Malakaviy amaliyot bo’yicha hisobot


Download 0.81 Mb.
bet6/15
Sana22.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1377192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
amaliyot

Tijorat banki tomonidan mijozlarga ko’rsatiladigan xizmat turlari

Xalqaro pul o‘tkazmalari


Xalqaro pul o‘tkazmalari — jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini qisqa vaqt ichida butun dunyo bo‘ylab ko‘chirishga imkon beruvchi o‘ziga xos bank xizmati.
Agar sizda qandaydir mablag‘ni xorijdagi do‘stlaringiz yoki qarindoshlaringizga yuborish zarurati tug‘ilib qolsa, Ipoteka-bank sizga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Sizning pullaringiz sanoqli daqiqalar ichida jo‘natiladi.
Ipoteka-bank MDH davlatlari va uzoq xorij mamlakatlari bo‘yicha pul o‘tkazmalari tizimlarining keng tanlovini taklif qiladi.
O’tkazmalarni Ipoteka-bankning pul o‘tkazmalari shahobchalaridan birortasida amalga oshirish mumkin. O’tkazmani jo‘natish yoki olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etilishi lozim.
O’tkazmani olishda yana nazorat raqami, o‘tkazma summasi hamda jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va jo‘natilgan mamlakatni ham bilish zarur.

To‘lovlarni qabul qilish


Ipoteka-bank aholidan turli to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha amaliyotlarni amalga oshiradi. Siz Ipoteka-bankda ochilgan hisobrakamlardan tulovlarni naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan, bevosita Respublikaning barcha mintaqalarida faoliyat olib borayotgan kassalar tarmog‘i orqali naqd pul shaklida hamda Ipoteka-bank plastik kartochkalari vositasida to‘lovlarni oson va tezkorlik bilan amalga oshirishingiz mumkin.
Uyingizga yaqin joyda maxsus kassalarning mavjudligi bankning o‘ziga kelmasdan turib to‘lovlarni to‘lash hamda transport va boshqa xarajatlarni qisqartirish imkoniyatini beradi. Ipoteka-bankning maxsus kassalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda Siz o‘z vaqtingizni tejaysiz.
Ipoteka-bank Respublikadagi ko‘pgina tashkilotlarining xisobiga to‘lovlar qabul qiladi. To‘lovlarni amalga oshirish uchun shunchaki kassamizga kelishingizning o‘zi kifoya. To‘lovlarni qabul qilishda qo‘shimcha vositachilik haqi olinmaydi. Kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni Ipoteka-bankning barcha filiallari va mini-bank va kassalarida amalga oshirish mumkin.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling