Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


-§. Jismoniy buyumlar bilan bajariladigan


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

3-§. Jismoniy buyumlar bilan bajariladigan 
umumrivojlantiruvchi mashqlar
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda jismoniy 
buyumlar bilan bajariladigan mashqlar keng qo‘llaniladi. Jis- 
moniy inventarlar orasida turli kattalikdagi koptoklar, cham- 
baraklar, arg‘amchilar, tayoqchalar, bayroqchalar, kubiklar 
va boshqa shu singari anjomlar ko‘proq ishlatiladi. Chiroyli 
rang berib tayyorlangan inventarlardan foydalanish bolalarni 
gimnastika mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, 
ularning emotsional tarbiyasiga ham yaxshi ta’sir qiladi.
Mashqlarni jismoniy buyumlar bilan bajarish ularning 
ijrosini qulaylashtiradi, mashqlarni aniqlashtiradi va ularni 
bajarishga qo‘yiladigan talablarni ancha ko‘rgazmali bo‘lishini 
ta’minlaydi, bolalar inventarlar bilan mashq bajayotganlarida 


110
tarbiyachi harakatlarini to‘g‘ri bajarilishini kuzatib turishi ham 
oson bo‘ladi.
Bolalar buyumlar bilan mashq bajarganda o‘z harakatlarini 
o‘zlari nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Inventarlar yordamida shunday mashqlar bajaradilarki, bu 
inventarlarsiz umuman ularni bajarib bo‘lmaydi: tayoqchadan, 
narvonchadan sakrab o‘tish, chambarak ichidan va boshqalar 
shular jumlasidandir.
Inventarlarda uning holati va yuqoriga (yuqoriga, pastga, 
oldinga, va boshqa tomonlarga) yo‘nalishi inventarsiz bajaril- 
gan umumiy rivojlanish mashqlaridagi ana shunday holatlar va 
harakatlarga to‘la muvofiq keladi.
Bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlar umumrivojlan- 
tiruvchi mashqlar ichida eng oddiylari hisoblanadi. Bay- 
roqchalar yordamida bajariladigan barcha mashqlar inventar- 
larsiz bajariladigan eng oddiy umumrivojlantiruvchi mashqlarda 
bajariladigan harakatlarga asoslangan. Bayroqcha mavjudligi 
harakat xususiyatini o‘zgartirmaydi, vazifani oshirmaydi, faqat 
mashqlarni rang-barang qilib, harakatlarini ancha aniqlashtiradi, 
ularga emotsional ruh bag‘ishlaydi. Shiqildoqlar, kubiklar bilan 
bajariladigan mashqlar ham xuddi shunga o‘xshagan bo‘ladi. 
Bular bilan quyi guruhlarda mashqlar o‘tkazish ko‘proq 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Koptok bilan turli mashqlar, jumladan; yumalatish, uloqti- 
rish, ilib olish mashqlaridan tashqari yana umumrivojlantiruvchi 
turkumdagi mashqlarni bajarish mumkin. Masalan; engashish, 
burilish, cho‘qqayib o‘tirish va boshqa ana shunday mashqlar 
hisoblanadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun turli kattaliklagi kop 
toklardan foydalaniladi. Bunda oddiy koptoklardan tashqari 
yana og‘irligi 1 kg dan ortiq bo‘lmagan ichi to‘ldirilgan kop- 
toklar ham foydalanish uchun qulay bo‘ladi. Ichi to‘ldirilgan 
koptoklarda xuddi oddiy koptoklar bilan o‘tkaziladigan 
umumrivojlantiruvchi mashqlarga o‘xshagan mashqlar 
o‘tkaziladi. Bunday og‘irlikdagi mashq o‘tkazilgan vaqtda 
fiziologik vazifa ancha ortadi, muvofiqlashtirish, chaqqonlik va 
kuch-quvvat rivojlanadi.


111
Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar qo‘l va yelka mus- 
kullari faoliyatini kuchaytirish, engashish, burilish va qadam 
tashlash vaqtida harakat miqyosini ko‘paytrish uchun xizmat 
qiladi. Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar qo‘l harakat- 
lari yo‘nalishi (yuqoriga, oldinga va boshqa tomonlarga bo‘lgan 
yo‘nalish)ni aniq egallab olishga yordam beradi, qo‘lni harakat- 
lari hamda gavdaga va polga nisbatan oldinga uzatilganda polga 
bo‘lishini, yelkaga nisbatan gavda bo‘ylab uzatilishini va hoka- 
zolarni aniq tasavvur qilish imkonini beradi.
Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar, inventarlar bilan 
bajariladigan mashqlar ichida eng murakkablari hisoblanadi.
Bu shu bilan izohlanadiki, tayoqchalar bilan bajariladigan 
mashqlarda oyoq va qo‘llarning muayyan va aniq holatini 
egallab turishi, muvozanat saqlay olishi tayoqchalarning esa 
tarbiyachi ko‘rsatganidek to‘g‘ri yo‘nalish va holatda ishlata 
bilish talab qilinadi. Buning uchun esa bolalardan anchagina 
muskul harakatlarini namoyish etish, o‘z diqqat- e’tiborlarini bir 
nuqtaga qaratish talab qilinadi. Tayoqchalar bilan bajariladigan 
mashqlar eng oddiy harakatlar negiziga kiradi.
Individual tartibda qisqa tayoqchalar bilan o‘tkaziladigan 
mashqlardan yana juft-juft bo‘lib bajariladigan ayrim mashqlar 
ham mavjud. Uzun tayoqlar bilan guruh bo‘lib bajariladigan 
mashqlar uyushtiriladi. Tayoqchalar yordamida guruh bo‘lib 
bajariladigan mashqlar singari bolalarni jamoada ahillik 
bilan birgalikda harakat qilishga o‘rgatadi. Bunday mashqlar 
bolalarga juda qiziqarli va foydali bo‘lib mashg‘ulotlarning 
mazmunli o‘tilishiga yordam beradi, bolalarning faolligini 
ancha oshirishni ta’minlaydi.
Chambarak yordami bilan bajaradigan mashqlar juda xil- 
maxil harakatlarni amalga oshirish hamda ular bilan g‘oyat 
qiziqarli o‘yinlar uyushtirish mumkin. Chambarakni yuma- 
latish, mo‘ljalga tashlash, g‘ildiratish va boshqa mashqlar 
bolalarda harakat faolligini oshirish, chaqqonlik va mustaqil- 
likni rivojlantirish uchun juda foydalidir. Ko‘pgina umumiy 
rivojlantiruvchi mashqlar yelka va qo‘l harakatlari faoliyatini 
oshirishga, burilish, engashish va boshqa mashqlarni bajarish 


112
vaqtida harakat miqyosini ko‘paytirishga yordam beradi. Bu ji- 
hozni doira shaklida ekanligi ba’zi bir o‘ziga xos harakatlarni, 
masalan, ko‘proq barmoqdagi mayda muskullarni va yelkadagi 
muskul guruhlarini rivojlantirish va mustahkamlash (chamba- 
rakni qo‘lda turlicha aylantirish, uni bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga 
hamda polga qo‘yib aylantirish va hokazo) harakatlarni amalga 
oshirish imkonini beradi.
Avval chambarakni eng oddiy holatlari va harakat 
yo‘nalishlari (oldinga, yuqoriga, ko‘krakka va shu kabilar) 
o‘rganiladi, keyin oddiy harakatlarni, gavdani turli harakatlarini 
uncha murakkab bo‘lmagan kombinatsiyalar bilan bog‘liq olib 
boriladi. Katta chambarak (diametri 1-1,5) bilan bir yo‘la 4 
yoki besh bola jamoa bo‘lib mashq bajarishi mumkin.
Uzun arg‘amchi (15-20 m) bilan bajariladigan mashqlar 
butun guruhda bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda engashish, tik 
turish va boshqa mashqlarni, qo‘llarini bukish, yozish singari 
harakatlarni, cho‘kkayib o‘tirish, qadamlab oshib o‘tish, sakrab 
o‘tish va shunga o‘xshash mashqlarni tik turilgan, o‘tirilgan 
va chalqancha yotilgan dastlabki holatdan boshlab bajarish 
mumkin.
Uzun arg‘amchi bilan bajariladigan mashqlarni tuzishda 
inventarsiz bajariladigan hamda tayoqcha va chambaraklar 
bilan bajariladigan asosiy umumrivojlantiruvchi mashqlarga 
tayanish mumkin.
Qisqa (70-80 sm) arg‘amchi bilan barcha mashqlarni, shu 
jumladan gimnastika tayoqchasi bilan bajarish tavsiya etilgan 
mashqlarni ham bajarish mumkin.
Kalta arg‘amchi bilan bajariladigan bir qator maxsus 
mashqlar mavjud. Ularning ba’zilari barmoq, tovon, to‘piq, 
muskullarini rivojlantirish uchun juda foydalidir. Masalan, tik 
turgan yoki o‘tirgan holda arg‘amchini ikki qavat, to‘rt qavat 
qilish va yana asli holiga keltirish, arg‘amchini yumaloq yoki 
uzunchoq qilib o‘rash va boshqalar. Polga tashlab qo‘yilgan 
arg‘amchini oyoq barmoqlari bilan yig‘ishtirib olish, uni bir 
joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va yana oyoq yordamida uni 
polga tekislab qo‘yish.


113

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling