Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar Reja


Download 37.33 Kb.
bet2/5
Sana01.03.2023
Hajmi37.33 Kb.
#1242670
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu

Ijtimoiylashuv vositalari Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos boʻlgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: goʻdakni emizish va gʻamxoʻrlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni oʻrab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi koʻp sonli munosabatlari-muloqot, oʻyinlar, ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan shugʻullanish kiradi.
Har bir jamiyat, davlat,ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (oʻyin, oʻqish, ijod, sport)dir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan.
Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yoshdavrlari qoʻllaniladi:
-goʻdaklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
-goʻdaklikdan keyingi davr-predmetlifaoliyat;
-maktabgacha davr-rolli oʻyinlar;
-ilk maktabdavri-oʻquv faoliyati;
- oʻsmirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
-oʻspirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda boʻlgan kishilar muhim oʻrin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli boʻladi. Bolalar va oʻsmirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qoʻshnilar agent boʻlishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib agentlar qatoriga turmush oʻrtogʻi, hamkasblari ham qoʻshilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan oʻrinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir koʻrsatmaydigan.
2.Tashqi va ichki omillar
3. Mikro, mezo va makro omillar

Download 37.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling