Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

2-§. O‘yinlarning tasnifi
2-§. O
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan o‘yinlar-
ning turli tavsiflari mavjud.
O‘yinlar mazmuniga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: qoidali 
harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari. Sport o‘yinlarida eng 


131
avvalo maktabgacha yoshidagi bolalarning yosh xususiyatlari 
hisobga olinadi, shuning uchun faqat ular bob sodda biroq 
harakat texnikasi quyidagilari o‘yini tashkil etishning haqiqiy 
elementlari tanlanadi. Shu tufayli o‘yin omillari bolalarda 
katta kishilarda bo‘lganidek, jismoniy va asabiy zo‘riqish 
uyg‘otmaydi. Ayni paytda ular bolalarda harakatlarning 
maqsadga intilganini qunt, intizomlilik, o‘rtoqlik va mas’uliyat 
hissini sportga muhabbatni tarbiyalaydi.
Harakatli qoidali o‘yinlarga syujetli va syujetsiz o‘yinlar 
kiradi. Sport o‘yinlariga voleybol, basketbol, badminton, stol 
tennisi, futbol, xokkey kiradi.
Syujetli harakatli o‘yinlar hayotiy va afsonaviy epizodlarni 
shartli shaklda aks ettiradi. Bolalarni ijodiy amalga oshiriladi- 
gan o‘yin obrazlari jalb etadi.
Syujetsiz harakatli o‘yinlar bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan, 
tushunarli, maqsadga erishishda ularga yordam beruvchi 
harakatli o‘yin topshiriqlardan iboratdir. Ular ham o‘z navbatida 
yugurib o‘tish, quvlashmachoq va hokazolar turidagi o‘yinlar 
musobaqa elementlari mavjud o‘yinlar (kimning zvenosi tezroq 
saflanadi. Kim o‘z bayroqchasiga tezroq yetib bora oladi va 
h.k.) murakkab bo‘lmagan o‘yin–estafetalar (kim to‘pni tezroq 
uzatdi), buyumlar (to‘plar, chambaraklar, arg‘imchoqlar, 
keglilar) bilan bajariladigan o‘yinlar, harakat mazmuniga ko‘ra 
farqlanadigan o‘yinlar (ko‘p qo‘llaniladigan harakat turi – 
yugurish, sakrash, uloqtirish va h.k.).
Shuningdek, kichik yoshli bolalarga o‘yin ermaklari 
(chapak- chapak, shoxli echki va boshqalar) ham mavjud.
Sport o‘yinlari bolalar bog‘chalarining katta va maktabga 
tayyorlov guruhlarida sport o‘yinlarini o‘tkaziladi. Ular 
bolalar musobaqa o‘yin estafetasi elementlari mavjud harakatli 
o‘yinlarni uyushgan holda o‘ynaydigan va harakatli o‘yinni 
mustaqil tashkil etadigan bo‘lganda asta-sekin joriy etiladi. 
Sport o‘yinlari harakatli o‘yinlardagidan ko‘proq o‘zini tuta 
bilishi uyushqoqlikni kuzatuvchanlikni muayyan harakat 
texnikasini harakatining tezkor reaksiyasini egallashni talab 
qiladi.


132
Sog‘lomlashtirish ta’limi va tarbiyaviy vazifalarning birligi, 
ular yordamida hosil bo‘ladigan emotsional ko‘tarinkilik, 
harakatlarni takomillashtirish mumkinligi, u yoki bu o‘yinni 
birlashtirib tuiuvchi belgi hisoblanadi. Biroq, agar harakatli 
o‘yinlarda bolalar ijobiy tashabbus ko‘rsatgan holda turli 
harakatlardan foydalansalar, sport o‘yinlarida harakatlarning 
bir qator chegaralanganligi kuzatiladi. Bu mazkur o‘yinning 
o‘ziga xos xususiyati va harakat faoliyati texnikasining aniqligi 
bilan belgilanadi. Sport o‘yinlarida qatnashuvchilar soni aniq 
belgilanadi, ularning vazifalari taqsimlangan o‘yin muddati 
vaqti chegaralangan bo‘ladi. O‘yinlarni o‘tkazish shartlari 
maxsus tayyorlangan joyni, belgilangan maydonchani va 
tegishli jihoz va inventarlarni talab qiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘yinlarida bolalar sport o‘yinlari 
texnikasining umumiy talablariga javob beruvchi to‘g‘ri ko‘- 
nikmalarni egallaydilar. Bu ko‘nikmalar o‘yinlarni ko‘pinchalik 
qayta o‘rganishni istisno etadi va maktabga tayyorlanish uchun 
muhimdir.
Bolalarning sport o‘yinlarini (basketbol, voleybol, tennis) 
o‘ynashi uchun ular to‘pni erkin egallash ko‘nikmasiga ega 
bo‘lishlari muhimdir. To‘p bilan harakat qilish tutib olish, ilib 
olish va ushlab tuish, to‘pni yo‘nalishini belgilay olish, fazoda 
to‘g‘ri mo‘ljal olish kabi zarur malakalarni rivojlantiradi. Bun- 
dan tashqari maktabga tayyorlov guruhida bolalarni to‘pni olib 
yurish (urib qaytarish) ilib olish, uzatish bir-biriga otish, shu- 
ningdek, to‘pni savatga tashlash kabi usullarga o‘rgatish lozim. 
Bu harakatlar basketbol o‘yinining asosiy usullari hisoblanadi.
Harakartli o‘yinlarning mavjud to‘plamlarida tavsifga ko‘p 
uchraydigan harakat turiga xos belgilar (yugurish yoki sakrash, 
uloqtirish, tirmashish va h.k.) asos qilib olingan. Harakatli 
o‘yinlarni asosiy harakatlarning har bir turi bo‘yicha tanlashda 
yosh guruhlari o‘rtasidagi vorislikka rioya qilinadi. Bu tarbi- 
yachiga o‘yinlarni bolalarda muayyan harakat ko‘nikmalarining 
shakllanishi bilan bog‘liq ravishda rejalashtirishga yordam 
beradi.

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling