Malakaviy amaliyot bo’yicha hisobot


Download 0.81 Mb.
bet3/15
Sana22.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1377192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
amaliyot

1997-yil: Uy-joy fondini moliyalashtirish tajribasini butun mamlakat miqyosida ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki tashkil etildi.
2005-yil: Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki “Zamin-bank” bilan birlashtirildi va Oʻzbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan ipoteka kreditlash banki sifatida “Ipoteka-bank” ATB tashkil etildi.
2007: Ipoteka-bank O'zbekistonda aksiyadorlik tijorat banki sifatda bank va valyuta faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta rasmiylashtirgan 74-sonli litsenziyasini oldi.
Ipoteka-bank Moody’s reyting agentligining “Barqaror” istiqboldagi B1 reytingiga ega boʻlgan birinchi bank boʻldi.
2017-18-yillar: Ipoteka-bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) oʻrtasida bankni institutsional oʻzgartirish boʻyicha kelishuv imzolandi va Bank XMK ekspertlari bilan keng koʻlamli transformatsiya boshladi.
2019-yil: Xalqaro moliya korporatsiyasi Ipoteka-bankka 35 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi bankning aksiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratdi.
2020-yil: London Fond birjasida Ipoteka-bank tomonidan 300 mln. AQSH dollari miqdorida xalqaro obligasiyalar chiqarildi.
2021-yil: Ipoteka-bank yangi rivojlanish strategiyasi, yangi tashkiliy tuzilmaga ega korporativ boshqaruv tizimi, biznes modeli, anderrayting va risklarni boshqarish tizimi va turli masofaviy xizmatlarni joriy qild[
Ipoteka-bank Xalqaro Vena fond birjasida milliy valyutada 785 milliard soʻm (75 million AQSH dollari ekvivalenti) miqdorida yevroobligatsiyalarni chiqardi].
2021-yil Sentabrda, OTP Bank Grup (Vengriya) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Ipoteka-bank” aksiyalarining asosiy ulushini sotib olish boʻyicha memorandum imzoladi.
Bank menedjmenti
Bankda Aktsiyadorlar, Kuzatuv kengashi va Boshqaruvni o'z ichiga olgan korporativ boshqaruv tizimi mavjud.
Bank Kuzatuv kengashi tarkibida to'rtta xalqaro bank va moliyaviy tajribaga ega mustaqil a'zolar mavjud.
Bank Kuzatuv kengashi raisi – xalqaro bank sohasida munosib tajribaga ega mustaqil a’zo Aleksandr Piker hisoblanadi.
“Ipoteka-bank” Boshqaruvi raisi lavozimiga bank sohasida katta tajribaga ega Elyor Inomjonov 2021-yil 12-Fevralda tayinlangan
Bank biznesi
Ipoteka-bankning biznes tuzilmasi biznesning uchta yo'nalishi: korporativ, kichik va chakana biznes yo'nalishlari bo'yicha tashkil etilgan.
Bankning asosiy faoliyatiga kreditlash, chakana xizmatlar, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar, chet el valyutalari bilan operatsiyalar va savdoni moliyalashtirish kabilar kiradi.
Ipoteka-bank, XMK bilan uch yillik transformatsiya davomida, yangi biznes modelini yaratdi va an'anaviy kommunikatsiyalarni mijozlarga yo'naltirilgan innovatsion tizim bilan almashtirdi.
Bank reytinglari
Ipoteka-bank uchta yirik reyting agentliklarining quyidagi uzoq muddatli reytinglariga ega:
Fitch Ratings reyting agentligining "BB‑" darajadagi istiqboli Barqaror reytingi,
Moody’s reyting agentligining "B1" darajadagi istiqboli Ijobiy reytingi,
S&P Global reyting agentligining "BB‑" darajadagi istiqboli Barqaror reytingi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling