Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Harakatli o‘yinlar variantlari. Harakatli o‘yinlarni 
o‘zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. Biroq variantlar 


133
faqat o‘yinni rang-baranglashtirish, bolalarning unga nisbatan 
qiziqishini saqlab turish uchungina emas, balki pedagogik 
vazifalar harakatlari takomillashtirish birmuncha murakkab 
o‘yin harakatlari qoidalarini bajarishda o‘yin vaziyati 
sharoitining o‘zgarishi asqotadigan jismoniy sifatlarni 
tarbiyalash uchun ham zarur. Ular bolalardan muayyan aqliy 
va jismoniy kuchli va shu bilan birga o‘yinga nisbatan ortib 
boruvchi qiziqishni talab qiladi.
Harakatli o‘yinlar variantlarini tarbiyachining o‘zi yarati- 
shi mumkin. Bunda u o‘z guruhidagi bolalarning aqliy va 
jismoniy rivojlanganligini hisobga oladi, va ularga qo‘yiladigan 
talablarning tobora oshib borishini ko‘zda tutadi. Ayrim o‘yinlar 
to‘plamlarida taxminiy variantlar ko‘rsatiladi.
Harakatli o‘yinlar va maxsus tanlangan mashqlar 
munosabati. Harakatli o‘yinlar maxsus mashqlarga o‘zaro 
bog‘liqdir. Harakat ko‘nikmalarini takomillashtirishga uchinchi 
bosqichda bolaning ko‘nikmani ijodiy qo‘llay olishiga tayyorligi 
bilan xarakterlanadigan o‘ziga xos jarayonning davomi sifatida 
qarash lozim.
Qiziqarli vazifaga berilib ketishda bolaga mashq xuddi shu 
harakatlarni bajarish darajasidan ustunroq bo‘lgan harakatning 
yuqori texnikasini egallashga yordam beradi. Bolalarning o‘yin 
vazifasini iloji boricha tezroq bajarishga va muvaffaqiyatga eri 
shishga intilish harakatlarni takomillashtirishning garovi hisob- 
lanadi. Shunday qilib, bola o‘yin harakatlarida orttirgan ko‘nik- 
malarini yangi, birmuncha murakkab vaziyatlarga moslangan 
holda mustaqil qo‘shib olib borishga o‘rganadi.
Kichik guruhlarda o‘yin mashqlardan ta’limiy maqsadda 
foydalaniladi. Bolalarga ular uchun qiziqarli bo‘lgan topshiriqlar 
– ko‘prikchadan o‘tish, jilg‘adan hatlab o‘tish, sichqonchaday 
ovoz chiqarmay yugurish taklif etiladi. Bu mashqlarning 
barchasi o‘z mohiyatini (mashq sifatidagi) saqlagan holda o‘yin 
xususiyatiga ega bo‘ladi va bolalar tomonidan ishtiyoq bilan 
bajariladi. Harakatli o‘yinlarda bu mashqlar o‘yin syujetining 
tabiiy komponenti hisoblanadi, ular tufayli bolalarning harakati 
takomill ashadi va o‘ziga xos emotsional obrazli ifodalilik kasb 
etadi.


134

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling