Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar Reja
Download 37.33 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Megaomillar
- Biologik omillar.
Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv bolalar, oʻsmirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi koʻp sonli shart-sharoitlar bilan oʻzaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. Oʻrganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari 4 guruhga boʻlinadi;
1.Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa boʻladi. Ular boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir koʻrsatadi. 2.Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi. 3.Mezoomillar (mezo-oʻrta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligigakoʻra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi. 4.Ijtimoiylashuvga mezoomillar mikroomillar orqali ta’sir qiladi. Mikro omillarga muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar-oila, qoʻshnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. Shaxs tugʻilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqiijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil oʻrganishning iloji yoʻq. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillarajratibkoʻrsatiladi. 4. Shaxs ijtimoiylashuviga siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning ta’siri Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, oʻxshashlik, xususiyatlarning oʻtishi tushuniladi. Irsiyatga koʻra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuygʻu organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi oʻtadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat boʻyicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xusuiyatlari ham oʻtishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini koʻzda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga koʻra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati boʻla olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon boʻlishi uning hayot, talim-tarbiya jarayonlariga bogʻliq. Ota-onadan bolaga oʻtuvchi bir qator kasalliklar mavjud-qon kasalligi, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika oʻrganadi. Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir koʻrsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli boʻlib tugʻilayogan bolalar soni koʻpaymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda ogʻir kechadi. Shuning uchun ularga oʻqitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shugʻullanishadi. Bu bolalar oʻz tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. SHuning uchun bunday bolalar bilanijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. Download 37.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling