Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy qobliyatlarini rivojlantirishda didaktik o'yinlardan foydalanish. Raximberganova Munojat Muzaffar qizi Nizomiy nomidagi tdpu maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi Annotatsiya


Download 26.56 Kb.
bet2/3
Sana09.04.2023
Hajmi26.56 Kb.
#1345890
1   2   3
Bog'liq
Raximberganova Munojat Maqola (1)

Key words: preschool education, didactic game, game, learning, education, preschool age, mental activity, technology.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: "Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz", degan edi. Bu o'z navbatida pedagoglarning jahon miqyosdagi yutuqlarni, ilmiy asoslangan innovatsiyalarni tadbiq etgan holda pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish, shuningdek, pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi didaktik o'yinlardan foydalanish bo'lajak tarbiyachi pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Shaxs va jamiyat munosabatlari, ma'naviyat va ahloqiy tarbiya masalalari, hozirgi zamon bolalar o'yinlari nazariyasi uchun bir qator mutafakkirlar: Abu.Rayxon.Beruniy, Abu.Nasr.Farobiy, Ya.A.Komenskiy, K.D.Ushenskiy, A.S.Makarenkolarning ilgari surgan g'oyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarni tarbiyalash, ularning mustaqil o’yin faoliyatini rivojlantirish usullari orasida didaktik o’yinlar mustahkam o’rin egallaganligi bejis emas. Bolalar mustaqil ravishda didaktik o’yinlarni guruhda ham, undan tashqarida ham o’ynashlari mumkin. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida didaktik o’yinlar jamoaviy ya'ni guruh bo’lib o’ynaladi. Bu jarayonda barcha bolalar ishtirok etadi. O’yin bola shaxsini har tamonlama tarbiyalashning muhim hamda samarali vositasidir. O’yinning mazmuni bolalarda ularni o’rab turgan tabiatni, turli hil hodisalarni o’rganishga imkon beradi.
O’yin bolalarning ongi, qalbiga singib ketgan faoliaytdir, ularning bu faoliyati, o’yin turlariga qarab, hayotni muayyan darajada o’zida aks ettiradi. Didaktik o’yinlar - bu bolalrni o’qitish va tarbiyalash uchun pedagogika tomonidan maxsus yaratilgan qoidalarga ega o’yinlar turi. Didaktik o’yin mustaqil o’yin faoliyati sifatida judam ko’p qo’llaniladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida didaktik o’yinlar asosan bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Didaktik o’yinlarda bolaning his tuyg'ulari, diqqati, xotirasi, mantiqiy taffakuri rivojlanadi.
Didaktik o’yinlarning mazmuni- bu atrofdagi voqelik(tabiat, insonlar, ularning munosabatlari, hayot tarzi, mehnati, ijtimoiy hodisalar va boshqalar). Didaktik o’yinda qoidalar muhim ro’l o’ynaydi. Ma'lum bir qoida asosida yaratilgan o’yin bolalar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu qoidalarga amal qilinmasa, o’yinning o’yin sifatidagi ahamiyati, binobarin o’yinning ta'lim -tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo’qoladi. O’yin qoidalari o’yin topshirig'iga kiritiladi. O’yin topshirig'i esa tarbiyachining bolalarga o’yinning qanday o’ynalishini, kim g'olib chiqqanini hisoblanishini va boshqalarni tushuntirish tarzida beriladigan topshiriqdir. Didaktik o’yinlar albatta ta'lim jarayonida bolalarni o’qitish, tarbiyalashva kamol toptirishda muhim ro’l o’ynaydi. O’yin orqali bola tafakkuri rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, so’z boyligi oshadi, yangi lugatlar yodlaydi, xotirasi, diqqati rivojlanib boradi. Jamoaviy bo’lib o’ynashni har bir narsaga birgalikda, guruh bo’lib yetishish kabi his tuygularni rivojlantirishda muhim ro’l kasb etadi.
Didaktik o’yinlar bolalarni aqliy va axloqiy faoliyatidagi turli qiyinchiliklarini yengishda o’rgatishning ajralmas vositasi hisoblanadi. Ushbu o’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun katta imkoniyatlar va tarbiyaviy ta'sirga ega. Didaktik o’yinlarning ahamiyati haqida gapirishdan oldin, shuni eslatib o’tish kerakki, "intelektni rivojlantirish" tushunchasi xotira, idrok, gikrlashni rivojlantirishni o’z ichiga oladi. O’yinlar bevosita ta'lim faoliyatida va bolalarning mustaqil faoliyatida qo’llaniladi. Didaktik o’yinning muhim tomoni - uni o’tkazishdan ko’zda tutiladigan ğoyadir. O’yinning g’oyasi bolalarda o’yinga qiziqish uyğotadi , ko’pincha bu ğoya didaktik o’yinni boshlashga sababchi bo’ladi. Masalan "xaltachada kim bor?" yoki "Kim qanday qichqiradi"va shunga o’xshashlar.
Har bir didaktik o’yinda o’yin mazmuni, ğoyasidan kelib chiqqan qoidalar bo’ladi. Unda qoidaning mavjudligi harakat o’ynalishini yoki o’yinning borishini belgilab beradi, bolalarning xulqini, o’zaro bir-biriga bo’lgan munosabatini boshqarib, kerak tomonga o’ylantirib turadi. Qoida bolalar harakatini baholovchi vositadir. Didaktik o’yinda amal qilinadigan qoidalar o’yin harakatlarining to’ğri noto’ğriligini aniqlovchi va ularga baho beruvchi mezon hisoblanadi. Bolalarning biror bolaga nisbatan "U o’yin buzib o’ynayabdi" deyishlarining o’zi ularning o’yin qoidalariga qandaydir o’zgartirib bo’lmaydigan qonundek munosabatda bo’lishlarini ko’rsatadi.
Biz bilamizki, bolalar faqatgina talim orqali yuksalib o’smaydilar, balki turli hil o’yinlar orqali o’sib boradilar. O’yin orqali do’stlik tushunchalari, vatanga muhabbat, hamjihatlik singari uluğvor va bebaho so’zlar hamda ularning tub mohiyatini tushinib olishadi.
Xulosa o’rnida aytishim mumkinki, didaktik o’yinlar orqali bolalar hamjihatlik tuygusini o’rganadilar. O’yinlar asosida qoidalarga amal qilish qaysi yo’l to’griyu qaysi bi noto’g’ri ekanligini tahlil qila olishadi. O’yin bolalarni aqliy faoliyatini rivojlatribgina qolmasdan ularni hayot yo’liga tayyorlaydi.


Download 26.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling