan baham: