Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash dasturining yaratilishi va tarixi
Download 300.75 Kb.
|
ILK QADAM DAVLAT O\'QUV DASTURIGA MUVAFIQ TA\'LIM TARBIYA JARAYONI REJALASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILK QADAM DAVLAT OQUV DASTURIGA MUVAFIQ TALIM TARBIYA JARAYONI REJALASHTIRISH REJA
- Ilk qadam”davlat o`quv dasturi asosida o`quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIMI Maktabgacha ta’li yo’nalishi 22-18 gurux Otajonova Nargizaning MUSTAQIL ISHI ILK QADAM DAVLAT O'QUV DASTURIGA MUVAFIQ TA'LIM TARBIYA JARAYONI REJALASHTIRISH REJA : Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash dasturining yaratilishi va tarixi “ILK QADAM” davlat dasturi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning vazifalari “Ilk qadam”davlat o`quv dasturi asosida o`quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlangich turi xisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi Konun»i va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi. - Maktabgacha ta’limning maqsadi: bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofik sog‘lom va etuk, maktabga o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish. - Maktabgacha ta’limning vazifalari: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jixatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik xislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish extiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, uzining fikrini mustakil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruxiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablari» orkali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib u davlat xujjati sifatida e’tirof etiladi. “Fonologiyaning til tovushlar tizimini o‘rganishda ilmiy jihatdan yondashishi nutqiy jarayonlarni sintaktik qonuniyatlar nuqtai nazaridan o‘rganishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.Bu fonologiyaning ham tarkibiy qismini tashkil etadi. So‘zning fonetik shakli faqat talaffuz jarayonidagina yaqqol ko‘zga tashlanadi.” deb ko`rsatadi. Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish tayanch dastur asosida amalga oshiriladi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’limning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan. Sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustivor yunalishidir. Davlat talablari asosida tuzilgan «Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi»ga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalari, tarbiyachilari, hamda, o‘zlari uchun turli soxalar bo‘yicha dasturlar, qo‘llanmalar, tavsiyalar, qiziqarli kitoblar, aqlan va jismonan rivojlantirishga yordam beradigan turli-tuman o‘yinchoqlar va ta’lim tarbiya qurollari yoritiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarida belgilangan kursatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga To‘la to‘qis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta’limni mukammal o‘zlashtirishga, mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol inson bo‘lib etishishlariga zamin hozirlaydi. Maktabgacha ta’lim bosqichi uzluksiz ta’limning eng muhim, mas’uliyatli, bola tarbiyasi va ta’lim olishi poydevori, asoslari shakllanadigan bosqichidir. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy me`rosi va ma’naviy-axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta’minlashdan iborat. Bu bosqichda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan sanaladi. Aynan shuni e’tiborga olgan holda bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev faol tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil, 29- dekabr), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentabr), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017- yil, 19-iyo‘l), “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi” kabi rasmiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida o‘rin egallamoqda. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash o‘zining bir qator mezonlariga ega. Bu jarayonda bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy, irodaviy va ma’naviy jihatdan maktabga tayyorlash ularning maktab ta’limida zo‘riqmasligi, ta’limning uzluksizligi va samaradorligini ta’minlovchi asoslardandir. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarning jismoniy xususiyatlari, antropometrik ko‘rsatkichlari, aqliy- irodaviy jihatlari, ruhan maktabga tayyorligi ularning intellektual va jismoniy jihatdan maktab ta’limiga moslashishi, fanlarni zo‘riqishlarsiz o‘zlashtirishida ahamiyatli sanaladi. Download 300.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling