Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Mashg‘ulot namunasi
Mashg‘ulotning vazifasi: kolonnada o‘z joyini tez topib 
olishga o‘rgatish; to‘pni ikki qo‘llab boshdan oshirib otishga 
o‘rgatish (bunda koptokni ikki qo‘llab baravar irg‘itilayotgan 
vaqtda bosh orqasida qo‘llarning bukilmasligiga e’tibor berishi 
kerak).


204
Jihozlar: koptoklar (bolalarning soniga qarab), kegli

qism. Bir-birining ketidan ketma-ket bo‘lib yurish. 
Qo‘l-larni belga qo‘yib, tizzalarni baland ko‘tarib yurish 
(“Toychalar”). Oldinga qadamba-qadam. Ishora bo‘yicha 
tarqalishib yugurib ketish (20 sekund yugurish), navbatdagi 
ishora bo‘yicha tezda kolonnadan o‘z joyini topib turish, 
oldinga yurishda davom etish (2 marta).
Tarbiyachi to‘rdagi koptoklarni ag‘daradi, bolalarning har 
biri bittadan koptokni oladi va 3 ta zvenoga bo‘linib, qayta saf- 
lanadi. Bir-biridan uzoqlashib turishadi.
II 
qism. Koptoklar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi 
mashqlar.
1. 
D.h.: tik turish, oyoqlarni zich qilib juftlash, koptokni 
past tomonda ushlab turish.
B.: koptokni yuqoriga ko‘tarish, kerishish, koptokka 
tikilish; koptokni pastga tushirish (5–6 marta).
2. 
D.h.: tik turish, oyoqlar juftlangan, koptok pastda.
B.: koptokni oldinga ko‘tarish, o‘ngga burilish, to‘g‘ri tu-
rish, koptokni pastga tushirish. Koptokni oldinga ko‘tarish 
chapga burilish, to‘g‘ri turish, koptokni pastga tushirish (har 
bir tomonga to‘rt martadan).
3. 
D.h.: to‘g‘ri turish, oyoqlarni kengroq ochish, oyoqlar 
parallel holda koptok pastda ushlab turiladi.
B.: oldinga engashish, koptokni ikki qo‘l bilan polga urish; 
rostlanish (5–6 marta).
4. 
D.h.: to‘g‘ri turish, oyoqlar yelka kengligida, koptok past-
da.
B.: cho‘qqayib o‘tirib, koptokni oldinga uzatish; rostlanish 
koptokni pastga tushirish.
5. 
D.h.: o‘tirib orqaga suyanish, oyoqlarni rostlab uzatish.
B.: koptokni oyoq kaftlari orasida ko‘tarib, oyoqni o‘ziga
tortib yig‘ish, koptokni tushirib yubormasdan yana oyoqni 
rostlab uzatish (2–3 marta).
6. 
D.h.: chalqanchasiga yotish, qo‘llar boshdan yuqoriga 
ko‘tarilib pol ustida uzatilgan, koptokni ikki qo‘llab ushlab tu- 
rish.


205
B.: chalqancha yotgan holdan o‘girilib qorin bilan yotish va 
buning aksini bajarish (3–4 marta).
7. 
Tarbiyachining sanog‘i bilan hamma birgalikda qo‘lda 
koptok ushlab turgan joyda irg‘itib sakrash (10 ta irg‘itib ikki 
marta takrorlash);

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling