Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar Reja


Download 37.33 Kb.
bet4/5
Sana01.03.2023
Hajmi37.33 Kb.
#1242670
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu

Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdanijtimoiy subyektga aylanishi, uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir boʻladi. Bu jarayon shaxsningijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat,ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi.
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan koʻp qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki aynan bolalikda asosiyijtimoiy me’yorlar oʻzlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Buijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan oʻzlashtiradi. Agar bola tugʻilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgachata’lim tashkilotlari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli koʻngilochar maskanlarda kechadi. Yosh ulgvaygan sariijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik koʻp muhitlarni oʻzlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo oʻzi uchun qulay boʻlgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda boʻladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga koʻchib yuradi. Muhit bolaning shakllantirishida, uning ijtimoiy tajriba toʻplashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.
Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning oʻrganish obyekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini oʻrgandilar.
Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning oʻrni Ijtimoiy pedagogikada jamiyat,ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan oʻrganiladi. Shu nuqtai nazardan inson va unga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi oʻzaro munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhit-inson kirishishi, oʻzini qulay sezishi uchunjoylashuvinigina yetarli bilishi lozim boʻlgan koʻcha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida oʻzaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan inson jamoalari hamdir. SHuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir qiladi hamda oʻzgartiradi va oʻz oʻrnida muhit ham inson oldiga oʻz talablarini qoʻyadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa boʻladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan oʻrni bilan belgilanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtning oʻzida bir qancha mavqe’larni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqe’larini egallashi mumkin. Har bir mavqe’ insonga muayyan talablarni qoʻyadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqei ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tugʻma maqomlar boʻlishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tugʻilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bunday maqomlarga odatda tugʻma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan,ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi oʻquv muassasasida ta’lim olgan va bu soha boʻyicha diplomga ega boʻlgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qoʻlga kiritilgan maqom desak adashmagan boʻlamiz.
Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda oʻzini shu maqomdagilar holatiga koʻra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muximdir. Shuning uchun inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni oʻzlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar boʻlmasdan ijtimoiy norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun bola shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ham ijobiy ham salbiy rollarni oʻzlashtirishi mumkin.
Pozitiv rollarga avvalo oila a’zosining rolini kiritsak boʻladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini oʻzlashtiradi: oʻgʻil yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin.
Bola oʻz rivojlanishi davomida oʻzlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa a’zosi rolidir. Bolalar bogʻchasi va maktabda sport toʻgaragida tengqurlari bilan muomala qilganda bola jamoa a’zosi, oʻrtoq, doʻst, oʻquvchi, yetakchi kabi rollarni oʻzlashtiradi. Har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur boʻlgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoq oʻzlashtirishi lozim.
Yana bir muhimijtimoiy rol-oʻz vatani fuqarosi boʻlish, uni sevish, u bilan fahrlanish, vatanparvar boʻlish bilan bogʻliqdir. Shu bilan birga bola oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki boshlangʻich kasbiy bilim yurtlarida oʻzlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol qilsak boʻladi. Katta shaharlar kovchalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga koʻnikishgan. Oʻtgan-qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida oʻgʻirlik bilan shugʻullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda boʻlsa, ularni bu ishga kattalar undashadi.
Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini oʻzlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi.ijtimoiy moslashuv deganda shaxsningijtimoiy muhit sharoitlariga koʻnikishi tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yoʻnalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qoʻlga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini oʻzlashtirish sodir boʻladi. Anglash sohasida oʻz “men”i obrazini shakllantirish, oʻzining ijtimoiy mansublik vaijtimoiy oʻrnini anglash roʻy beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.



Download 37.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling