Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar
1. 
Yurish qanday harakat va bola qaysi yoshdan yura bosh- 
laydi?
2. 
Yurish qanday takomillashib boradi?
3. 
4 yoshli bolalar qadam uzunligi necha sm?
4. 
7 yoshli bolalarda qadamlar soni bir minutda nechta?


85
3-§. Yugurish mashqlari turlari va ularni o‘tkazish 
metodlari
Yugurish siklik tipdagi harakatdir. Yurish kabi u ham ta- 
yanch vaziyatlarning yuzada almashinib turishi bilan bajari- 
ladigan sikllarning takrorlanishi, oyoqlarning navbatma-
navbat oldinga ko‘chirish, qo‘llar harakatining uyg‘unligi 
bilan xarakterlanadi. Biroq yugurishning yurishdan sezilarli 
farqi bor. Yugurish chog‘ida yuguruvchining ikkala oyog‘i 
yerdan uzilganda parvoz fazasi mavjud bo‘ladi. Parvoz 
vaziyati kishining yugurish tezligini oshiradi. Inersiya ta’sirida 
bo‘shashtirilgan muskullar bilan oldinga harakat qilishga imkon 
bergan holda qadamini uzaytiradi. Asab markazlari faoliyati 
vujudga keladigan tormozlanish tufayli ular ish qobiliyati, 
shuningdek, butun asab-muskul tizimining qayta tiklanishini 
ta’minlaydi.
Yugurishga o‘zgartishdagi mashqlar oyoq va qo‘lning 
muvofiq harakati bilan kechadigan, oldinga intiladigan, yengil, 
tezkor, erkin harakatni hosil qilishga qaratilgandir. Yurish 
jarayoni katta miqdordagi muskul guruhlarining navbatma-
navbat qisqarishi va bo‘shashishi yuz beradi. Yugurish paytida 
kuch sarfi oshadi, shuning uchun nafas olish hajmi, qon aylanish, 
gaz almashish tezligi ortadi. To‘g‘ri belgilangan me’yor asosida 
yugurish umumiy jismoniy rivojlanishga, markaziy asab tizimi 
funksiyasi takomillashuviga, yurak-qon tomir va nafas olish 
tizimining chiniqishiga yordam beradi.
Tezkor, faol yugurish jismoniy yuklamaning sekin-
asta pasayib borishi bilan tugashi lozim – qadam sekinlatib 
yurishga o‘tiladi, bu pulsning normal holatga kelishiga yordam 
beradi. Tez harakatdan birdan statik holatga o‘tish, (tik turish 
yoki o‘tirish) yaxshi chiniqmagan yurak-qon tomir tizimi 
uchun noxush vaziyat tug‘dirishi mumkin, buni bolalar bilan 
ishlashda hisobga olmoq lozim. Yugurish bola ikki yoshga 
yetganda shakllanadi va uch yoshga yetganda o‘z takomiliga 
yetadi. 2,5–3 yoshli bolaning yugurishi mayda qadamligi 
bilan xarakterlanadi. Ko‘pchilik bolalar joylaridan qiyin 


86
qo‘zg‘aladilar, oyoq kaftini to‘liq bosib yuguradilar. Bu yoshda 
bolalar yurishdan ko‘ra yugurishni ma’qul ko‘radilar. Yugurish 
ko‘nikmasini dastlab o‘zlashtirayotganda ular notekis, qiyin 
qadam tashlab, yo‘nalishga yaxshi rioya qilmay yuguradilar. 
O‘rgatish natijasida to‘g‘ri yugurish belgilari mustahkamlana 
boradi: parvoz holatida gavda oldinga biroz egilgan, bosh 
ko‘tarilgan, qo‘llar tirsaklardan bukilgan, qo‘l va oyoqlar 
harakati muvofiqlashgan bo‘ladi.
Bola 4 yoshga yetganda mashq qilish ta’sirida yugurish vaq- 
tidagi qo‘l va oyoqlar harakatlari koordinatsiyasi yaxshilanadi, 
parvozlilik ritmik takomillashadi. Biroq qadam uzunligi hali 
yetarlicha bo‘lmaydi, shuning uchun bolalarga chiziqlar, doira- 
lar bo‘yicha yugurish mashqlari, tez yugurayotganda chap 
berish va ilib olish mashqlari beriladi.
Bola besh yoshga yetganda yugurish texnikasini, garchi 
uning detallarigacha aniq bajarish darajasiga erishmagan bo‘lsa-
da, asosan egallab oladi. Yugurishga o‘rgatishda detallarni 
takomillashtirishga, yugurishning yengil va tezkor bo‘lishiga 
e’tibor beriladi.
Bolalar 6 yoshga yetganda o‘zlarining yoshiga mos 
yugurish texnikasini egallaydilar. Ular yengil ritmli, g‘ayrat 
bilan bir maromda, harakatlar koordinatsiyasi, parvozlilik 
bilan yo‘nalishlarga rioya qilib ulguradilar. O‘rgatishda asosiy 
e’tibor yugurishni takomillashtirishga, uning tezligini oshirish- 
ga (30 metrli masofani yil oxiriga kelib 7, 5–6,5 minutda bo- 
sib o‘tish) beriladi. Bolalar turli topshiriqlarni yugurishda chap 
berib, mashq bajaradilar.
Bolalarda yurishda bo‘lgani kabi yugurish sifatini 
takomillashtirish maqsadida, yugurishning quyidagi xilma-
xil turlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir: oyoq uchida 
yugurish, katta qadam tashlab yugurish, qorin devori, orqa va 
oyoq yuzasi muskullarini chiniqtiruvchi sonlarni baland ko‘tarib 
yugurish; harakat koordinatsiyasi va yengilligini ta’minlashga 
ta’sir qiluvchi musiqa ostida va ritmik yugurish; signallar asosida 
bajariladigan topshiriqlar bilan yugurish, predmetlarni oralab va 
predmetlar bilan (arg‘amchi, chambarak) yugurish; to‘siqlarni 


87
yengib, cheklangan yuzada (chizilgan chegara) yugurish, fazoda 
mo‘ljal olish va harakatlar koordinatsiyasini egallashga yordam 
beruvchi moki yugurish; kim o‘zarga yugurish; chap berish va 
ilib olib hamda tarqalib yugurish. Yugurishning bu turi fazo va 
jamoada mo‘ljal olish uchun yaxshi mashq bo‘lib xizmat qiladi, 
chaqqonlikni atrof-muhitning o‘zgarishiga nisbatan hozirjavob 
likni tarbiyalaydi.
Yugurishdagi mashqlarning tarbiyaviy ahamiyati 
bolalarning turlicha foydali mo‘ljal olishlarini egallashdan 
iboratdir.
Yugurish jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida turli sur’atlarda 
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar rejasiga muvofiq amalga oshiri- 
ladi:
1) 
tez yugurish (20 metrga 2–3 marta, tanaffus qilib), bu 
tezlik – kuch sifatlarining tezkorligini tarbiyalaydi va bolalar-
ning funksional imkoniyatlarini oshiradi;
2) 
80–120 metrga yurish bilan almashinib (o‘rtacha tezlik 
bilan) yugurish (2–4 marta). Bu umumiy chidamlilikni tar- 
biyalashga yordam beradi: o‘nqir-cho‘nqir joylardan 400 metrga 
sekin yugurish, bu ham umumiy chidamlilikni tarbiyalashning 
muhim vositasi hisoblanadi.

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling