Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

O‘rta guruh. O‘rta guruhda jismoniy tarbiya bo‘yicha 
har haftada ikki marta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Mashg‘ulot 20 
minut davom etadi. Mashg‘ulotlar ertalabki soatlarda zalda 
o‘tkaziladi. Xonani mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun enaga bilan 
tarbiyachi belgilangan gigiyenik talablarga binoan tayyorlaydi 
(xona shamollatiladi, pol ho‘l latta bilan artiladi va hokazo).
Tarbiyachi kerakli inventarlarni oldindan tayyorlab 
qo‘yadi, ularni tarbiyachi shunday joylashtiradiki, toki bolalar 
uni joy-joyiga qo‘yib chiqishga va vaqtlarini ketkazmay ularga 
yaqinlashtirishlari, qo‘llariga olib foydalanishlari va yana 
joyiga olib borib qo‘yishlari uchun qulay bo‘lsin. Tarbiyachi 
mashg‘ulot o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rishi, inventarlarni 
tarqatib chiqib, yana yig‘ishtirib olish ishlariga bolalarni navbat 
bilan jalb qilib, ularda mehnatsevarlik fazilatlarni tarbiyalab 
boradi.


200
O‘rta guruhda bolalar tomonidan bajariladigan harakatlarga 
pedagogning talabi o‘zgaradi. Bu guruhda harakat texnikasini 
o‘rganishga endigina kirishilayotgan bo‘ladi. Shuning uchun 
harakatlarning ko‘rsatib berilgan namunalarga binoan to‘g‘ri 
bajarilishi hamisha tarbiyachining diqqat markazida turadi. 
Muayyan o‘quv vazifalariga muvofiq ravishda mashqlarni 
izchillik bilan tanlab olingan tarbiyachi endi harakatlarni 
muvofiqlashga nisbatan yuksak aniqlikka va mashqlarning si-
fatli bajarilishiga olib boradi. Bolalarda mashqlarni hamma 
uchun umumiy sur’atda, hamma bilan kelishilgan holda 
bajarish, turli saflanishlarda yo‘nalishlar bo‘yicha chap va 
o‘ng tomonlarga erkin ravishda mo‘ljal ola bilish mahorati 
rivojlanadi.
Harakatlarni o‘rganish va ularni muayyan darajada sifatli 
bajarilishga erishish uchun harakat qilish mashg‘ulot sur’atini 
ma’lum darajada pasaytiradi. Bu mashg‘ulotni tushuntirib va 
ko‘rsatib berilayotganda xatolarga e’tiborni qaratib, ularni 
tuzatayotgan vaqtidagi, shuningdek, topshiriqni bajarish 
uchun bolalar o‘z navbatini kutib behuda o‘tkazayotgan vaqt 
bilan bog‘liqdir. Ko‘pchilik asosiy harakatlarni dastlabki 
vaqtlardagi o‘rganilishi uchun bolalarni navbatma-navbat 
va individual tarzda o‘rgatish, ko‘proq navbatama-navbat 
qilib mashq bajartirish g‘oyat ahamiyatlidir. Bu tarbiyachiga 
har bir bolaning harakatini nazorat qilib turish hamda unga 
kerakli yordamni berib, unga dalda berib turishga imkoniyat 
beradi. Bunda bolalar o‘quv jarayonida faol ishtirok etadilar, 
o‘rtoqlarining harakatini kuzatib turishga, ularni tahlil qilishga 
o‘rganadilar.
Mashg‘ulotlar zichligi yuksak darajada bo‘lgandagina, 
bolalarning harakat faolligi yetarli bo‘lgandagina mashg‘ulot-
ning ijobiy ta’siriga erishish mumkin. Bunga mashqlarni 
yoppasiga va guruh-guruh bo‘lib bajarilishi hammadan ko‘proq 
yordam beradi. Shuning uchun ularni mashg‘ulotlarga kiritish 
lozim. Bir mashg‘ulotning o‘zida har xil harakatlarning asosiy 
yangi qismlarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta 
murakkab o‘quv vazifasini hal etishga urinmaslik kerak. 


201
Yaxshisi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir-ikkita yangi 
harakatlarni o‘rganishni bolalarga oldindan tanish bo‘lgan 
topshiriqlarni takrorlash va mustahkamlash bilan qo‘shib 
olib borgan ma’qul. Harakatlarni juda ko‘p marta takrorlash 
bir mashg‘ulotda, shuningdek, bir qator mashg‘ulotlarda 
mustahkamlash va malakalarni takomillashtirib borish 
mumkinligi uchun ham shunday qilish muhimdir.
Mashg‘ulotlarda bolalar harakat faolligini oshirish, 
mashqlarni bajarish shartlarini murakkablashtirish, olingan 
harakatlarni mustahkamlash maqsadida bir nechta har xil 
mashqlardan tuzilgan uyg‘un mashqlar keng qo‘llaniladi. 
Masalan: poldan 2-3 m gacha emaklab borish, yarim aylana 
ostiga emaklab kirish, o‘rindan turish 2-3 qadam tashlash va 
polda yotgan holda ustidan hatlab o‘tish, ikki oyoqlab “Quyon” 
bo‘lib sakrash, shu taqlidda polda tashlab qo‘yilgan to‘ldirma 
to‘pga qadar borish, uning yaqinida to‘xtash, qo‘lga olish va 
to‘pni boshdan yuqoriga ko‘tarish, rostlanish, to‘pga tikilish, 
uni avvalgi joyiga qo‘yish, sokin qadam tashlab kolonnaning 
oxiriga kelib turish. O‘rta guruhda izchillik bilan bajarish uchun 
har xil asosiy harakatlardan iborat bo‘lgan, bolalarga tanish 3-4 
tadan ortiq bo‘lmagan mashqlar birlashtiriladi. Topshiriqni 2-3 
zveno bir vaqtda bajaradi. Zvenolardagi bolalar bir-birlarining 
oyoqlaridan oqim tarzida ketma-ket kelib, to tarbiyachi 
mashqni to‘xtatish to‘g‘risida ko‘satma bermaguncha harakat 
qilaveradilar.
O‘rta guruhda o‘qitish usullari o‘z xususiyatlariga ega. 
Dastlabki malakalarni egallab olish uchun harakatlarni to‘g‘ri 
bajarilish usulini namoyish etib ko‘rsatish talab qilinadi. 
Tarbiyachi mashqlarni namoyish qilib ko‘rsatar ekan, u 
bu harakatlarni yo‘l- yo‘lakay izohlab, tushuntirib boradi. 
Murakkabroq harakatlarni (yoki harakatlar yig‘indisini), agar 
ular birnecha oddiy mashqlarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, 
izchillik bilan bajarishni talab etsa, tarbiyachi izoh paytida 
mashg‘ulotning mana shu tarkibiy qismlariga urg‘u berib 
tushuntiradi. Izohda harakatlar izchilligi ta’kidlab o‘tiladi. 
Masalan: “Skameykaning oxiriga yaqinlashib kelaman: uning 


202
ustiga chiqib turaman, endi esa burilaman va yon tomonim 
bilan turib olaman. Qo‘llarimni belimga qo‘yib, oldinga qarab 
turaman. Shundan keyin o‘ng oyog‘im bilan yon tomonga bitta 
qadam tashlayman – oyoq uchlarini uzatamanda, keyin chap 
oyog‘imni ham ko‘tarib, unga juftlab qo‘yaman. Shunday 
qilib men skameykaning oxirigacha boraman, to‘xtayman, 
qo‘llarimni pastga tushuraman va shundan keyingina yerga 
sakrab tushaman”. Bunday izohlash vaqtida o‘zlashtirilishi 
mashg‘ulotning aniq o‘quv vazifasida ko‘zda tutilgan harakat- 
larning qismlariga alohida e’tibor beriladi: “Oyoqlarni to‘g‘ri 
tuting, iyagingizni ko‘krakka tushirmang, yelkalaringizni kerib 
turing, belingizni bukmang”. Mashq ko‘rsatib berilayotgan 
vaqtda tarbiyachi harakatlar maromini aytib turadi: “Engashing, 
engashing, yana engashing, yana ham engashing”. Harakat 
sur’ati sanoq orqali ham boshqarilib turiladi.
Takroriy ko‘rsatishni bolalardan birortasi bajarishi mumkin. 
Tarbiyachi harakatlarning to‘g‘ri bajarilishini kuzatib turadi, ular 
ning izchilligini aytib beradi, bolalardan harakatlarni va ularning 
qismlarini aytib berishni so‘raydi. Tarbiyachi har bir harakat 
yoki bir necha harakatlar yig‘indisini o‘zlashtirib olinmaguncha 
mashqni qayta-qayta ko‘rsatib, izohlab beraveradi. Keyinchalik 
umumiy malaka hosil qilingandan keyin bolalar topshiriqni 
erkin holda o‘zlari mashq ko‘rsatishga bolalardan biri jalb etila- 
di. Shunday qilib, mashqlar bolalar tomonidan qanday o‘zlash- 
tirilishiga qarab, turlicha tushuntiriladi va turlicha namoyish 
etib ko‘rsatiladi.
Mashg‘ulotlarda taqlidiy harakatlar hamon ancha katta o‘rin 
egallashda davom etadi. Tarbiyachi bolalarni o‘zlari taqlid qila- 
yotgan tasvirlarni rang-barang qilishga o‘rgatadi, tevarak- atrof- 
dagi hayotdan yana ham to‘laroq taassurot olishga, shuningdek, 
ertaklar, hikoyalar o‘qish vaqtida, rasmlar tomosha qilganda ol- 
gan bilim va tushunchalardan foydalanishga chaqiradi.

yoshga qadam qo‘ygan bolalarda topshiriqni chiroyli, to‘g‘ri 
bajarish istagi shakllanadi. Bola topshiriqni muvafaqqiyatli ba- 
jarganida o‘zida qoniqish paydo qiladigan bo‘ladi. Bu yoshdagi 
bolalar mashqlarni oxirigacha bajarishmaydi. Lekin ayni paytda 


203
bolalar hamma ishni o‘zlari mustaqil ravishda bajarishga 
harakat qilib, beriladigan yordamdan voz kechadilar. Biroq 
ular tarbiyachining doimiy rag‘batlantirib va qo‘llab-quvvatlab 
turishiga muhtojdirlar.
Tarbiyachi har bir bolaning individual tomonlarini hisob- 
ga olgan holda unga ko‘proq diqqat-e’tibor bilan qarashi kerak. 
Agar bola harakatlarni bajarishga qiynalsa, berilayotgan izohlar- 
ga yaxshi tushunmasa, harakatlarni u bilan birgalikda bajarish 
lozim. Bunda tarbiyachi bola gavdasining ma’lum bir qismini 
ushlab turadi, uning (qo‘l, bosh, oyoq va boshqa) harakatlarini 
o‘z qo‘l harakati bilan boshqarib boradi. Tarbiyachi bolaga top- 
shiriq ma’nosiga yetib olishda yordamlashib, mashq ma’nosini 
izohlab yordam beradi. Agar bolani o‘zi yordam berishni 
so‘rasa, bunday bevosita qo‘llab-quvvatlash ayniqsa muhimdir. 
Ba’zan bolani maqtab, unga biroz dalda berib qo‘yishning o‘zi 
kifoya qiladi.
O‘rta guruhda jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulot rejasi 
mashg‘ulotning tuzilishiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy 
talablarga binoan tuziladi. Mashg‘ulotning kirish qismida 
mashqlarni rang-barang qilishga urinib, uni vaqt jihatdan (3 
minutdan ortiq) cho‘zib yubormaslik kerak. Harakatli o‘yinlar 
mashg‘ulotning asosiy qismi mazmunidagi majburiy qism 
hisoblanadi. O‘yinni shunday tashkil etish kerakki, bolalar o‘yin 
o‘tkazish vaqtida eng ko‘p fiziologik va emotsional yuklama 
olsinlar, ko‘proq harakat qilsinlar va kamroq turib qolsinlar.
Mashg‘ulotning yakunlovchi qismi xilma-xil mashqlardan 
iborat bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotni sokin yurish bilan, qo‘shiq 
aytib yurish bilan, kam harakatli o‘yin bilan, o‘tkazilgan 
mashg‘ulot xususida tarbiyachining suhbati bilan va shu singari 
boshqa tadbirlar bilan yakunlash mumkin.

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling